Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gvardiola nega YECHLda zafar quchmayapti? Sababi nimada?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tan olish lozim, Pep Gvardiola ayni damdagi dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri.SHunga qaramay, u singari kuchli mutaxassisda ham o‘ziga xos kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Bu kemtik nuqtalar ayrimlar uchun tirnoq ichidan kir qidirishdek tuyular. Ba’zilar bu omillarga e’tibor ham berishni istamaydi. Shunga qaramay, bu faktorlarning barchasi Pepning yana bir bor YECHLda zafar quchish imkoniyatlariga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Overthinking

Bu so‘z ingliz tilidan tarjima qilinganida “mukkasidan ketgan” degan ma’noni anglatadi. Darhaqiqat, Pep o‘z ishining chinakam dahosi. Mana 4 mavsumdan beri uning shogirdlari deyarli barcha statistik ma’lumotlar borasida APLda tengsiz bo‘lib kelmoqda.

Uning ajoyib taktik ekanligini haqida ortiqcha so‘zlash shart emas. U bo‘sh vaqtida eski uchrashuvlarni tomosha qilishni va mag‘lubiyatlarni qayta-qayta analiz qilishni xush ko‘radi. Balki, shu narsa uning zarariga ishlayotgandir.

Ba’zan biroz tavakkalchilik yoki intuisiya ham murabbiylarga foyda keltirishini futbol olami bir necha bor guvoh bo‘lgan. Ahir bejizga “Nobel” mukofoti sovrindori Daniyel Kaneman: “sekin o‘yla, biroq tez qaror qil”, — demagan. Inson o‘z ishini qanchalar yaxshi bilsa, undagi professional tajribaga bo‘lgan muhtojlik kamayadi. Barchasini hisob-kitob qilib chiqishga urinish foydasiz. Bu futbol shaxmat emas. Undagi hisob-kitoblar doim ham maydonda foyda beravermaydi. Ba’zida intiusiyaga suyanish va biroz tavakkal qilish ham katta rol ijro etishi mumkin.

Gvardiola to‘liq pozision futbol tarafdori. Uning shogirdlari tinimsiz pressing qilishlari va har biri o‘ziga yuklatilgan vazifani 90 daqiqa davomida to‘xtovsiz amalga oshirishlarini shart. Futbol dahosi “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinlarda shu qadar mukammallikka intildi-ki, hatto markaziy hujumchiga maydonda joy topilmadi. Boshqa uchrashuvlarda futbolchilarni 4-2-3-1 sxemasida maydonga tashladi. Bu bir xil uslubda to‘p tepishga o‘rganib qolgan “shaharliklar” uchun biroz noqulayliklar tug‘dirdi. Natija ham (“Arsenal”ga qarshi kubok uchrashuvida)shunga yarasha.

Pep har qanday o‘yinni boshlanmasdan turib yutib olishni istaydi. Uning raqibni juda yaxshi o‘rganishi sababli deyarli har bir raqibga mos taktikada harakat qilishga urinadi. Pep raqibni maydonda o‘z taktik yechimlari bilan dog‘da qoldirish maqsadida yangidan-yangi taktika yoki strategiyaga murojaat etishdan sira tortinmaydi. To‘g‘ri, ba’zida bu effekt beradi, biroq ba’zan bunday tanlov jamoaning YECHLdan “uchib ketishi” bilan yakunlanadi...

Barcha narsaga ta’sir o‘tkazish

 

Ispaniyalik murabbiy o‘z ishiga juda bog‘lanib qolgan. Uning psixologiyasida barcha narsaga ta’sir o‘tkazish mumkin atamasi mavjud. Afsuski, bu mavsumda “Siti” juda ko‘p uchrashuvlarni omadsizlik sababli boy berib qo‘ydi. Shuningdek, futbolchilarning individual xatolariga ham pand berdi. Pep qanchalar kuchli orator bo‘lmasin, u o‘z futbolchilariga qanday gol kiritish kerakligini o‘rgata olmaydi. Buning uchun ular endi biroz qarilik qiladi. APL doirasidagi “Sautgemton”ga qarshi bahs so‘zimizga yaqqol isbot bo‘la oladi. Ana shunday omadsizlikdan so‘ng, g‘amga botgan daho kameraga qarata: “WePlayedverywell" degancha kiyinish xonasiga ravona bo‘ladi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng Pep doimo barchani yana o‘z kuchiga ishontirish maqsadida yanada mukammal taktik sxema ustidan bosh qotirishni boshlaydi. Afsuski, bunday qarorlar doim ham o‘zini maydonda oqlayvermaydi. Misol uchun bu mavsumda Gabriyel Jezuz naqd 8 bor so‘nggi to‘pga teginishga yeta olmay qoldi. Bu butun APL tarixidagi eng yomon natija bo‘lib turibdi.

Rotasiya

Tan olish lozim, Pep rotasiyaning chinakam “shaydosi”. Uning tinimsiz rotasiyaga murojaat etishi ham ba’zan muammolarga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun Sulsher yoki Klopp o‘z yetakchilarini zaxiraga o‘tkazishdan qattiq qo‘rqadi. Shu sababli Mane va Saloh APLning deyarli barcha uchrashuvlarida 90 daqiqa harakat qildi. Sulsher esa, restartdan so‘ng, deyarli asosiy tarkibni umuman almashtirgani yo‘q. Qishda kelgan Brunu Fernandesh barcha uchrashuvlarni to‘liq o‘tkazib kelmoqda.

Tig‘iz taqvim va bir nechta frontda kurash olib borayotgan klub uchun rotasiya juda muhim, biroq ayrim vaziyatlarda Pep rotasiya ustidan rotasiya amalga oshirganiga ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. Asosiy tarkibning 7 ta futbolchisini zaxiraga olgancha, ikkinchi uchrashuvda ham 100 foiz o‘z g‘oyalarini maydonda namoyon etish juda mushkul. To‘g‘ri, nisbatan kuchsizroq klublarda bu ish beradi, biroq YECHL uchrashuvlarida bunday tryuklar ketmaydi. Tinimsiz rotasiya sababli futbolchilarda o‘zaro bog‘liqlikni kuzatish mushkul. Boz ustiga, maydon markazidagi yarim himoyachilar ham deyarli 3 ta o‘yinda o‘z pozisiyalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishmoqda.

Juda kech zaxiradan foydalanish

Pep o‘z aybini tan olishni juda yomon ko‘radi. Bu odati uning ayrim uchrashuvlarda pand berib qo‘yadi. O‘z xatosini vaqtida ilg‘ab, erta o‘yinchi almashtirishdan ko‘ra oxirigacha kutishni avzal ko‘ruvchi mutaxassis “Tottenxem”ga ham aynan shu sababli YECHLda mag‘lub bo‘lgan edi. Bu omil, ayniqsa, bu mavsumda APL uchrashuvlarida juda ko‘p bor pand berdi. Pepning o‘yin uslubiga moslashgan o‘rtamiyona jamoalar kuchli pressingga qarshi chora qo‘llay boshladi, Pep esa o‘zgarishni o‘rtacha 65 daqiqada amalga oshirdi. Bu mavsumda o‘rtacha hisobda 12 ta uchrashuvda Gvardiola jamoasi birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdi. Ayniqsa, 4-2-3-1 sxmeasida boshlangan matchlarning deyarli barchasida birinchi bo‘lim havoga uchib ketdi. Shunga qaramay, Pep bu mavsumda biror marotaba birinchi bo‘limdan so‘ng o‘yinchi almashtirishga murojaat etmadi. U so‘nggi soniyalarga qadar o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutganiga ishondi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nima uchun omadsiz sxema darrov 4-3-3ga almashtirilmadi? Nima uchun o‘yinga kirisha olmagan Gundogan, Bernardu Silva va Mahrezlar erta zaxiraga olinmadi? To‘g‘ri ayrim vaziyatlarda o‘zgarishlar o‘z so‘zini aytdi, biroq ko‘pincha ularga uchrashuvda keskin burilish yasash uchun vaqt yetmadi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Pepga va uning jamoasiga kelajakda omadlar tilab qolamiz. U chinakam futbol inqilobchisi va barcha sovrinlarga loyiq murabbiy. Uning jamoalari ko‘rsatayotgan futbolni tomosha qilish juda zavqli. Umid qilamizki, yaqin mavsumlar ichida uning jamoasi yana bir bor YECHL oltin medallarini qo‘lga kiritadi.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘o‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:02, 28.07.2020. O'qildi: 9246 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик