Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxtiyor Ashurmatov: «Bunyodkor»ga qarshi o‘yin jamoamiz uchun burilish o‘yini bo‘ladi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

“Qo‘qon-1912” jamoasi uchun superliganing 2-davrasi biroz ko‘ngilsiz natijalar bilan boshlandi. Jamoa ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Biz jamoadagi vaziyat hamda o‘zlarining salomatliklari borasidagi savollar bilan jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.

1. Baxtiyor A’zamovich avvalo sog‘liklaringiz yaxshimi?

-Gapni ochig‘i Buxoroda bo‘lgan o‘yindan keyin tomog‘im bo‘g‘ilib qolgan edi. Ertasiga ozgina temperaturam ko‘tarildi. Shu sababli Metallurgga qarshi o‘yinga tayergarlik jarayonida qatnasha olmadim. Lekin o‘yinga bir kun qolganda Qo‘qonga kelib Metallurg bilan o‘yinni o‘zim boshqardim. Gapni ochig‘i o‘yindan keyin kasalim yana ozgina kuchaydi. So‘g‘diyona bilan o‘yindan oldin PSR analizini topshirdik. Analiz javoblari yaxshi chiqdi. Va mashg‘ulotni o‘zim o‘tkazishga qaror qildim. Lekin afsuski mashg‘ulotda sovuq o‘tib temperaturam ko‘tarilib ketti. Xolatim shu darajaga yetdiki, quvvatsizlikdan aktiv xarakat qilishim xam og‘irlashib qoldi. Va yana mashg‘ulotlarni qo‘yvorishga majbur bo‘ldim. Bu vaqt ichida o‘pkamni rentgen qildirib ko‘rganimda 15 foizga o‘pka shamollashi, yengil pnevmoniya tashxisini qo‘yishdi. Va vrachlar klinikaga yotib davolanishni yoki uy sharoitida davolanish uchun qo‘shimcha davolanish kursini yozib berishdi. Afsuski shu sababli So‘g‘diyona bilan bo‘lgan muxim o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. Xudoga shukr hozir axvolim nisbatan yaxshi va jamoamizning mashg‘ulotlariga qo‘shildim.

2. “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsumning birinchi yarmini ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi ham turnir jadvalida 3-o‘rinni egallagan edi. Kutilmaganda 2-davra uchrashuvlarini durang hamda mag‘lubiyatlar bilan boshladik. Bunga qanday izoh berasiz?

-To‘g‘ri 1-davra o‘yinlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazdik. Afsuski 2-davra o‘yinlarini muvaffaqiyatsiz boshladik. Muxlislarimiz xam xavotirga tushishmoqda. Xar xil gap so‘zlar ko‘paymoqda. Afsuski betobligim tufayli o‘zim 10-kun ichida faqat Metallurg bilan o‘yinga va faqat bitta mashg‘ulotga chiqa oldim xolos. Lekin murabbiylarimiz shtabi yaxshi shakllangan. Zohidaka Nurmatov va Davron Fayziyev boshchiligida mashg‘ulotlar yaxshi saviyada olib borilgan. Davron Fayziyev yaxshi saviyadagi murabbiy va ishonchli do‘st ekanligini bilaman. Zoxidaka Nurmatov esa meni yarim so‘zdan tushunadigan ishonchli insonim va yordamchim. Aytmoqchi bo‘lganim mag‘lubiyatlarda bosh murabbiy sifatida o‘zim aybdorman. Ikkinchi davrada omad ham bizni tark etgandek. Yana bitta xatoimiz birinchi davradan keyin tarkibimizni o‘zgartirmaganimiz degan xulosaga kelyapman. Ayrim sabablarga ko‘ra hohlagan o‘yinchilarimizni jamoaga ololmadik. Aytaylik Samarqanddan Amirjon Safarov transferi uchun 100 million so‘m so‘rashdi. Istiqloldan yosh xujumchi Akbar Sultonovni Istiqlol qo‘yib yubormadi. Javoxir Siddiqovni olamiz deganimizda Javoxir Paxtakor tarkibida asosiy tarkibda chiqa boshladi. Paxtakordan Asadbek Sobirjonovni xam afsus ijaraga ololmadik. To‘g‘ri tarkibimiz yemon emas. Lekin baribir yangi qon kerak ekan. O‘yinimizda xam afsuski pasayish yuzaga keldi. Chempionat o‘yinlarini bir xil tempda o‘tkazish xam oson emas. Misol uchun Navbaxor yettita o‘yindan beri yutolmayapti. Yaxshi tarkibga ega bo‘lgan Agmk 4-o‘yinda g‘alaba qozonolmadi. O‘ylaymanki bu qiyin vaziyatdan yigitlar bilan birga yorug‘ yuz bilan chiqib ketamiz.

Ikkita mag‘lubiyat bizni xam juda xavotirga solmoqda. Eng yomoni 1-davrada mag‘lubiyatga uchragan o‘yinlarimizda oxirigacha kurashib mag‘lubiyatga uchragandik. Ikkita o‘yinda esa afsuski xarakter va oxirigacha kurashish yetishmadi. Shu sababli So‘g‘diyona bilan o‘yindan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkita o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini tahlil qildik. Va men o‘ylaymanki keyingi o‘yinlarda muxlislarimiz yana jangovor o‘yinlarga guvox bo‘lishadi. To‘g‘ri jamoa g‘alaba qozonganda kamchiliklar xam ko‘zga tashlanmaydi. Jamoaning xarakteri, axilligi shunaqa qiyin paytda bilinadi.

3. Hozirgi kunda jamoadagi ichki muhit va jamoa a’zolarining salomatliklari qanday, oldindagi uchrashuvlarga hamma tayyormi ya’ni tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi?
-Xudoga shukr hozir jamoamizdagi ichki muhit ijobiy tomonga o‘zgargan. Muhit yaxshi bo‘lishida va qiyin vaziyatdan chiqib ketishimizda jamoamiz yetakchilari Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro‘ziyev, Aleksandr Merzlyakovlarning roli katta bo‘lishi kerak. Tarkibida shunaqangi yetakchi futbolchilari va ular qatorida Oybek Rustamov, Suxrob Berdiyev kabi futbolchilar bo‘lgan jamoa xar doim yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kerak. Murod Xolmuxamedovni esa bemalol O‘zbekistonning bu yilgi mavsumdagi eng kuchli futbolchilari qatoriga qo‘shsak bo‘ladi. Ro‘ziyevdan xam umidim juda katta. Chempionatning eng mexnatkash futbolchilaridan biri.

Afsuski, yurtimizga kelgan pandemiya jamoamizni xam chetlab o‘tmadi. Lekin biz qanday natija ko‘rsatishimizdan qatiy nazar bu kasalliklarni sabr va bardosh bilan yengib o‘tishga qaror qilgandik. Jamoamizdagi deyarli xamma futbolchilar bu kasallikni yengib o‘tishdi. Vaqti kelganda o‘yin qaydnomasiga kiritishga o‘yinchi xam yetmay qoldi. Jamoamiz yetakchisi Murod Xolmuxamedov, Quvondiq Ro‘ziyevlar o‘yinlarni o‘tkazib yuborishdi. Muzaffar Muzaffarov olti oy deganda jaroxatidan qutulib endi safimizga qo‘shildi. Afsuski So‘g‘diyona bilan o‘yindan oldin darvozabonimiz Muzaffar Abdullayev va hujumchimiz Xamidullo Abduxamidovda xam test natijalari yaxshi chiqmadi va ular o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Lekin bu o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz o‘tkazishimizga sabab bo‘la olmaydi. Ikkita futbolchimizdan tashqari qolgan futbolchilarimiz xudoga shukr sog‘ salomat va Bunyodkor bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyor.

4. Bizni oldinda “Bunyodkor” jamoasiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o‘yin olti ochkolik o‘yin bo‘lishi aniq. Muxlislarimiz esa o‘z maydonimizda jamoadan faqat g‘alaba kutishadi.

-"Bunyodkor" bilan juda xam muhim bo‘lgan qiyin o‘yin kutib turibdi. Bu bizning jamoamiz uchun burilish o‘yini bo‘ladi. Biz muxlislarimiz uchun xam bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Afsuski jamoamiz uchun qiyin bo‘lgan vaziyatda muxlislarimizning qo‘llab quvvatlashlari jamoamizga yetishmayapti. Har yili superligada qolish uchun kurashadigan jamoa o‘z ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar mexrini va ishonchini qozondi. Va endi muxlislarimiz bizdan yuqori o‘rinlar uchun kurashishimizni kutishmoqda. . Va muxlislarimiz bunga haqlilar. Futbolda muxlislar ishonchini, mexrini qozonish juda qiyin. Lekin ishonchni yo‘qotish juda oson. Futbolchilarimiz xam vaziyatni tushunib turishibdi va "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglash uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Biz murabbiylar shtabi futbolchilarimizga ishonamiz.


5. Jamoada moliyaviy muammolar yo‘qmi? Murabbiy hamda futbolchilar maosh va mukofot pullarini o‘z vaqtida olishyaptimi?

-Xudoga shukr jamoamizda moliyaviy muammolar yo‘q. Baxtiyoraka Tolipov boshchiligidagi rahbariyatimiz oylik maoshlari va mukofot pullarini vaqtida berishyapti. Shuhrataka Mo‘minov esa ajoyib tashkilotchi. O‘yinlarga tayergarlik ko‘rish jarayoni, mashg‘ulotlar uchun maydon topishda, kasallangan futbolchilarimizni davolash uchun dori-darmon yetkazishda, mehmonxonalarga joylashishimiz, futbolchilarning ovqatlanish jarayonlari, Toshkentdagi yig‘inlar tashkil qilishda Shuhrat akaning o‘rni beqiyos. Umuman olganda Qo‘qonda tashkiliy ishlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Jamoamiz futbolchilari nomidan jamoamiz rahbariyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lardim.

6. Muxlislarimizga tilaklaringiz?

-Muxlislarimiz jamoamiz baxtiga doimo sog‘ salomat bo‘lishsin. Iltimos jamoamizni qiyin paytda xam qo‘llab-quvvatlab turishsin. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Lekin ishonch bilan aytamanki muxlislarimiz ishonchini hech qachon suistemol qilmaymiz. Jamoamizga ishonishsin. Biz muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. Xudo hohlasa tezroq stadionga qaytinglar va jamoamizni qo‘llab quvvatlanglar. Muxlislarsiz futbolning xam fayzi yo‘qolarkan. Tez orada muxlislarning stadionlarga kirishlariga ruxsat beriladi deb ishonib qolamiz. Barcha aziz muxlislarimizga sog‘lik tilayman !
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:49, 25.09.2020. O'qildi: 2495 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик