Eng munosib Olimpiadachi miloddan avvalgi 520 yillar atrofida yashagan yunon atleti Milon Krotonskiy hisoblanadi. Afsonaviy kurashchi olti marta Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. Bu degani Milonga 24 yil davomida teng keladigan polvon topilmagan.
Deyarli barcha yunonlar suzishga qodir bo‘lishiga qaramay, bu sport hech qachon qadimgi Yunonistonning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan. Darvoqe, marafon ham qadimgi Olimpiya o‘yinlari dasturida yo‘q edi. Yengil atletikaning bu eng og‘ir turi faqat 1896 yilgi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari dasturida paydo bo‘ldi.
1901 yilda Antikifer oroli yaqinida shu orol nomi berilgan qadimiy mexanik qurilma topildi. Uning nima maqsadda ishlatilishini aniqlash bo‘yicha bir qancha urinishlar bo‘ldi va oxir-oqibat olimlar bunga muvaffaq bo‘lishdi. Ya’ni qurilma sayyoralar va yulduzlarning holatini hisoblay oladigan, oy va quyosh tutilishlarini oldindan aytib beradigan murakkab mexanik kalkulyator ekanligi aniqlandi. Ushbu mexanizmning asosiy maqsadi Olimpiya o‘yinlari sanasini hisoblashdir.
Eng ommaviy qishki Olimpiada o‘yinlari 2006 yil Turin shahrida bo‘lib o‘tgan. Mazkur Olimpiada 80 ta mamlakatning 2508 sportchilari qatnashib, kuch sinashgan. Ushbu qishki o‘yinlarda Efiopiya va Madagaskar mamlakatlari vakillari ilk marotaba ishtirok etishgan.
MOQ Axborot-tahlil departamenti
bosh mutaxassisi SH.Nazarov