Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Javlon Ibrohimov: “Navbahor”ga sovrinlarni yutish uchun kelganman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  tajribali yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov bilan telefon orqali bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

- Javlon, karantin paytini uyda qanday o‘tkazyapsiz? Zerikmayapsizmi? Futbolni sog‘indingizmi?

- Albatta, futbolni sog‘indim. Axir, sog‘inmay bo‘ladimi, futbol - bu mening hayotim, kasbim-ku! Biroq koronavirus pandemiyasi sababli, barcha sportchilar qatori men ham ayni paytda uydaman. Ammo vaqtimni zoye ketkazmagan holda, uyda sport formamni saqlab turish maqsadida,  jamoamiz murabbiylari tomonidan belgilab berilgan mashg‘ulotlar jadvali asosida, yakka tartibda shug‘ullanyapman.

Sizningcha, karantin payti futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Boisi, uy sharoitida optimal tarzda mashg‘ulot o‘tkazib bo‘lmaydi. Yakka tartibda va jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishning farqi bor.

Joriy mavsumda ortda qolgan Superliganing dastlabki 3ta o‘yinida faqatgina 2-turdagi “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, maydonda bor-yo‘g‘i 8 daqiqa harakatlandingiz, xolos. Bu jarohat bilan bog‘liqmi? Ayni paytda jarohatingizdan butunlay forig‘ bo‘ldingizmi?

- Qishki mashg‘ulotlar paytida jarohat olgandim. Shu sababli, ta’kidlaganingizdek, faqatgina “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushdim, xolos.

Xudoga shukr, ayni paytda jarohatimdan butunlay forig‘ bo‘ldim hamda karantindan keyin boshlanadigan Superliga bahslarida maydonga tushib, “Navbahor”ning g‘alabalariga munosib hissamni qo‘shaman, degan umiddaman.

- Karantindan so‘ng, 1-davra bahslarini markazlashgan holda, bitta yoki ikkita shaharda, shuningdek, muxlislarsiz o‘tkazilishi borasida qanday fikrdasiz?

- Birinchi davra uchrashuvlarini markazlashgan holda o‘tkazilishi borasida birorta fikr bildira olmayman. Boisi, buni O‘FA hamda PFL rahbariyati hal qiladi. Ular qanday qarorga kelishsa, bahslar shu tarzda davom etadi.

Futbolni muxlislarsiz tasavvur  qilib bo‘lmaydi.  Boisi, futbol millionlar o‘yini. Ammo nachora,  pandemiya sababli, uchrashuvlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazishga majburmiz.

Xudo xohlasa, ushbu kunlar ortda qolib, muxlislarimiz yana  stadionlarni to‘ldirib o‘tirishlariga ishonaman va bunga tilakdoshman.

Bolaligingizda qaysi futbolchi kumiringiz bo‘lgan? Hozirgi futbolchilardan kimlarning o‘yiniga havas qilasiz?

- "Manchester Siti” (Angliya)ning ispaniyalik yarim himoyachisi David Silvaning o‘yinlariga havas qilaman.

Sizningcha, jahonning ayni paytdagi eng kuchli futbolchisi kim? Lionel Messimi yoki Krishtianu Ronaldu?

- “Yuventus” (Italiya)ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu.

“Navbahor”da bir paytlari akangiz Javodulla Ibrohimov ham o‘ynagan. Jamoa tarkibiga qo‘shilishdan oldin akangizdan ham maslahat oldingizmi?

- Bo‘lmasam-chi! Axir, Javodulla akam “Navbahor”ni juda yaxshi biladi. Shuning uchun Namanganga kelishdan oldin, undan maslahat oldim. Javodulla akam “Navbahor” o‘z an’analari hamda g‘oliblik ruhiga ega jamoa ekanligini aytib, meni bu borada qo‘llab-quvvatladi.   

Futbolchilik faoliyatingiz davomida ko‘plab murabbiylarning qo‘l ostida to‘p surgansiz. Hozirgi ustozingiz Andrey Kanchelskis boshqa murabbiylardan mashg‘ulot o‘tkazish va o‘yin uslubi borasida nimasi bilan farq qiladi?

- Har bir murabbiyning mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayoni hamda o‘yin uslubi o‘zgacha. Andrey Antanasovich Kanchelskis ham o‘ziga yarasha taktikaga ega mutaxassis. Murabbiylarning uslublari bir-biriga o‘xshamasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Andrey Antanasovich futbolchilik paytida ko‘plab mashhur mutaxassislar boshqaruvidagi jamoalarda o‘ynagan va ulardan ko‘p narsa o‘zlashtirgan. Endilikda buni murabbiylikda qo‘llamoqda.   

Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- “Navbahor”da joriy mavsumda OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori hamda buni amalga oshirishimizga ishonaman. Chunki jamoa yaxshi shakllangan hamda tarkibdan tajribali va mahoratli futbolchilar o‘rin olishgan.

Biz – futbolchilar barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz hamda sovrindorlar safidan o‘rin olish bilan birga  O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritish uchun astoydil kurash olib boramiz.

Umid qilamanki, O‘zbekiston kubogining Namanganda o‘tkazilishi bizga qo‘shimcha ruh va kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

- Siz “Bunyodkor” tarkibida ko‘plab sovrinlarga ega bo‘lgansiz hamda sovrinlarni yutish borasida ancha tajribalisiz. “Navbahor”da ushbu tajribangiz asqotishi mumkinmi?

- Bo‘lmasam-chi! Qaysi jamoada o‘ynashimdan qat’iy nazar, tajriba o‘z so‘zini aytishi aniq. Futbolchilik faoliyatimning ko‘p qismi “Bunyodkor”da o‘tgan va mazkur klub tarkibida ko‘plab yutuqlarga erishganman, jumladan, O‘zbekiston chempioni hamda vise-chempioni bo‘lganman, O‘zbekiston kubogi va superkubogini qo‘lga kiritganman, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynaganman.

“Navbahor”ga ham yaxshi niyatda, ya’ni sovrinlarni yutish uchun kelganman hamda Xudo xohlasa,  mazkur maqsadimga erishaman.

- Siz bilan muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan hayit bayrami arafasida suhbatlashyapmiz. Muxlislarga ushbu muqaddas oyda qanday tilaklaringiz bor?

- Barcha yurtdoshlarimizning mazkur muqaddas oyda tutgan ro‘zalari va qilgan ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilayman.

Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimiz hamda muxlislarni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman.

Baxtimizga hamisha sog‘-salomat bo‘linglar!

Ma’lumot uchun

Javlon Ibrohimov - 1990 yil 10 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. “Chig‘atoy” futbol maktabida tahsil olgan.

Ampluasi – yarim himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Traktor” (Toshkent, 2006 – 2007 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2008 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2009 – 2010 yillar), “Bunyodkor” (Toshkent, 2011-2018 yillar), “Suvon Samsung Blyuungz” (Janubiy Koreya, 2019 yil).

2020 yildan “Navbahor”da.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Kiritildi: 10:47, 20.05.2020. O'qildi: 2385 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик