Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi 7 yildan beri ushbu natijani ilk bor qayd etdi - hafta sarhisobi raqamlarda

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan haftada qayd etilgan ayrim e’tiborga molik holatlarning raqamlar va statistikalar bilan bog‘liq ba’zi jihatlariga e’tiboringizni qaratamiz.

 

Tomas Myuller (548)

"Bavariya" o‘z faxriy futbolchilari ko‘magida ildamlashda davom etadi. Ayniqsa, bu klubning ayrim tezkor va iste’dodli liderlari tarkibda yo‘q payti bu jixat juda ham sezilib qoladi. Bugungi kunda o‘sha missiyani to‘laqonli bajarib kelayotgan futbolchilardan biri bu shubhasiz, Tomas Myuller. Shanba oqshomida myunxenliklar "Kyoln" maydoniga safar uyushtirib, minimal hisobda g‘alabaga erishishdi. Mehmonlar tarkibidagi hisobni ochgan golga ham aynan germaniyalik xavbek mualliflik qilgan. Goldan ham ko‘ra qiziqroq tomoni, Myuller o‘sha kuni jamoasi safida umumiy 548-o‘yinini o‘tkazdi. Tomas ushbu ko‘rsatkichi bilan klub afsonasi Hans-Georg Shvarsenberkni ortda qoldirdi. Endi bu borada yaqin o‘tmish ichidagi undan oldinroqda faqat bir futbolchi qolyapti. Mashhur afsona Gerd Myuller "qizillar" libosida allaqachon 565 ta bahsni o‘tkazgan bo‘lib, ayni damda ushbu ro‘yxatni boshqarib turibdi. Agar Myullerlarning kichigi hozirgi tempida davom etadigan bo‘lsa, u klub to‘purari rekordini tez orada yangilab qo‘yishi ham hech gap emas.


Marselo Galyardo (300)

O‘tgan hafta davomida yubiley o‘yinlar soni yetarlicha ko‘p qayd etildi. Argentina oliy divizionidagi "River Pleyt" klubi barchaga yaxshi tanish bo‘lgan nom. Mamlakatning bayroqdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Ichki chempionat doirasida kecha "Rosario"ga qarshi bahs olib borgan ushbu klub yakunda minimal hisobda g‘alaba qozonishga erishdi. O‘sha kuni jamoani maydonga olib chiqqan bosh murabbiy Marselo Galyardo esa "millionerlar" postidagi o‘zining yubiley 300-o‘yinini o‘tkazdi. Qayd etish kerakki, argentinalik mutaxassis "Riverp Pleyt"ni 2014 yildan beri boshqarib kelmoqda va bu vaqt oralig‘ida u 157 ta uchrashuvda o‘z raqiblaridan ustun kelgan.

 

Harri Keyn (200)

Keyn uchun o‘tgan hafta to‘laqonli uning benefisiga aylanib ketdi desak yangilishmaymiz. Ichki chempionat va xalqaro maydonlarda o‘zini ko‘rsatishda davom etib kelayotgan angliyalik futbolchi yaqin kunlar oralig‘ida bir nechta shaxsiy rekordlarni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Yevropa Ligasi bahslari doirasida "Ludagorets" maydoniga safar uyushtirgan "shporlar" safida Keyn darvozani ishg‘ol etishga erishdi va bu gol uning uchun safar bellashuvlarida kiritilgan yubiley 100-gol sifatida qayd etildi. Ma’lumot uchun Harri Razgraddagi bahsda "Tottenhem" libosidagi o‘zining 300-o‘yinida maydonga tushgan edi. Keyn kamdan kam futbolchi muvaffaqiyatli uddalay oladigan 9 lik hujumchi hisoblanadi. Unda golni his eta olish qobiliyati mukammal shakllangan. Joriy mavsum start olgandan buyon deyarli har bir uchrashuvning golli vaziyatlarida u muntazam qatnashib keladi. Jumladan, kecha Premyer-liga bahsi doirasida angliyalik forvard "Vest Brom" darvozasini so‘nggi daqiqalarda ishg‘ol etib jamoasini muhim 3 ochko bilan ta’minlab berdi. Bu gol uning uchun "Tottenhem" libosidagi umumiy 200-muvaffaqiyatli zarba hisoblanib, Keynni klub tarixidagi 3-to‘purarga aylantirdi.

 

Serxio Ramos (100)

Yuqorida aytib o‘tilganidek, klubning faxriy futbolchilari yoshlari o‘tgani sayin jamoasi tarkibidagi rollarini shuncha oshib boraveradi. Jumladan Ramos ham. "Real" uchun joriy mavsum biroz kutilmagan tarzda anchayin og‘ir ruhda kechmoqda. Ichki chempionatda bazo‘r yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan madridliklarning YECHLdagi ishlari juda havas qilarli darajada emas. Chorshanba oqshomida "Inter" bilan bahs olib borgan "qaymoqranglilar" katta qiyinchilik bilan raqiblarini taslim etishdi. Uchrashuvda ispaniyalik himoyachi jamoasining muhim gollaridan biriga mualliflik qildi va bu zarba uning uchun "Real" safidagi umumiy 100-gol xisoblanadi. O‘shandan keyin Ramos butun o‘yin davomida sheriklarini yetarlicha qo‘llab quvvatlagani holda yubiley golining chiroyli natija bilan muhrlanib qolishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

 

Borussiya M (26)

Bu mavsum YECHLning kashfiyotiga aylanib borayotgan Myunxengladbaxning "Borussiya"si ko‘rsatayotgan o‘yini bilan ko‘pchilikda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Garchi "o‘lim" guruhlaridan biga tushib qolganiga qaramay, nemis klubi grand jamoalarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatayotganiga hamma birdek guvoh bo‘lmoqda. Lekin, o‘tgan turda klub guruh autsayderi deya e’tirof etilgan, jadvalda esa birinchi pog‘onani band etib turgan "Shaxtyor" bilan bahs olib bordi. Raqibini ko‘rdim demay o‘tib ketgan "Borussiya" Donetskda mezbonlar darvozasiga javobsiz 6 ta gol yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natija nemis klublarining ukrain jamoalariga qarshi mehmonda qayd etib kelgan eng yirik natijasi hisoblanadi. Oxirgi marta bundan 28 yil muqaddam Myunxenning "Bavariya"si Kiyevda 4:1 hisobida zafar quchgan edi. Ta’kidlash joizki, bu mamlakat vakillari xalqaro maydonlarda nemislar uchun eng noqulay raqiblaridan biri hisoblanadi.

 

Lionel Messi (7)

Messi nomi yonidan ushbu raqam joylashtirilganligi ko‘pchilikka g‘alati tuyulsa kerak, albatta. Lekin bu holating ostida yetarlicha asoslar yotadi. Argentinalik yulduz o‘tgan tur "Betis" bilan kechgan bahsda dubl qayd etgan holda jamoasining g‘alabasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Qiziq tomoni, Messi ushbu gollarni zaxira o‘rindog‘idan maydonga tushgach, amalga oshirgan. Muxlislar yaqin yillar oralig‘ida bunday holatning guvohi bo‘lishmagan edi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Leo o‘yinni asosiy tarkibdan boshlamagan paytlari urgan oxirgi goli bundan 7 yil avval sodir bo‘lgan. Tasodifni qarangki, o‘shandayam "ko‘kanorranglilar"ning raqibi aynan "Betis" jamoasi edi. Messi uzoq yillik faoliyati davomida gol urgan bahslarining atigi 5 tasini zaxira o‘rindig‘idan boshlagan.

 

Karlos Soler (3)

"Valensiya" nihoyat, o‘ziga kelayotgandek taassurot uyg‘otmoqda. Kecha "Real" yirik hisobda tor-mor etilgan oqshom Karlos Soler shubhasiz, o‘tgan hafta qahramonlaridan biriga aylandi. "Ko‘rshapalaklar"ning bir goliga Varan "yordamlashib" yuborgan bo‘lsa, qolgan 3 ta gol aynan Soler hisobiga yozildi. Qiziq tomoni, ispaniyalik hujumchi gollarining barchasini 11 metrlik nuqtadan amalga oshirgani bilan tarixga kirdi. Bungacha asrimiz davomida hali birorta bahsda bitta o‘yin davomida 3 marta penalti belgilanmagan edi.

 

Yusuf Yaziji (1)

Turkiyalik ushbu futbolchi "Lill"ning rosmana birinchi raqamli lideriga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, Yevropa ligasi doirasidagi bahslarda ko‘rsatayotgan super o‘yinlari turli ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Yakuniga yetgan haftada Yaziji ikkita katta voqelik bilan futbol tarixidan joy oldi. Fransiya klubi YL 3-turida San-Siroga tashrif buyurdi va yirik 3:0 hisobida zafar quchganidan xabaringiz bor. "Lill"ning ushbu muhim g‘alabasi "Milan"ning 24 uchrashuvdan beri davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham bergan bo‘lsa, mehmonlar safida "xet-trik"ni rasmiylashtirgan turkiyalik futbolchi o‘sha kuni barchaning diqqat markazida bo‘ldi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Yaziji xalqaro maydonlarning safar qismida 2 bor "xet-trik" yo‘llagan birinchi futbolchiga aylanib oldi. Bundan avval u "Sparta" darvozasiga 3 ta to‘p kiritgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 09.11.2020. O'qildi: 8637 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.