Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 32 50
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Bornmut 32 45
11 Fulhem 32 45
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlang! UYEFA sovrini «oltin to‘p»dan haqqoniyroq!

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"France Football" nashri tomonidan topshiriluvchi "oltin to‘p"ning qadri juda baland. Shunday bo‘lsada, stadion.uz UYEFA va "France Football" nashrlari tanlovlarini solishtirib ko‘rmoqchi.

Ochig‘i, "UYEFA" tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun topshiriladigan sovrin ko‘pincha "oltin to‘p"ning soyasida qolib ketadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda «oltin to‘p» futbolchilar uchun status vazifasini o‘tab berishni boshladi. UYEFA esa, o‘z sovrini bilan «oltin to‘p»ga raqobatdosh bo‘lganicha yo‘q, ammo bu safar ularda imkoniyat mavjud.

Sababi, «qo‘rqoq fransuzlar» «oltin to‘p»ni bir mavsumga bekor qilishga qaror qildi. Xo‘sh, bu so‘rovnomalar g‘oliblari o‘rtasida tafovut qay darajada katta? Bugun UYEFA va "France Football" nashrining g‘oliblarini solishtirib ko‘ramiz.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2011" - 1 Messi, 2. Xavi, 3. Ronaldu

«Oltin to‘p 2011» - 1. Messi, 2. Ronaldu, 3. Xavi

2011 yilda Xavini UYEFA Ronaldudan yuqoriroq pog‘onaga joylashtirishga qaror qildi. «Oltin to‘p» esa, sovrinni Leo Messiga topshirdi. UYEFA versiyasida ham Leo mutlaq g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rindagi almashinuvini esa, har kim o‘zi istagancha qabul qilishi mumkin.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2012" - 1. Inyesta, 2. Messi, 3. Ronaldu

«Oltin to‘p 2012» - 1. Messi, 2. Ronaldu, 3. Inyesta

Oradan bir yil o‘tib, UYEFA «Barselona»ning g‘alabalari zamiridagi yashirib kuch - Andreasni yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etdi. Leo Messi esa, undan keyingi pog‘onadan o‘rin egalladi. Ronaldu kuchli uchlikni yakunlab bermoqda."France Football" nashri esa, 2012 yilda sovringa Leoni haqli deb topdi.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2013" - 1. Riberi, 2. Messi, 3. Ronaldu

«Oltin to‘p 2013» - 1. Ronaldu, 2. Messi, 3. Riberi

Frank Riberi bir necha bor 2013 yilda «oltin to‘p»ni undan o‘g‘irlab olishgani haqida so‘zlab bergan. Darhaqiqat, o‘sha mavsumda Frank deyarli barcha uchrashuvlarni yuqori darajada o‘tkazgan, YECHLda zafar quchgan edi. Riberi UYEFA talqiniga ko‘ra, 36 ball bilan g‘olib bo‘lgan. Messi va Ronaldular birgalikda 17 ball qo‘lga kiritgan xolos.«Oltin to‘p» uchun kurashda Myunhen klubi futbolchisi Ronaldu va Messiga imkoniyatni boy beradi.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2014" - 1. Ronaldu, 2. Noyer, 3. Robben

«Oltin to‘p 2014» - 1. Ronaldu, 2. Messi, 3. Noyer

2014 yilgi mavsumda Ronaldu chinakam fenomenal o‘yin namoyish etadi va bir yo‘la ikkita so‘rovnomada g‘olib chiqadi. UYEFA o‘z so‘rovnomasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Noyerni ikkinchi pog‘onaga joylashtirgan bo‘lsa, negadir «Oltin to‘p» sovrini Messini Noyerdan kuchliroq deb hisoblaydi.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2015" - 1. Messi, 2. Suares, Ronaldu

«Oltin to‘p 2015» - 1. Messi, 2. Ronaldu, 3. Neymar

Bu safar Ronaldu namoyish etgan mo‘’jizani Leo qaytardi. Oqibatda, ikkita so‘rovnomada ham g‘alaba qozondi. UYEFA o‘z talqinida ikkinchi pog‘onani Luis Suaresga topshirdi. Darhaqiqat, urugvaylik futbolchi o‘sha mavsumda chinakamiga porlagan edi. «Oltin to‘p» sovrini kuchli uchlikka Neymarni kiritishga qaror qildi. Katta ehtimol bilan bu qaror so‘rovnomaning yanada ommalashishi uchun qilingan qadam.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2016" - 1. Ronaldu, 2. Grizman, 3. Beyl

«Oltin to‘p 2016» - 1. Ronaldu, 2. Messi, 3. Grizman

2016 yilda Grizman Messi boshchiligidagi «Barselona»ni YECHLdan chiqarib yuborgan bo‘lsa, Ronaldu «Real» bilan chempionlikni qo‘lga kiritadi. Keyinroq bu yigitlar Yevropa chempionati finalida to‘qnash kelishadi va bu safar ham Ronalduning qo‘li baland keladi. UYEFA o‘z so‘rovnomasida haqli tarzda Grizmanni Ronaldudan keyingi o‘ringa joylashtirgan. Negadir "France Football" nashri Messini katta farq bilan Antuandan o‘zib ketgani haqida ma’lumot bergan.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2017" - 1. Ronaldu, 2. Messi, 3. Buffon

«Oltin to‘p 2017» - 1. Ronaldu, 2. Messi, 3. Neymar

Shu o‘rinda ushbu so‘rovnomalardagi o‘xshashlikka e’tibor qarating. Shunday bo‘lsada, 3-o‘rindagi futbolchilar tamomila ikki xil. UYEFA Buffonning Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. "France Football" esa Neymarni faqat shou uyushtirish maqsadidagina so‘rovnomaning final qismiga qadar ro‘yxatda qoldirgan ko‘rinadi. Sababi, UYEFA o‘z so‘rovnomasidagi kuchli o‘nlikda ham Neymarga joy bermagan edi.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2018" - 1. Modrich, 2. Ronaldu, 3. Salah

«Oltin to‘p 2018» - 1. Modrich, 2. Ronaldu, 3. Grizman

2018 yilda so‘rovnomalarda Xorvatiya terma jamoasi g‘olib chiqishi tabiiy. Sababi, Modrich «Real Madrid» bilan YECHLda zafar quchgan bo‘lsa, JCHda finalda to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. Ronalduning Mundialdagi omadsizligi Modrichga sovrinni qo‘lga kiritish imkonini yaratgan bo‘lsa, ajab emas.

"UYEFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi 2019" - 1. Van Deyk, 2. Messi, 3. Ronaldu

«Oltin to‘p 2019» - 1. Messi, 2. Van Deyk, 3. Ronaldu

o‘tgan mavsumda aynan shu mavzu ustida juda uzoq tortishuvlar kuzatilgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Gollandiyalik himoyachi 2019 yilda «oltin to‘p»ga loyiq edi. «Liverpul»ni yangi darajaga olib chiqqan Virjilning «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyati juda yuqori edi, ammo yakunda «oltin to‘p» Leoga nasib etdi. UYEFA esa, o‘z so‘rovnomasida Millatlar Ligasining finalida to‘p surgan va «Liverpul» bilan Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan futbolchini eng yaxshisi deb e’tirof etdi.

Yakuniy tahlil. UYEFA o‘tkazayotgan so‘rovnoma "France Football" nashrining "oltin to‘p"idan adekvatroq!

UYEFA tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomaning «Oltin to‘p» bilan farqi u qadar katta bo‘lib ko‘rinmasligi mumkin, ammo aynan shu so‘rovnoma Riberi, Virjil va Inyesta singari futbolchilarni sovrin bilan taqdirlashga muvaffaq bo‘ldi. Shu detalning o‘zi, ushbu so‘rovnomani yaxshiroq kuzatib borishimiz lozimligini anglatadi.

So‘nggi 9 yil davomida UYEFA so‘rovnomasida Ronaldu va Messi besh bor g‘olib chiqqan bo‘lsa, "France Football" bu vaqt mobaynida sovrinni shu yigitlar o‘rtasida taqsimlab berishga qaror qildi. Aynan Ronaldu va Messi effekti sababli, «Balon D'or»ning statusi keskin ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. UYEFA esa, asosan muayyan bir mavsumni boshqalardan yaxshiroq o‘tkazganlarga e’tibor qaratishni afzal ko‘rdi. ortda qolgan mavsum yakunlariga ko‘ra, UYEFA o‘z qarorini e’lon qilishi lozim.

"France Football" esa, sovrinni topshirishdan bosh tortdi. Bunga sabablar juda ko‘p. Katta ehtimol bilan Ronaldu va Messining kuchli uchlikdan o‘rin egallamagani uchun katta reklama homiylari bilan muzokaralar olib borish imkonsiz. Shuningdek, argentinalik va portualiyalik yulduzlarsiz katta "ajiotaj"dan umid qilmasa ham bo‘ladi. "France Football" barchasini inobatga oldi va 2020 yilda UYEFA o‘tkazayotgan so‘rovnomaga yo‘l berishga majbur bo‘lmoqda.

UYEFA final uchligini e’lon qildi. Robert Levandovski, Kevin De Bryuyne va Manuyel Noyer! To‘g‘ri, bu ro‘yxatga Alfonso Devis, Di Maria, Mbappe, Myuller, Ramos, Xoland, Gnabri singari futbolchilarni qo‘shish mumkin edi, ammo yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar barchadan ko‘ra sovringa haqliroq. UYEFA o‘z odatlariga sodiq qolgan holda, mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlab beradi. Siz ham o‘zingiz uchun kimni g‘olib deb hisoblashingizni izohlarda yozib qoldiring.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:50, 24.09.2020. O'qildi: 5028 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 19
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик