Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajak elitasi: Chempionlar Ligasida to‘p suradigan eng qimmat yosh futbolchilar

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chempionlar Ligasi 2020/21 yilgi mavsumi guruh bosqichi o‘z ekvatoriga yaqinlashib bo‘ldi. Shunday ekan, allaqachon oraliq natijalarni sarhisob qilish, jamoalar va ularning ijrochilarini baholash mumkin. Demak, quyida Yevropaning eng nufuzli musobaqasida o‘z klublariga yordam berayotgan eng yosh (21 yoshgacha) va qimmat (Transfermarkt’ga ko‘ra) futbolchilar haqida hikoya qilamiz. Ularning aksariyati esa allaqachon o‘z jamoasining ajralmas bir bo‘lagiga aylangan.

Darvozabon

Kel Sherpen, «Ayaks» (20 yosh, 2,2 million yevro)



Sherpen – «Emen» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh darvozabon 2019 yilning iyul oyida «Ayaks» safiga kelib qo‘shilgan. Hozirda Kel Amsterdam klubidagi ikkinchi darvozaboni maqomi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Andre Onana jamoani tark etgach u «Ayaks»ning asosiy darvozaboniga aylanishi kutilmoqda. Uning Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilgani ham bunga misol bo‘la oladi. Shunday ekan, Kel ertami, kechmi baribir Chempionlar Ligasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Himoyachilar

Nyanzu Kuassi, «Bavariya» (18 yosh, 11 million yevro)



Kuassi «Ayaks»dagi hamkasbi singari, hozircha o‘z imkoniyatini kutmoqda. Fransuz hali «Bavariya» safida Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazmadi, biroq bu turnir unga aslo begona emas. O‘tgan mavsumda futbolchi PSJ safida Chempionlar Ligasi bahslarida bir necha o‘yinlarda qatnashgandi. Axir bejizga uning transfer narxi 11 million yevro emas-ku. «Bavariya» himoyachilari bilan doimiy ravishda g‘ayrioddiy nimadir sodir bo‘layotganini hisobga olib, Kuassining tez orada o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari, u endigina 18 yoshda bo‘lishiga  qaramay, PSJning asosiy jamoasida naq 905 daqiqa o‘ynagan.

Erik Garsiya, «Manchester Siti» (19 yosh, 20 million yevro)



Garsiya yozgi transferlar oynasining bosh qahramonlaridan biri bo‘ldi. O‘zi tarbiyalangan «Barselona» haqiqatan ham yosh himoyachini o‘z safiga qaytarishni xohladi. Biroq yakunda klublar kelisha olmadi, shunga qaramay, ispaniyalik futbolchining yanvar oyida vataniga qaytish ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda. Garsiya Chempionlar Ligasining amaldagi mavsumida bitta o‘yinda ishtirok etdi («Portu»ga qarshi o‘yinda). To‘g‘ri, Gvardiola uni Yevropaning eng nufuzli musobaqasida ko‘p ham o‘ynatayotgani yo‘q, biroq bu uning (hozircha) salohiyatiga zarracha ham shubha uyg‘otmayapti. Ko‘pchilik mutaxassislar buni futbolchining amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgani bilan bog‘lamoqda. Ehtimol, u «Barselona»da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lar.

Ris Jeyms, «Chelsi» (20 yosh, 30 million yevro)



Jeyms Chemionlar Ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi va bir marta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumdan boshlab Frenk Lempard bu yigitni muntazam ravishda Yevrokuboklar o‘yinlariga jalb etib keladi. Jeyms bor-yo‘g‘i o‘tgan mavsumda asosiy jamoaga qo‘shilgan bo‘lishiga qaramay, Premyer Ligada «ko‘klar»ning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisidan katta umidlar kutayotgani sezilib turibdi.

Alfonso Devis, «Bavariya» (19 yosh, 80 million yevro)



«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi o‘tgan mavsumning tom ma’nodagi yulduziga aylandi. U «qizil mashina» tarkibida treblga erishdi va barcha turnirlar, shu jumladan, Chempionlar Ligasida ham juda foydali harakat qildi (8 ta o‘yin 4 ta golli pas). «Bavariya» esa yangi va yosh yulduziga «sovchilar» chiqmasidan u bilan shartnomani qayta ko‘rib chiqishga shoshildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini bir yilning ichida 10 million yevrodan 80 million yevroga ko‘tardi.

Yarim himoyachilar

Eduardo Kamavinga, Renn (18; 50 million evro)



O‘tgan mavsumda Kamavinga «Renn»ni Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga olib chiqqan futbolchilardan biri bo‘ldi. Hozircha yarim himoyachi faqatgina bitta o‘yinda maydonga tushdi. U jarohati tufayli jamoasining Chempionlar Ligasidagi qolgan o‘yinlarida ishtirok eta olmadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, u ichki chempionat bahslarini ham o‘tkazib yubormoqda. «Renn» hozircha o‘z tarbiyalanuvchisiga katta umid bildirmoqda. Garchi, «qirollik klubi»ning moliyaviy ahvoli yaxshilanishi bilanoq, yosh fransuz Ispaniyaga yo‘l olishi aniq bo‘lsa-da, «Renn» «Real»ning takliflarini rad etib kelmoqda.

Fil Foden, «Manchester Siti» (20 yosh, 60 million yevro)



Xosep Gvardiola Foden kelajakda «Manchester Siti»ning yulduziga aylanishiga ishonmoqda. Mutaxassis yosh ingliz yigitiga shu darajada ishonadiki, uni ushbu mavsumda deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushirmoqda. Fil «shaharliklar»ning Chempionlar Ligasidagi barcha o‘yinlarida qatnashdi. Gvardiola uni turli pozisiyalar: markaziy, hujumkor va o‘ng qanot yarim himoyachisi bilan bir qatorda vinger va markaziy hujumchi sifatida ham sinab ko‘rmoqda. Aynan ushbu o‘zgaruvchanlik Fodenni hozirgi paytda eng qimmat yosh futbolchilardan biriga aylantirgan.

Ansu Fati, «Barselona» (18 yosh, 80 million yevro)



Fati hozirda «Barselona»ning eng qimmat aktivlaridan biridir. U 17 yoshidayoq shunday natijaga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklarning kadrlar bilan bog‘liq muammolari yosh vingerga o‘zini ko‘rsatishga imkon berdi. Ispaniyalik futbolchi muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, shu bois u allaqachon asosiy tarkibda barqaror o‘ynab kelmoqda. Fati Chempionlar Ligasida juda foydali harakat qilmoqda.

Futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning Chempionlar Ligasidagi barcha (3 ta) uchrashuvlarida golli uzatmani amalga oshirdi. «Ferensvarosh»ga qarshi o‘yinda esa gol ham urdi. Ammo jarohati sabab Fati endi jamoasi pley-off bosqichiga chiqsagina Chempionlar Ligasida o‘ynashi mumkin.

Jeydon Sancho, «Borussiya D» (20 yosh, 117 million yevro)



Sancho o‘z yosh toifasining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. «Borussiya» vingeri uzoq vaqtdan beri «Manchester Yunayted»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib kelmoqda. Biroq «arilar» futbolchini osonlikcha qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Sancho Chempionlar Ligasida 2 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta o‘yinda gol urdi. Hozircha qanot hujumchisi unchalik samarali harakat qilmayapti, ammo hech kim futbolchining mahorati va iste’dodiga shubha qilmaydi. «Manchester» esa hamon uni «Old Trafford»ga olib kelishni maqsad qilmoqda. Biroq «Borussiya»  futbolchini 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Hujumchilar

Joau Feliks, «Atletiko» (20 yosh, 80 million yevro)



2019/20 yilgi mavsum davomida Feliksni tanqid qilmagan odam qolmadi. Yosh hujumchi haqiqatan ham «Atletiko» safidagi birinchi mavsumida esda qolarli biror bir harakatni amalga oshirmadi. Ammo 2020/21 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Hujumchi «Zalsburg»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. La Ligada ham uning ishlari yaxshi ketmoqda. Bundan tashqari, portugaliyalik vaqti-vaqti bilan golli paslar ham berib turibdi. Hujumchi nihoyat yangi jamoasida o‘z o‘rnini topayotgan ko‘rinadi.

Erling Holand, «Borussiya D» (20 yosh, 80 million yevro)



Holand bir necha yildan beri xuddi gol mashinasi kabi harakat qiladi. Uning bu xususiyati kuchaysa, kuchaymoqdaki, aslo susaygani yo‘q. Hujumchi Chempionlar Ligasidagi «Borussiya»ning uch o‘yinida ham gol urdi. «Bryugge»ga qarshi o‘yinda esa norvegiyalik dubl qayd etdi. Holand Sancho bilan birga «Borussiya» eng qimmat o‘yinchilaridan hisoblanadi. Qayd etish joizki, Holand ertami, kechmi baribir klubini o‘zgartiradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» qishda  uni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham Madridda o‘ynashni orzu qilishi aytilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:52, 16.11.2020. O'qildi: 10446 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик