Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: «Mo‘ylovdor akula»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boshqa
Rukn: Yangiliklar
A A A

Amerikalik suzuvchi Mark Endryu Spits to‘qqiz karra Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi. Trenerlar uning mashhur mo‘ylovi suzuvchi tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida qat’iy maslahatlariga qaramasdan sportchi uni oldirmay yurishi uchun Markni “mo‘ylovdor akula” deb atashardi.

Mark ikki yoshligidayoq Gonoluludagi mahalliy plyajda har kuni suzardi. 1956 yilda uning oilasi Sakramentoga ko‘chib o‘tishdi. U bu yerda 8 yoshligida suzish bo‘yicha mahalliy sport seksiyasiga qatnay boshladi. Keyinroq «Santa Clara Swim Club» o‘smirlar klubiga a’zo bo‘ldi. Uning ustozi Markdan tashqari yana oltita Olimpiya chempionlarini tarbiyalagan Sherm Chavur edi.



Mark Spits Mexikoda 1968 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahsida 100 metrga batterflyay va erkin usulda suzish yo‘nalishida ishtirok etdi. Ungacha hech kim suzish musobaqalarining ikki turida ishtirok etishga jur’at etmagan. Shunga qaramasdan amerikalik suzuvchi suv sportining bu har ikki turida ham oltin medallarni qo‘lga kirita oldi. Chunonchi, Mark AQSH terma jamoasining erkin uslubda 4x100 va 4x200 metr masofada kechgan estafetadagi g‘alabasida ham hal qiluvchi hissa qo‘shgan. Shu bilan birga yuqorida qayd etilgan yakkalik yo‘nalishlarida bronza medallariga egalik qilgan.



1968 yildan 1972 yilgacha Mark Spits juda ko‘p musobaqalarda g‘olib bo‘ldi, bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatdi. 1971 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining buyuk havaskor sportchilarga beriladigan J.Sallivan nomidagi mukofot sohibi bo‘ldi.

1972 yil Myunxenda o‘tkazilgan Olimpiadada Mark Spits shaxsiy birinchilikda to‘rtta (100 va 200 metrga erkin, 100 va 200 metrga batterflyay uslubida suzish) oltin medalni hamda jamoa hisobida uchta (4x100, 4x200 metrga erkin uslubda va 4x100 metrga aralash estafetada) oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zi qatnashgan ana shu yetti musobaqaning hammasida u jahon rekordlarini ham o‘rnatdi.

33 karra jahon rekordchisi, 9 karra Olimpiada chempioni – Mark Spitsning bu natijalariga Maykl Felpsdan boshqa hech kim yaqinlasha olmagan.



Mark Spits 1969, 1971 va 1972 yillarda jahonning eng yaxshi suzuvchisi deb e’tirof etilgan. Suzuvchi 1972 yilda Olimpiya o‘yinlaridan keyin katta sportni tark etgan. Biroq u kutilmaganda 1992 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga jur’at qildi. Niyatining nihoyatda jiddiyligini hatto mashhur mo‘ylovini qirdirib tashlaganidan ham bilish mumkin edi.

Lekin u yosh sportchilar bilan bab-barava kurasha olmagan. AQSH terma jamoasi a’zolarini Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqalarida 100 metrga batterflyay uslubida suzishda 55,5 soniya natijasini ko‘rsatish kerak bo‘lgan, Maks esa 58,03 soniya natijasini qayd etdi. Shundan so‘ng u katta sportni uzil-kesil tark etgan.

Ammo uning sport olamidagi xizmatlari unutilmadi. XX va XXI asrlar to‘qnash kelganida o‘tmish yuz yillikning eng yaxshi sportchilari aniqlanayotgan paytda uni jahonning yigirmanchi asr eng yaxshi oltita sportchisi qatoriga kiritishgan va asrning dunyodagi eng yaxshi suzuvchisi deb e’tirof etilgan. O‘sha paytda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham Mark Spitsni XX asrning jahonning besh eng yaxshi sportchilaridan biri deb e’lon qilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:03, 01.06.2020. O'qildi: 2775 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик