Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Roberto Karlos:"Birorta futbolchining ko‘zlariga uyqu kelmagan"(Intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Roberto Karlos “The Players' Tribune” nashri uchun bergan intervyusida Madridga ko‘chib kelishi, YECHLdagi chempionlik va boshqa voqealarni yodga olib o‘tdi.

“Real” haqidagi xotiralar

Qo‘limga “Real Madrid”dagi ilk uchrashuvimda olingan suratni oldim. 1996-yilda olingan suratda ilk bor “qirollik klubi” libosini kiygan 23 yoshli Roberto Karlos aks etgan. Men Madridga birinchi bor ko‘chibkeldimvato‘liqshuyerlikkaaylandim. Ushbu rasm ajoyib sarguzashtlarni yodga olishimga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda men ushbu jamoaning xalqaro aloqalar bo‘limi direktori lavozimida faoliyat olib boryapman. Qaysidir ma’noda jamoaning bir bo‘lagiman desam ham bo‘ladi.

COVID-19

Afsuski, so‘nggi paytlarda futbol va uning ortidagi hayot keskin o‘zgarib ketdi. Yaqindagina oziq-ovqatlar xarid qilish maqsadida ko‘chaga chiqdim. Ishonasizmi, o‘z shahrimni tanimay qoldim. Kunning bu paytida Madrid ko‘chalari kulib turgan insonlar bilan to‘lib-toshishi lozim, biroq shahar ko‘chalari huvillab yotibdi. Insonlar qiyofasida tundlik shundoqqina ko‘rinib turibdi. Hatto Quyosh ham avvalgidek nur sochmayotgandek go‘yo.

Yaratganga shukrlar bo‘lsin. Virus meni va oilamni chetlab o‘tdi. Shunday bo‘lsada, bu virus nobud qilgan insonlar uchun afsusdaman. Ularning ayrimlari bilan yaqindan tanish edim. Siz “Real”ning sobiq prezidenti Lorenso Sansning aynan COVID-19dan vafot etganidan xabar topgan bo‘lsangiz kerak. Mening Madrid klubiga o‘tishimda aynan janob Sans katta tashabbus ko‘rsatganlardan edi. Uning virusga chalingani haqida eshitganimda Lorenso 76 yoshda edi. Ishoning,uning sog‘lig‘i uchun oilamiz bilan ibodat qildik...

Endilikda undan faqat shirin xotiralar qoldi xolos. U nafaqat klub prezidenti, balki uning ishqibozi ham edi. “Santyago Bernabeu”dagi ilk uchrashuvim shundoqqina yodimda. 80 ming muxlis qarshisida turar ekanman, o‘zimga o‘zim “men bu yerda nima qilyapman? Xato qilib qo‘ysamchi?” deb savol berganimni yaxshi xotirlayman. O‘sha uchrashuv menga futbolchi har qanday bosim ostida ham to‘p surishi lozimligini o‘rgatdi. Bu klub futbolchilari tashqaridan juda mustahkam ko‘ringani bilan, ba’zi vaziyatlarda ular ham qattiq hayajonga tushadi.

YECHL finali

“Qirollik klubi” a’zosi bo‘lganimdan ikki yil o‘tib biz YECHL final uchrashuvida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdik. Raqibimiz o‘sha davrlarning eng qudratli klubi — “Yuventus” edi. Barcha “Real”ni eng sovrindor jamoa sifatida yaxshi taniydi, biroq o‘sha final oldidan biz 32 yildan beri Yevropa taxtiga ko‘tarilmagan “Real” futbolchilari edik. Raqibimiz esa, ketma-ket 3 bor finalga qadar yetib kelgan tajribali klub. Ko‘pchilik Turin klubi osonlik bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilgan desak, adashmagan bo‘laman. Uchrashuvdan bir kun oldin mehmonxonaga joylashdik. Soat tungi 22:00. Shunga qaramay, hech kim xonasiga yo‘l olishni istamayapti. Barcha hayajonda. Birorta futbolchining ko‘zlariga uyqu kelmayapti. Biz uzoq vaqt suhbatlashib o‘tirdik. Hamma o‘zi bilan sodir bo‘lgan qiziqarli voqealarni aytib berdi. Shunday qilib soat tongi 4 ga qadar mehmonxona vestyublida o‘tirdik. Birorta jamoadoshim o‘z xonasida yolg‘iz qolishni istamagan edi o‘shanda. Tan olish lozim, biz “Yuve”ni hurmat qilar edik, biroq undan sira qo‘rqmaganmiz. Ertasi kuni tunda uzoq kutgan uchrashuvimizga start berildi. Raqibimiz bizdan ko‘ra ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq hisob 1:0 ko‘rinishidaligibizning foydamizga ishladi. O‘yindan so‘ng shuni anglab yetdimki, biz klass borasida o‘sha oqshom raqibdan bir bosh baland ekanmiz. G‘alabani nishonlash uchun Madridga kelgach, to‘g‘ri Sibeles maydonga yo‘l oldik. Ko‘chalar muxlisalar bilan liq to‘lib ketgan. Barcha qaymoqrang sharf va futbolkalarda qo‘shiq kuylamoqda. Hammaning ko‘zlarida quvonch. Agar faoliyatimdagi eng zo‘r kunni tanlang deyishsa, o‘ylab o‘tirmay “Real” bilan birinchi bor YECHLda zafar quchgan kunimni tanlayman. O‘sha oqshom biz tonggacha g‘alabani nishonlagan edik.

“Real Madrid” buyuk jamoa

Siz “Real” sharafini himoya qilar ekansiz, bu klub qanchalar buyuk ekanligini anglab borasiz. Dunyoning qaysi burchagida to‘p surmaylik, o‘sha yerda muxlislarimiz bor ekanligini guvohi bo‘lganman.

Yodimda bor, “Real”ning “galaktikos”gaaylangan chog‘lari butun dunyoning e’tibor markazidagi jamoaga aylangan edik. O‘sha damlarni yodga olar ekanman, yuragim orziqib ketadi. Tasavvur qiling, zaxira o‘rindig‘ida “oltin to‘p” egalari, La liganing eng yaxshi hujumchilari va dunyoning birinchi raqamli darvozabonlari navbat poylashmoqda. Ularga e’tibor berar ekanman, o‘zimni qayerdan kelib qolganim haqida o‘ylanib qolaman. Darhaqiqat, hayot betakror ijodkor.

Muxlislar mehri

Biz keyinchalik yana ikki bor YECHLda zafar quchdik. 2000-yil va 2002-yildagi g‘olibliklarimizni yaxshi xotiralay olmayapman. Sababi, grand jamoa futbolchilarig‘oliblikdan so‘ng o‘zining bo‘sh qo‘yishga haqi yo‘q. Shu sababli g‘alabalardan so‘ng yana hech narsa bo‘lmagandek mashg‘ulotlarda davom etishing talab etiladi. Faqat shu yo‘sindagina motivasiyani saqlab qolishingiz mumkin. To‘g‘risi, men “Real”ni tark etganimdagina futbol olamida qanday buyuk ishlarni amalga oshirganimni tushunib yetganman. O‘sha kuni yaxshi xotirlayman. 2007-yil 17 noyabr. Biz mavsumning so‘nggi uchrashuvini “Malyorka” bilan “Bernabeu”da o‘tkazgan edik. Bu La liganing so‘nggi turi bo‘lib, g‘olib hali aniqlanmagan, “Barselona” bilan ochkolar bir xil edi. Biz shaxsiy uchrashuvlardagi ustunlik sababli oldinda edik. Chempionlikni qo‘lga kiritishimiz uchun so‘nggi turda g‘alaba qozonish kifoya. Uchrashuv boshida gol o‘tkazib yubordik. Barchasi so‘nggi turda rasvo bo‘lishi mumkin edi. Ikkinchi bo‘limning ekvatoridagina hisobni tenglashtirdik va so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketish orqali chempionlikni qo‘lga kiritdik. Men Madridni chempion sifatida tark etdim. Men bilan birgalikda Devid Bekxem ham o‘zining Madriddagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Klub bazasidan chiqqanimizda, muxlislar bizni qurshab olishdi. Ular bizning kelajakdagi ishlarimizga rivoj tilashdi. Mehr va muhabbat ila bizni kuzatib qo‘yishdi. Muxlislar mehr bilan“Senga omad tilaymiz”, “yana qaytgin” degan so‘zlari hali-hamon quloqlarim ostida jaranglab turibdi. Aynan o‘sha soniyalarda klub uchun nimadir qila olganimni va ularning mehrini qozonganimni chuqur his etganman.

 

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:22, 23.05.2020. O'qildi: 5921 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик