Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: «AGMKni mag‘lub etish uchun o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak edi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A

Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – AGMK bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bugungi uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugungi raqibimiz nomdor va tajribali jamoa edi. Ularni mag‘lubiyatga uchratishimiz uchun o‘zimizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazishimiz kerak edi. O‘ylaymanki, yigitlarimiz buni uddalashdi. Buning uchun yigitlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Qo‘l ostimdagi futbolchilarim bilan faxrlansa bo‘ladi. Shu yigitlar bilan birga ishlayotganimdan xursandman. Muxlislarga ham rahmat aytishimiz lozim, stadionga kelgan va oynaijahon orqali kuzatgan ishqibozlar o‘yindan zavq olishdi deb umid qilaman. Futbolchilar o‘z darajalarida to‘p tepishdi. Albatta, qaysidir vaziyatda bizga omad kulib boqdi, qaysidir vaziyatda esa raqibga. AGMK jamoasi ko‘proq standart vaziyatlarda havfliroq ko‘rindi. Biz bunga tayyor edik. G‘alabaga munosib harakat qildik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik»,— deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

— «Nasaf» ochiq futbolni yaxshi ko‘radigan jamoa. Biroq, himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarga qarshi bahslarda qiynalmoqda...
— «Buxoro» bilan o‘yinda qiynaldik. «Mash’al» ham himoyada o‘ynagan edi. Shunga qaramasdan to‘rtta gol urishga erishdik. «Buxoro» bilan o‘yinda vaziyatlardan gol urganimizda boshqacha bo‘lardi. Bu o‘yinlar ortda qoldi. Keyingi uchrashuvlarni o‘ylashimiz kerak. G‘olib G‘aybullayev bugun betobligi sabab ishtirok eta olmadi.

— Jamoaning navbatdagi ikki turda neytral maydonda o‘ynashi haqidagi gaplarga munosabatingiz?
— Yo‘q, neytral maydonda o‘ynamaymiz. Dastlab Bekobodga boramiz va «Qo‘qon-1912»ni uyda qabul qilamiz. Faqat oxirgi to‘rtta tur neytral maydonda o‘tishi haqida taklif bor.

— G‘alabadan so‘ng ko‘nglingiz to‘lmagan shogirdlaringiz bo‘ldimi?
— Yutuqdan keyin barcha narsani esdan chiqarib yuborasiz. Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman.

— Bobur Abdixoliqov to‘pni qabul qilib olishda ko‘p bor xatolarga yo‘l qo‘ydi. Shunga qaramasdan uni 80 daqiqaga yaqin o‘ynatdigiz. Husayn Norchayevga kam imkoniyat berilmayaptimi?
— Boburni tanqid qilsak biroz noto‘g‘ri bo‘ladi. O‘z gollari bilan jamoamizga katta foyda keltiryapti. Uni to‘g‘ri tushunishimiz kerak, barcha o‘yinlarda to‘liq harakat qilmoqda. Ko‘p yuklamalar olyapti. Shu bois bugun tetik ko‘rinmagan bo‘lishi mumkin. Norchayev hali yosh, tajribasini oshirishi kerak.

— «Nasaf» ikki yildan beri OFK lisenziyasini ololmayapti. Bu degani jamoa xalqaro maydonda ishtirok eta olmaydi. Bu muammolar qachon bartaraf etiladi?
— Bizda hech qachon bunday muammo bo‘lmagan edi. Barcha sharoitlari bor jamoani hujjatlarini to‘g‘rilab bera olmaslik o‘zim uchun kutilmagan holat bo‘ldi. «Nasaf» har doim lisenziya hujjatlarini birinchi bo‘lib topshirgan. Balki, bu savol menga emasdir. Hech qachon bu borada kamchilik bo‘lmagan. Jamoamizda barcha sharoitlar yaratilgan.

G‘alabaga barcha o‘z hissasini qo‘shdi. Oybek Bozorovda jarohati bor edi. Husniddin Aliqulov bugun qanday o‘ynaganini ko‘rdinglar. Barchani g‘alaba bilan yana bir bor tabriklayman.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 02:36, 22.10.2020. O'qildi: 2366 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
4 Чехия Ladislav Kreychi 1
5 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
6 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
7 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик