Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 7 30
3 Italiya 10 6 14 30
4 Niderlandiya 9 7 3 19
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 6 8 8 22
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 25 42
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 25 32
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Monpelye»ning 43 yoshli sardori har mavsumda 30 ta o‘yinda ishtirok etmoqda! Uning siri nimada?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sentyabr oyining o‘rtalarida «Monpelye» himoyachisi Vitorino Ilton o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. Braziliyalik futbolchi, 43 yoshda maydonga tushdi. So‘nggi bor Kuchli beshlik doirasidagi klublar safida 2008 yilda «Lasio» kipperi Marko Ballota 44 yoshida maydonda ko‘rinish bergan edi. «Liga 1» tarixida esa, bunday holat 1956 yilda kuzatilgan. O‘shanda, 44 yoshli «Trua» hujumchisi Roje Kurtua o‘zining so‘nggi uchrashuvida maydonga tushgan va Mutlaq rekord o‘rnatgan.

Futbolchi o‘zining shaxsiy rekordini qizil kartochka bilan nishonladi, ammo «Monpelye» g‘alaba qozondi. Qahramonimiz shu tariqa kuchli beshlikda harakat qilayotgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Qahramonimiz 4,5 oyga kattaroq. Ilton professional futbolni 1996 yilda boshlagan. Bu paytda hali Killian Mbappe, Jeyden Sancho, Trend Aleksander Arnold va Erling Xoland singari futbolchilar hali tug‘ilmagan edi.

E’tiborlisi shundaki, Ilton deyarli barcha mavsumlarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib kelmoqda. Shu sababli, «Monpelye» mavsum so‘nggida shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishdan boshqa chora topa olmayapti.

Misol uchun o‘tgan mavsumda braziliyalik himoyachi 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Qo‘shimchasiga, 2 ta gol va bitta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bu uning yoshidagi futbolchilar uchun shunchaki yetib bo‘lmas natija! E’tiborlisi shundaki, himoyachi hali birorta mavsumda 30 tadan kam o‘yinda ishtirok etmadi. Bu ko‘rsatgich borasida ham uning shaxsiy rekordi yangilanishi mumkin. Sababi, «Monpelye» unga ishonishda davom etmoqda.

23 yoshida futbol va «Marsel»dan ketishi

Qahramonimiz aviahalokatga uchragan «Shapakoyense» jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Afsuski, klub Iltonga asosiy jamoaga kirishi uchun imkon bermaydi. Oqibatda, Ilton 23 yoshida «Parana» bilan shartnoma imzolaydi va asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. Vitorino «Parana»da uzoq ushlanib qolmadi. Uni Shveysariyaning «Sorvett» klubi ilib ketdi. 3 yil davomida mamlakat shimolida istiqomat qilgan futbolchini klub «Bastia»ga ijaraga berib yubordi. Keyin, uning transferini «Lans» sotib oladi. U ushbu klub safida 158 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikki bor kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2008 yilda esa, Fransiya kubogi finaliga jamoani sardor sifatida boshlab tushdi. Afsuski, jamoa finalda PSJga uchrashuv boy beriladi, biroq Ilton o‘zining eng yaxshi mavsumlari «Lans»da o‘tgan deb hisoblaydi.

Achinarlisi shundaki, «Lans» Fransiya kubogi finaliga yetib borganiga qaramay «Liga 1»ni tark etadi. Vaziyatdan birinchi bo‘lib «Marsel» foydalanib qoladi. Klub 5 million yevro evaziga Vitorinoni o‘z safiga qo‘shib oladi. Jamoa 30 yoshli futbolchi uchun pul sarf etib adashmadi. Nilton mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi, biroq klub tepasiga Desham kelgach vaziyat o‘zgardi. Yangi murabbiy ko‘proq Haynse va Diavaraga ko‘proq imkon berishni boshladi. Qahramonimiz Desham qo‘l ostida atigi 12 bor maydonga tushganiga qaramay, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi.

Kelasi mavsumda Desham uni atigi 8 bor maydonga tushirdi. 2011 yilda esa uning hayotini o‘zgartirib yuborgan voqea sodir bo‘ldi. Tunda uning uyiga bosqinchilar tashrif buyurishadi va to‘pponcha bilan pul talab qilishadi. Vaziyat bu tariqa ko‘rinish olgani uchun Vitorino klubni tark etishga qaror qildi. «Marsel» yana bir yil shartnomasi bor himoyachini olib qolishni istamadi.

Barchasiga nuqta qo‘yishni va yana Braziliyaga qaytib ketishni rejalashtirayotgan Niltonga «Monpelye» taklif bilan chiqadi.

«Monpelye»dagi sarguzashtlar

«Yangi jamoaga kelganimda, menga hech kim ishonmagan. 33 yoshli himoyachi uchun asosiy tarkibda joy yo‘q deb hisoblashgan bo‘lsa, ajab emas. Shunga qaramay, mening ilk mavsumim fantastik ko‘rinish olgan. Biz yakunda, chempionlikni qo‘lga kiritgan edik»,-deb xotirlaydi Nilton.

Darhaqiqat, qahramonimiz «Monpelye» bilan mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazadi. «Liga 1»ning 35 ta o‘yinida maydonga tushga futbolchi jamoa bilan bir mavsumga shartnoma imzolagan edi. Shartnomada agar klub pastki divizionga tushib ketmasa, yana uzaytirish to‘g‘risida band mavjud edi. Futbolchi o‘sha banddan foydalanishga qaror qildi va «Monpelye»da qoldi.

Fransiya chempionligini PSJdan tortib olgan klub himoyachisi o‘z his-hayajonini yashirib o‘tirishni istamadi.

“Mening «Marsel»dagi so‘nggi mavsumim juda og‘ir o‘tgan. Murabbiy menga umuman ishonmas edi. Bu yerda esa, futboldan lazzat olish uchun maydonga tushyapman.”

Qahramonimiz «Monpelye»da atigi bir mavsum qolishni reja qilgan edi, biroq klub uni 10 yil o‘z safida olib qoldi. Bu orada Ilton 323 bor klub sharafini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi va klub ramziga aylandi.

Yangi mavsumda vaziyat biroz o‘zgardi, biroq himoyachi bilan shartnoma yana bir mavsumga uzaytirildi.

«Biz barchasi qanday yakun topishidan bexabarmiz. Men ular men bilan shartnomani uzaytirib xato qilmaganligini maydonda isbotlamoqchiman. To‘g‘ri, endi avvalgidek butun mavsum davomida to‘p sura olmasligim mumkin. Yangi shartnoma oldidan mening klubdagi o‘rnim haqida murabbiy bilan kelishib olganmiz. U mening jamoani boshqarishimni, personal va futbolchilar o‘rtasida ko‘prik bo‘lishimni istamoqda. Men jamoadagi yosh iqtidor egalari Kleman Vidal va Nikolya Kozzalarga yordam berishim qaror qildim.»

O‘zining sportdagi «uzoq umri» sababni Ilton quyidagicha izohlaydi:

«Mening boshimga baxt qushi qo‘ngan. Sababi, sog‘lom hayot tarzini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldim. Men spirtli ichimlik iste’mol qilmayman. Tungi klublarga umuman bormayman. Sutkada 8 soat uyquni kanda qilmayman. To‘g‘ri ovqatlanaman. O‘ylashimcha, uzoq vaqt professional sport bilan shug‘ullanish uchun shuning o‘zi kifoya»

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:59, 28.09.2020. O'qildi: 3899 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.