Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Futbolda “tankang“ bo‘lmasa, hech kim bo‘lib qolasan» Futzalni tashlashga uringan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ixtiyor Ropiyev bilan suhbat

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston futzal terma jamoasi osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida 7-9 oktabr kunlari poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida Eron terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik bahsini o‘tkazadi.

Stadion.uz o‘yinlardan avval, milliy terma jamoa hamda AGMK klubi a’zosi, 2018 yilgi osiyo chempionati bronza medali sovrindori, futzal bo‘yicha bir necha bora O‘zbekiston chempioni va kuboklari g‘olibi Ixtiyor Ropiyev bilan suhbatlashdi.

—Assalomu alaykum Ixtiyor aka. Intervyuga rozi bo‘lganingiz uchun rahmat.

—Va alaykum assalom, sizga taklif berganingiz uchun rahmat.

—Bilishimcha, siz futzalga kirib kelishdan avval katta futbolda harakat qilgansiz. Keling, dastavval shu haqida haqida gapirsangiz?

—Ha, birinchi bo‘lib ko‘pchilik yosh bolalar singari futbolga kuchli qiziqqanman. Hatto, bolalik paytlarimdanoq to‘p tepishni boshlaganman. 2015-2016 yillarda asosiy vaqtim ikkinchi liganing “G‘allarol“ jamoasida o‘tgan, undan tashqari birinchi ligada ham o‘ynaganman. 23 yoshlik paytlarimda, viloyatning asosiy jamoasi hisoblangan “So‘g‘diyona“ning o‘rinbosarlar tarkibida ham o‘ynaganman. Ammo, u yerda doimiy harakat qilishni xohlamasdim, chunki darajam asosiy jamoaga tortishini bilardim. Qancha harakat qilmay, bo‘yim bilan bog‘liq muammolar ro‘kaj qilinib, asosiy jamoaga olinmaganman. O‘shanda bor yo‘g‘i 5 kun mashg‘ulotlarda bo‘lganman xolos. Agar asosiy tarkibda ko‘proq o‘ynashga imkon berilganida, yaxshi futbolchi bo‘lishimga ko‘zim yetardi. Ammo “tankam“ bo‘lmagan. O‘sha payti miyamda, futbolda, orqangda kattaroq “kimdir“ bo‘lmasa, sen talantlimisan, yaxshi futbol o‘ynaysanmi baribir, hech kim bo‘lib qolasan degan fikr juda ko‘p aylangan. Shunga qarayam, taslim bo‘lmadim va o‘z ustimda ishlashda davom etdim. Hozirgacha erishilgan muvaffaqiyatlar uchun shukr aytaman. Bugungi kunimdan esa sira nolimayman!

— Ixtiyor Rapiyevni tanitgan “Maksam-CHirchiq“qa kelishingiz va futzaldagi dastlabki mavsumingiz qanday bo‘lgan?

– Keyinchalik, o‘zimni futzalda sinab ko‘rishga qaror qilganman va 2017 yilda, Chirchiqning “Maksam-CHirchiq“ klubiga qabul qilinganman. Jamoaga kelib qo‘shilgan vaqtim terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Axmedov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bordim va shundan so‘ng, futzalga qiziqishim ortib, bu sport turiga mehr qo‘ydim.

—Albatta, hozir futzaldasiz. Keyinchalik, yaxshi taklif bo‘lsa o‘zingizni yashil maydon(katta futbol)da ko‘ra olasizmi. O‘zi umuman, ikkala sport turida, sportchining jismoniy salohiyatlari qanday bo‘lishi kerak?

—Keyinchalik, katta futboldan taklif bo‘lsa, albbata, o‘ynagan bo‘lardim, bu orzum. Ammo, hozir futzalda baxtliman. Men futzalni katta futbolga qaraganda qiyinroq deb hisoblayman. Boisi, tezlik, chaqqonlik, o‘ta muhim va bu uchun yuqori darajadagi jismoniy kuch talab etiladi. Shuningdek, darhol qaror qabul qilish muhim o‘rin tutadi. Chunki, futzalda birgina xato qimmatga tushishi mumkin. Katta futbolda esa boshqacha. Kimdir xato qilsa, boshqasi uning o‘rnini to‘ldirishi, kamchilikni yopib keta olishi mumkin. Umuman olganda, ikkisining ham o‘ziga yarasha qiyin va murakkab jihatlari bor.

—Bilamizki, olmaliq jamoasi ko‘p yillardan buyon o‘zbek futzalining eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Sizning AGMKga ko‘chib o‘tishingiz qanday yuz bergan va siz buni kutganmidingiz?

—Ha, AGMK kuchli jamoalardan biri. 5 karra mamlakat chempioni va bir qancha sovrinlar egasi hisoblanadi. Men to‘g‘risi kutmagan edim. Lekin har qanday futzalga kirib kelgan inson o‘ynagisi, g‘alabalar qozongisi keladi. Chempion jamoa tarkibida o‘ynash nasib qilganidan xursand bo‘lganman. Bu yerda yanada ko‘proq ishlashga, yaxshi ko‘rsatgichlar qayd etishga jamoadoshlarim kabi men ham doim harakat qilaman. Olmaliq klubiga jamoadoshim, Davron Abduraxmonov yordami va tavsiyasi bilan kelib qo‘shilganman.

—Qaysi futzalchilarning qayd etayotgan natijalariga havas qilib, ularning o‘yinlaridan doim nimadir o‘rganishga harakat qilasiz?

—Bunday futzalchilardan bir qanchasini keltirishim mumkin. Lekin eng ko‘p havas qiladigan, o‘yinlaridan ko‘p narsa o‘rganishim mumkin bo‘lgan inson Bahodir Axmedov. Ushbu murabbiyni, futzalga kirib kelishmdan to hozirgacha o‘z yordamlarini ayamagan, yaxshi ustoz sifatida hurmat qilaman.

—Bizda futzalga qaratilayotgan e’tibor qay darajada?

—Bizda bu yil, har yilgidan ham ko‘proq e’tibor qaratilyapti. Ayniqsa futzalni yoritilishi, sport telekanalining futzal o‘yinlarini jonli namoyish etishi yaxshi holat. Shunday davom etsa, ishonamanki, bizning chempionatimiz saviyasi ham ancha o‘sadi.

—Yaqinda, jamoangiz bilan O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdingiz. Sizningcha, milliy chempionat mavsum yakunida qaysi jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun davogarlik qiladi?

—Bu yil hech qaysi bir jamoani kuchsiz deb bo‘lmaydi. Chempionatidagi har bir klub o‘ziga yarasha kuchli. Sovrinli o‘rinlar borasida “AGMK“ “Paxtakor“, “Xuaxin Jizzax“, “Mettalurg“, “Maksam-CHirchiq“ meddalar uchun kurashadi deb o‘ylayman.

—Futzaldagi ortda qolgan 3 yil mobaynida turli murabbiylar bilan birga ishladingiz. O‘z o‘yiningizdan qoniqish hosil qilmagan, tushkun holatlar ham bo‘lganmi? O‘sha pallada, ko‘proq qaysi mutaxassisning tavsiya va o‘gitlari sizga qo‘l kelgan?

—Albatta sportda har doim ham siz kutgan natijaga erishavermaysiz, kutilmagan voqealar, tushkun holatlar ham bo‘lib turadi. Shunday vaziyatlardan biri 2017 yilda yuz bergan edi. O‘shanda men Turkmanistonning “Ashxobod“ shahrida, yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tgan osiyo o‘yinlaridan ba’zi sabablarga ko‘ra qolib ketganman. Bu esa menga yomon ta’sir qilgan, chunki bunday katta turnirga borishni, jamoasiga yordam berishni har bir sportchi xohlaydi. O‘shanda, hatto, futzalni tashlashga urinish ham bo‘lgan. Lekin murabbiyim Baxodir aka bunday musobaqalar, katta o‘yinlar hali oldinda ekanligini tushuntirganlar. Tushkunlikka tushmaslik kerakligini aytib, dalda berganlar. Shundan so‘ng xotirjam bo‘lganman.

—Milliy terma jamoadagi birinchi o‘yiningizda hayajon va bosimni qanday yengib o‘tgansiz?

—Milliy terma jamodagi 1 o‘yin Tojikiston termasiga qarshi bo‘lgan. Hayajon bo‘lmagan. Bor e’tiborimni o‘yinga qaratganman. Murabbiylar korsatmalarini bajarganman va o‘sha bahsda gol urishga ham erishganman.

—O‘tgan yili mavsumning eng yaxshi futzalchisi e’tirofi uchun eng kuchli uch nomzoddan biri bo‘lgan edingiz. Bu safar ham o‘z kuchingizni individual natijalarni yaxshilashga qaratasizmi yoki, ko‘proq jamoaviy sovrinlar yutishga?

—Albatta, bu yil ham eng yaxshi futzalchi bo‘lishga harakat qilaman. Biroz qiyin bo‘lsada, nasib qilsa, bunga erishaman. Chunki 1 turni o‘tkazib yuborganman. O‘ylashimcha futzalda eng yaxshi futzalchi bo‘lish uchun ko‘plab gollar urish va to‘purar bo‘lish kerak. Nasib bo‘lsa bu yil ham, eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatib, jamoa uchun sovrinlar yutishga harakat qilaman.

—Xabardormizki, shu kunlarda milliy terma jamoamiz “Eron“ termasiga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi. O‘yin oldidan raqiblarimiz forslar va umuman, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik borasidagi fikrlaringiz?

—“Eron“ terma jamoasi haqida gapiradigan bo‘lsak, ular nafaqat Osiyoda tengsiz, balki jaxonda ham o‘z o‘rniga ega terma jamoalardan biri hisoblanishadi. Ha, ularning biz bilan 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi bor. Lekin biz ham maydonga taslim bo‘lish uchun tushmaymiz. Garchi bu o‘rtoqlik bahsi bo‘lsa ham, o‘z uyimizda borimizni berib harakat qilamiz. Shuningdek bu galgi Osiyo chempionatida ham yaxshi qatnashib, yuqori o‘rinlarni olishni niyat qilganmiz. Buning uchun bir qancha futzalchilar, murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Ishonamanki, biz ko‘proq ishlab, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lamiz.

—Kelgusidagi rejalar, orzularingiz bilan ham o‘rtoqlashsangiz.

—Avvalo, vaqt oliy hakam, kelgusida nasib bo‘lsa, Osiyodan takliflar bo‘lsa, legionerga aylanib, albatta, boshqa, kuchli chempionatlarda to‘p tepishni, ko‘plab sovrinlar yutishni maqsad qilganman.

—Mazmunli suhbat uchun rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz!

—Rahmat!

Dadajon FOZILJONOV suhbatlashdi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:47, 07.10.2020. O'qildi: 5369 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.