Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 8 20
2 O‘zbekiston 8 17
3 BAA 8 13
4 Qatar 8 10
5 Qirg‘iziston 8 6
6 KXDR 8 2

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Janubiy Koreya 8 16
2 Iordaniya 8 13
3 Iroq 8 12
4 Ummon 8 10
5 Falastin 8 6
6 Kuvayt 8 5

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 8 20
2 Avstraliya 8 13
3 Saudiya Arabistoni 8 10
4 Indoneziya 8 9
5 Bahrayn 8 6
6 Xitoy 8 6

O'tgan o'yinlar.

8-тур Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
8-тур Xitoy 0-2 Avstraliya
8-тур Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
8-тур Indoneziya 1-0 Bahrayn
8-тур Qirg‘iziston 3-1 Qatar
8-тур Eron 2-2 O‘zbekiston
8-тур KXDR 1-2 BAA
8-тур Kuvayt 0-1 Ummon
8-тур Falastin 2-1 Iroq

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 02.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. On-line.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Мёнхенгладбах" - "Байер 04 Леверкузен".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Самсунспор".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место во 2-й Бундеслиге. "Саарбрюккен" - "Айнтрахт Брауншвейг".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Штутгарт".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Айнтрахт Франкфурт".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Самсунспор".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Чемпионат Германии. 1-й стыковой матч за место в Бундеслиге. "Хайденхайм 1846" - "Эльферсберг".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      23:25 LIVE Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место в Бундеслиге. "Эльферсберг" - "Хайденхайм 1846". Прямая трансляция.
      01:30 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Бавария Мюнхен".
      03:30 "Всё о главном". Тимур Арсланбеков.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. Ответный стыковой матч за место в Бундеслиге. "Эльферсберг" - "Хайденхайм 1846".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 02.06.2025

      05:25 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 4 в Рабате, Марокко.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. 1-я рейтинговая группа. Этап в Загребе, Хорватия.
      10:10 Прыжки на батуте. Кубок сильнейших спортсменов в Сириусе, Россия.
      11:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. 75-й мемориал Бориса Ханжековича в Загребе, Хорватия.
      13:25 Стендовая стрельба. Кубок мэра Москвы.
      15:45 "Непобедимый".
      16:10 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      16:55 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Женщины. Прямая трансляция.
      18:40 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Норвегии. Мужчины. Команды. HS 138.
      20:15 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 1 на автодроме "Moscow Raceway".
      20:45 "Лучшие из лучших".
      21:10 Борьба. 1-я рейтинговая группа. Этап в Загребе, Хорватия.
      23:30 "География спорта". Мытищи.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 "Непобедимый".
      02:05 "Когда-нибудь я выиграю гонку". Специальный репортаж.
      02:25 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Женщины.
      04:15 Д/ф "Лев Яшин - номер один".
  • MATCH-TV
    • Sana: 02.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Регби. Pari Чемпионат России. "ВВА-Подмосковье" (Монино) - "Локомотив-Пенза".
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 "Лица страны". Татьяна Волосожар и Максим Траньков.
      12:25 "Вопреки всему".
      13:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Непридуманные истории". Иркутская область.
      16:55 "География спорта". Мытищи.
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. 1/2 финала. "Газпром-Югра" (Югорск) - КПРФ (Москва). Прямая трансляция.
      20:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. Матч за 3-е место. УНИКС (Казань) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 1-й матч. Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Смешанные единоборства. ONE FC.
      03:35 "География спорта". Мытищи.
      04:05 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. 75-й мемориал Бориса Ханжековича в Загребе, Хорватия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 02.06.2025

      06:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Нове-Место, Чехия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 1.
      10:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Солт-Лейк-Сити, США. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      10:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 2 в Монако. Гонка.
      11:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 1.
      13:00 Велоспорт. Женщины. Тур Бургоса в Испании. Этап 4. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Обзор.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Нове-Место, Чехия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:00 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 2. Прямая трансляция.
      02:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Нове-Место, Чехия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      03:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 15. Фьюме-Венето - Азиаго.
      04:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denis Toymensov: «Maqsadimiz – «Navbahor»ning asosiy tarkibiga iqtidorli futbolchilarni yetkazib berish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

“Navbahor U-21” yoshlar jamoasi U-21 Birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti va ayni paytda ushbu musobaqaning 22-turidan so‘ng 11 g‘alaba, 5 durang hamda 5 ta mag‘lubiyatni qayd etib, 38 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida 4-pog‘onani egallab turibdi.

Albatta, yoshlar jamoamizning mazkur zafarida murabbiylar shtabi, jumladan, Denis Toymensovning munosib hissasi bor. Ushbu mahoratli murabbiyni muxlislarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida, Denis Toymensovdan intervyu oldik.  

– Denis, suhbatimizni U-21 Birinchiligining joriy mavsum bahslari borasidagi  fikrlaringiz bilan boshlasak. Bu yilgi musobaqa qanday o‘tyapti?

- Bu yilgi U-21 Birinchiligi juda kuchli va qiziqarli tarzda kechyapti. Jamoamiz ham mazkur chempionatda munosib ishtirok etishga harakat qilmoqda.

Shu yilning boshida klub rahbariyati, jumladan, aka-uka Otabek va Oybek Samatovlarning tashabbusi hamda sa’y-harakatlari bilan mahoratli yosh murabbiy Sherzod Jo‘rayev bilan birgalikda “Navbahor – U-21”ning bu yilgi o‘yinlari oldidan yoshlar jamoamizda o‘ynash uchun viloyatimizdagi ko‘plab futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdik hamda ularning ichidan eng iqtidorli va mahoratlilarini tanlab oldik.

Bu esa o‘z mevasini beryapti va ayni paytda yoshlar jamoamiz U-21 Birinchiligining turnir jadvalida 4-pog‘onani egallab turibdi.

Ta’kidlash joizki, joriy mavsumda jamoamiz hali o‘z maydonida hech qaysi jamoaga imkoniyatni boy bermadi. Aksincha, Namangandagi bahslarda U-21 Birinchiligining kuchli jamoalari bo‘lgan “Paxtakor” (14-tur, 2:0) hamda “Nasaf” (17-tur, 3:2) klublarining yoshlar jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik.

Shuningdek, bu yil U-21 yoshlar jamoamizdagi bir qator futbolchilar, jumladan, Husayn Ergashboyev, Sherzod G‘ulomjonov, Doston Abdulhayev hamda Mirzohid Mirzamahmudov “Navbahor”ning asosiy tarkibida o‘z debyutlarini nishonlashga muvaffaq bo‘lishdi va ayni paytda asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari, yoshlar jamoamiz darvozabonlari - Islomjon Abdullaxonov hamda Ulug‘bek Egamberdiyev, yarim himoyachi – Jamoliddin Bahromov ham asosiy tarkib a’zolari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, bir qator shogirdlarim, jumladan, Islomjon Abdullaxonov, Sodiqjon Ortiqov va Ulug‘bek Aknazarov Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston – U-19 yoshlar terma jamoasiga nomzod hisoblanishadi.

Aknazarov ushbu terma jamoaning so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, jumladan, Tojikistondagi yig‘inida ham ishtirok etdi.

Maqsadimiz – “Navbahor”ning asosiy tarkibiga iqtidorli futbolchilarni yetkazib berish hamda buni amalga oshirish uchun jamoamiz murabbiylar shtabi bilan birgalikda qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz.

O‘z navbatida ta’kidlash joizki, “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasida oldin mahoratli yosh murabbiy Sherzod Jo‘rayev bilan birga faoliyat olib borgandim. Keyinchalik Jo‘rayev “Navbahor”ning asosiy tarkibi murabbiylar shtabidan joy oldi. Hozir ham Sherzod aka menga o‘z maslahatlarini berib turibdi.

Shuningdek, ayni paytda yoshlar jamoamizning murabbiylar shtabida  bir paytlari o‘zimga ustozlik qilgan murabbiy Ravil Galeev hamda “Navbahor”ning sobiq futbolchisi, standart vaziyatlarni ajoyib tarzda amalga oshirgan, yosh murabbiy Alisher Mahmudov bilan birga faoliyat yurityapman.

Alisher aka mashg‘ulotlarda jamoamiz futbolchilariga standart vaziyatlardan samarali tarzda foydalanishni o‘rgatmoqda. Bu esa o‘z samarasini berib, kuchli zarbaga ega bo‘lgan mahoratli yarim himoyachi Sherzod G‘ulomjonov U-21 Birinchiligi bahslarida 4 ta golni aynan jarima zarbasidan urdi.

Qisqasi, yoshlar jamoamizning muvaffaqiyatlarida menga yaqindan yordam berayotgan Ravil Galeev va Alisher Mahmudovning ham munosib hissalari bor.

Fursatdan foydalanib, yosh murabbiy bo‘lishimga qaramay, menga yoshlar jamoasini boshqarishda  ishonch bildirgan klub rahbariyati, jumladan, aka-uka Otabek va Oybek Samatovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularning ishonchlarini oqlash maqsadida, o‘z ustimda izlanyapman, “Navbahor” murabbiylari, jumladan, No‘’mon Hasanovdan maslahatlar olib turibman.

O‘zim ham yangi yilda murabbiylik sohasi bo‘yicha “A” lisenziyasiga ega bo‘lish uchun o‘qiyman. Bu sohaga pog‘onama – pog‘ona kirib kelganman. Avval “S”, keyin esa “V” lisenziyasi bo‘yicha tahsil oldim.

Qisqasi, murabbiylik sohasini to‘liq o‘rganish uchun yanada izlanmoqchiman, o‘z ustimda ishlamoqchiman.

Umid qilamanki, kelasi mavsumda “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasidan asosiy tarkib uchun bu yilgidan ham ko‘proq iqtidorli va mahoratli futbolchilar yetishib chiqishadi.

- Joriy mavsumda “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi kuchli uchlikdan o‘rin oladimi?

- O‘zingizga ma’lum, ayni paytda yoshlar jamoamiz U-21 Birinchiligining 4-pog‘onasida bormoqda. Uchinchi pog‘onadagi “Nasaf” jamoasidan 8 ochko kam jamg‘arganmiz. Ayrim bahslarda kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olmadik. Masalan, U-21 Birinchiligining 22-turida Navoiyda “Qizilqum” jamoasi yoshlari ustidan g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, lekin yakunda durangga erishdik (1:1).

Oldinda U-21 Birinchiligining yana 4 ta o‘yini bor hamda o‘sha bahslarda ijobiy natijalarni qayd etib, yakunda kuchli uchlikdan joy olish niyatimiz bor.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, klub rahbariyati, jumladan, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatov tomonidan jamoamizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning evaziga yoshlar jamoamiz musobaqada  ijobiy natijalarni qayd etmoqda, ta’kidalaganimdek, 4 nafar futbolchimiz asosiy tarkibda debyut qildi.

Mana, kuni kecha sobiq “Sport” mehmonxonasi binosi Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti   Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqovning tashabbusi bilan “Navbahor”ning farm va U-21 yoshlar jamoalari uchun qarorgoh (baza)ga aylantiriladigan bo‘ldi.

“Navbahor” klubi vise-prezidenti Otabek Samatov esa tashkil etiladigan yangi qarorgoh barcha zamonaviy talablarga talab beradigan holatda  ta’mirlanib, yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, futbolchilar  uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

Ushbu xabar meni juda quvontirdi. Fursatdan foydalanib, yoshlar jamoamizni qo‘llab – quvvatlayotgan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Samatovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va keyingi mavsumlarda yoshlar jamoamizdan “Navbahor”ning asosiy tarkibida o‘ynaydigan ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishadi, degan umiddaman.

– U-21 Birinchiligining Toshkentda markazlashgan holda o‘tkazilgan 10-13-turlar bahslarida yoshlar jamoamiz 4 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozonib, bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda, ya’ni, AGMK yoshlariga imkoniyatni boy berdi, xolos (2:5). Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar jamoamiz neytral maydondagi  o‘yinlarda 9 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘sha uchrashuvlarga shogirdlaringizni qanday ruhlantirdingiz?

– Murabbiylar shtabi bilan birgalikda yigitlarga har bir o‘yindan oldin kerakli ko‘rsatmalarni beramiz. Uchrashuv yakunlanganidan keyin esa ularga qayerda kamchilikka yo‘l qo‘yishganini tushuntiramiz.

Balki shuning uchun Toshkentdagi musobaqada yaxshi ishtirok etgandirmiz? Biroq ushbu turnirda yuz foizlik natijani ham qayd etishimiz mumkin edi. Biroq o‘yinlar oralig‘i qisqaligi bizga pand berdi.

11 – turdagi “Mash’al” yoshlariga qarshi kechgan o‘yinda ayrim yetakchi futbolchilarga dam berish lozim edi. Shunda AGMK yoshlarini ham mag‘lubiyatga uchratgan bo‘larmidik?

Bundan kerakli xulosa chiqarib, keyingi bahslarda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka intildim.

- Denis, ko‘pchilik muxlislar siz haqingizda kam ma’lumotga ega. Shu bois, murabbiylik sohasiga qanday kirib kelganingiz borasida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz...

- Bolaligimda “Navbahor” futbol maktabida tahsi olganman. Mazkur maktab tarbiyalanuvchilari “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida mashg‘ulotlar olib borishardi. Futbolchilikdagi birinchi ustozim esa ta’kidlaganimdek, ayni paytda men bilan yoshlar jamoasida birga faoliyat olib borayotgan Ravil Galeev.

Futbolchilik faoliyatim davomida “Navbahor”ning o‘rinbosarlar tarkibida 4-5 yil o‘ynaganman. Keyin esa o‘sha paytda birinchi ligada ishtirok etgan “Chust” va “Yangiyer” jamoalarida to‘p surganman.

So‘ngra, murabbiylik sohasida tahsil olib, “Navbahor - Umid” futbol maktabi va Namangan olimpiya zaxiralari kollejida faoliyat olib bordim. O‘tgan yili “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasiga taklif etishdi hamda o‘shandan buyon mazkur jamoada faoliyat olib boryapman.

- U-21 Birinchiligi yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 4 ta tur qoldi. Ortda qolgan bahslarda siz uchun qaysi o‘yin eng alamli bo‘ldi?

- Safarda “Metallurg” yoshlari (6-tur, 1:3) bilan bo‘lgan o‘yin. O‘sha bahsda shogirdlarim  2 ta penaltini amalga oshira olishmagandi. Natijada 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandik.

- Joriy mavsumda siz uchun qaysi o‘yinlar eng esda qolarli bo‘ldi va yaxshi taassurot qoldirdi?

- O‘z maydonimizda “Paxtakor” va “Nasaf” yoshlariga qarshi kechgan bahslar menda yaxshi taassurot qoldirgan.

Garchi mazkur o‘yinlarda zafar quchgan bo‘lsak-da, o‘sha g‘alabalarga qiyinchilik bilan erishganmiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Futbolda ishqibozlarning o‘rni katta ahamiyatga ega. Muxlislar futbolchilarga qo‘shimcha ruh va motivasiya bag‘ishlashadi hamda ular maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushishadi.

Ishqibozlardan “Navbahor”ning asosiy hamda yoshlar jamoalarini doimo qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolaman.

Baxtimizga muxlislar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin!

Bizning ma’lumot

Denis Toymensov – 1988 yil, 27 sentyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan. Futbol bilan 8 yoshidan buyon shug‘ullanadi.
Ampluasi – himoyachi.
O‘ynagan jamoalari: “Navbahor” (Namangan, o‘rinbosarlar) – 2006 – 2009 yillar, 2010 yilning 2-davrasi, “Chust” (Chust, 2010 yilning 1-davrasi), “Yangiyer” (Yangiyer, 2011 yil).
Namangan Davlat Universitetining “Jismoniy tarbiya” fakultetini tamomlagan.  
2012 yildan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
2019 yildan “Navbahor – U - 21” yoshlar jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Oilali, bir farzandning otasi.
Muxlislik qiladigan jamoalari: “Spartak” (Moskva) va “Barselona” (Ispaniya).
Ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inyestaning o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtiradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:05, 19.11.2020. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Қатар Almoyez Ali 5
2 Иордания Yazan an-Naymat 5
3 Эрон Muhammad Muhibiy 5
4 Кувайт Yusuf Nossir 5
5 БАА Fabio Lima 5
6 Эрон Mehdi Taremiy 4
7 Ироқ Ayman Hussayn 4
8 Эрон Sardor Azmun 4
9 Япония Koki Ogava 4
10 Ўзбекистон Abbos Fayzullayev 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.