Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stadion.uz o‘quvchilari bilan O‘zbekiston tarixidagi ramziy terma jamoani aniqladik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston Milliy jamoasi tarixidagi eng kuchli tarkibni aniqlash uchun o‘tkazgan so‘rovnomamiz yakuniga yetdi. So‘rovnomalar saytimizning telegramdagi kanali va jurnalist Bobur Akmalovning kanalida o‘tkazildi.

Unda minglab foydalanuvchilar va kanallarimiz o‘quvchilari ishtirok etdilar. Har bir ovoz biz uchun muhim edi. Albatta, bunday so‘rovnomalar nisbiy bo‘ladi. Masalan, boshqa platformada, boshqa media-maydonda o‘tkazilsa, biroz boshqacharoq natijalarni taqdim etishi mumkin. So‘rovnoma natijalari bizga shuni ko‘rsatdiki, internetdan, xususan, Telegram messenjeridan foydalanuvchilar asosan yoshlar ekanini bundan buyon e’tiborga olishimiz darkor ekan. Chunki, so‘rovnoma davomida ko‘p hollarda hozirda faoliyatini davom ettirayotgan yoki yaqin o‘tmishda o‘ynagan futbolchilar ko‘proq ovozga ega bo‘lgan holatlar yuz berdi.

Biz so‘rovnoma va uning natijalari mutlaq deyishdan yiroqmiz. O‘zimiz ham kichik juz’iy kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik, jumladan, faoliyati davom etayotgan va faoliyatini yakunlagan futbolchilarni aralashtirib yuborgan paytlarimiz bo‘ldi. Kamchiliklar uchun ma’zur tutasiz.

Demak, Stadion.uz kanali bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rovnomalarimiz natijasiga va o‘zimizning ovozlarga ko‘ra O‘zbekiston Milliy jamoasining ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Zaxira: Pavel Bugalo
Bu ampluada eng zo‘r bo‘lish uchun kurashda yuqorida aytganimiz voqea yuz berdi, deyish mumkin. Agar o‘rta avlod vakillari ko‘proq ovoz berishganda, Bugalo asosiy tarkibdan o‘rin olishi ehtimoli yuqori edi. Nesterov ham juda ko‘plab o‘yinlar o‘tkazgani va Milliy jamoa yuragi bo‘lganini ham e’tirof etish joiz.

Markaziy himoyachilar: Anzur Ismoilov, Baxtiyor Ashurmatov
Zaxira: Andrey Fyodorov, Gennadiy Denisov
Xuddi darvozabonlar bilan bo‘lgani kabi, ko‘rib turganingizdek, bu ampluada ham amaldagi va faoliyatini nisbatan yaqinda tugatgan futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin egalladilar. Ulardan kamroq ovoz olgan 1990-yillarning zabardast liberolari esa zaxiradan o‘rin oldilar.

O‘ng qanot himoyachisi: Islom Inomov
Zaxira: Davron Hoshimov
Yosh avlod vakillari so‘rovnomada faolroq bo‘lganlariga yaqqol isbot mana shu ampluada ko‘rindi. Davron Hoshimov hammadan ko‘p ovoz to‘pladi, Inomov unga juda yaqin keldi. Biz esa o‘zimizning ovozlarni ham qo‘shgan holda aynan Inomovni asosiyga loyiq ko‘rdik. Hoshimovning jangovar va qo‘rqmas futbolchiligini tan olgan holda. O‘ylaymizki, bundan hech kim norozi bo‘lmaydi.

Chap qanot himoyachisi: Vitaliy Denisov
Zaxira: Nikolay Shirshov
Bu qanotda kurash asosan mana shu ikki futbolchi o‘rtasida kechishi oldindan taxmin qilingandi. Har ikki futbolchi Milliy jamoamiz chap qanotini uzoq yillar birovga berishmagan va doim ishonchni oqlashgan. Shirshov ham, Denisov ham asosiyda qayd etilishga loyiq futbolchilar. Natija esa Denisov foydasiga bo‘ldi.

Tayanch yarimhimoyachi: Odil Ahmedov
Zaxira: Temur Kapadze
Tayanch zonasi haqiqatdan ham jamoa tayanishi mumkin bo‘lgan joy. Bu joyga Odildan boshqa futbolchi asosiy nomzod bo‘lishi mumkinmi? Bizningcha yo‘q. Sizningcha ham shunday bo‘lib chiqdi. Zaxiradagi Kapadze esa istalgan paytda maydonga chiqsa, o‘yinni kuchaytirsa kuchaytirardiki, aslo susaytirmasdi.

O‘ng qanot yarimhimoyachi: Sardor Rashidov
Zaxira: Sanjar Tursunov
Rashidovning yulduzli onlarini eslagan muxlislar uni yuqoriga olib chiqishdi. Bu yerda ham o‘tgan asrning oxirgi o‘nyilligi vakillari va asrimiz boshida o‘ynaganlarga joy tegmadi. Tursunov esa, bilasiz, o‘z vaqtida mamlakatimizning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan.

Chap qanot yarimhimoyachi: Jaloliddin Masharipov
Zaxira: Jasur Hasanov
Mana shu yerda biz Masharipov nomzodini qo‘ymasak bo‘lmasdi. Bunaqa iqtidor egasi doim ham paydo bo‘lavermasligini va uning bugungi kundagi o‘yinlari e’tibordan chetda qolishi adolatsizlik bo‘lishini inobatga olgan holda! Kutilganidek, u g‘olib bo‘ldi. Hasanovning krosslari va uzatmalari ham yodingizda bo‘lsa kerak, a?

Hujumorti yarimhimoyachi: Mirjalol Qosimov
Zaxira: Aleksandr Geynrix
Futbolimiz metri, dahosi, yulduzi va h.k. Har qancha ta’riflar oz Qosimovga. Nafaqat bizningcha, sizningcha, balki uningcha va anavilarningcha ham Qosimovdan boshqasi g‘olib bo‘lishi mumkinmidi bu nuqtada? Aslo yo‘q va yana yo‘q! Geynrix esa futbolimizning yana bir dahosi. Unga hujumdan joy berganimizda ham g‘oliblar qatorida bo‘lardi, bunga shubha yo‘q, lekin u hujumchilar ichra eng kreativ va yaratuvchanligi, hujum yakunida to‘p kutmasdan, orqaroqdan kirib borish xislati ustuvorroq bo‘lgani bois, unga mana shu pozisiyadan joy berdik va bu ramziy jamoamizni faqat kuchaytirdi.

Hujumchilar: Maksim Shaskix, Igor Shkvirin
Zaxira: Azamat Abduraimov, Oleg Shaskix
Dahshatli hujum. Dahshatli asosiy tarkib va dahshatli zaxira. Savollar bormi?

Bosh murabbiy: Vadim Abramov
Murabbiylar so‘rovnomasida ham faoliyatini davom ettirayotganlar g‘olib chiqishdi. 2011 yili furor ko‘targan Vadim Karlenich jamoasi ijrosidagi fayzli o‘yinlarni muxlislar doim sog‘inishadi, qadrlashadi. Qosimov ham natija bobida undan qolishmaydi. Bizni biroz xafa qilgani esa, o‘tmishning kuchli murabbiylari bo‘lmish marhum Mahmud Rahimov va Rauf Inileevning kamroq ovoz olganlari bo‘ldi. Birining boshqaruvida Milliy jamoamiz g‘alabali o‘yinlar koeffisiyenti bo‘yicha eng zo‘r natijani qayd etgan bo‘lsa, ikkinchisi Toshkentda Saudiya Arabistonini tor-mor etgan kuchli jamoani shakllantira olgani bilan yodimizda. Agar bu yerda ham zaxira varianti bo‘lganda, bu ikki mutaxassis, shubhasiz, tarkibga kirar edi. Ular g‘olibga eng yaqin kelgan uchlik orasidalar.

O‘zbekiston termasi tarixidagi ramziy jamoa (asosiy tarkib)

O‘zbekiston termasi tarixidagi ramziy jamoa (zaxira tarkib)

Bobur Akmalov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:34, 10.04.2020. O'qildi: 5018 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.