Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • 0:1
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Espanyol
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Selta
  • AFC U-23
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • 1:0
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • 1:1
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Napoli 19 39
4 Roma 20 39
5 Yuventus 19 36
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 19 22
14 Parma 19 21
15 Kalyari 19 19
16 Lechche 19 17
17 Jenoa 19 16
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MLSda komediya! «Hakam qovun tushirdi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz MLS da bo‘lib o‘tgan ajabtovur voqea haqida siz bilan fikr almashadi. E’tiborlisi shundaki, ushbu musobaqa hakamlarni futbol qonunlarini unutib qo‘yishdi va 10 daqiqadan so‘ng barchasini o‘nglamoqchi bo‘lishdi. Umuman olganda, qiziqarli syujet hosil bo‘ldi.

Biroz o‘zgacha ruhda o‘tayotgan MLS 2020 musobaqasining pley-off bosqichi boshlandi. Endi istalgan jamoa bilan durang o‘ynab uni penaltilar seriyasida musobaqadan chiqarib yuborish mumkin. Masalan, «Orlando» va «Nyu York Siti» o‘rtasidagi bahs ko‘plab muxlislar e’tiborida edi. Avvaliga, Yevropa chempioni Nani hisobni ochdi. Keyin Maksim Shapo vaziyatni tenglashtirdi. O‘yin penaltilar seriyasiga qadar juda qiziq ko‘rinish oldi, ammo penaltilar seriyasida chinakam shou namoyish etildi!

«Orlando» darvozaboni Pedro Galese raqib futbolchisi Valentin Kastelyanosning zarbasini bartaraf etdi va jamoasiga g‘alaba olib berdi. Hisob 4:3! «Orlando» pley-offning birinchi uchrashuvida g‘alaba qozondi va murabbiylar uni nishonlashga tushib ketishdi. Murabbiy Oskar Parexa esa, tribunadagilar tomon o‘zini otdi.

Negadir, hakamlar brigadasi vaziyatni boshqacharoq tomosha qilib turishgan edi. Ular o‘zaro suhbat qurishni boshlab yuborishdi. Ishga VAR aralashdi. «Orlando» futbolchilari hakamga e’tiroz bildirish maqsadida uning oldiga yugurib borishdi, ammo foydasiz.

Keyin bosh hakam Allan Chempmen kutilmagan qarorni qabul qildi. Arbitir hal qiluvchi penaltini bartaraf etgan Galesega kartochka ko‘rsatdi va penaltini qayta amalga oshirishni buyurdi. Gap shundaki, Pedro raqib zarbani ijro etayotganda chiziqni kesib o‘tgan edi. Darhaqiqat, kipper o‘yin qoidasini buzgan edi.

Muammo shundaki, darvozabonda bu paytga kelib bitta sariq kartochka mavjud edi. Hakam ko‘rsatgan sariq esa, o‘z-o‘zidan qizilga aylandi va darvozabonni o‘yindan chetlatdi. Aslida, hakamlarda darvozabonga kartochka ko‘rsatish huquqi mavjud. Ular penaltilar seriyasida chiziqni zarbadan avval kesib o‘tishganida, bunga ruxsat beriladi. Keyinroq MLS rasman bu kartochkaning haqqoniy ekanligini ma’lum qildi. Ular bergan ma’lumotlarga qaraganda, hakamlar 2019/20 yilgi mavsum uchun qabul qilingan qarorlar asosida ish ko‘rishgan. 2020/21 yilgi qoidalarga binoan hakamlar chiziqni kesib o‘tgan futbolchini og‘zaki ogohlantirishlari lozim. Shunday bo‘lsada, ushbu qoidalar mart oyida kuchga kirishi yozib qo‘yilgan. Shunday ekan, hakamlar o‘tgan yilgi qoidalar asosida to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

«Orlando» jamoasida chinakam g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib ketdi. Nima bo‘lganini anglay olmay turgan Galesening oldiga ispan tilida so‘zlovchi Rodrigo Shlegel va Andres Pereyralar etib kelishdi va qo‘lqopni kim kiyishi borasida bahs boshlandi. Bu orada g‘alabani butun stadion bo‘ylab nishonlab yurgan murabbiylar shtabi ortga qaytdi va g‘amgin kayfiyatda o‘yinni tomosha qilishga tushib ketdi.

Parexa Rodrigo Shlegel o‘rniga zaxira darvozaboni Bryus Rouni maydonga tashladi. Bryus hakam oldiga keldi va ikki daqiqa penalti chog‘ida qilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalarni qabul qilib oldi. So‘ng, suv ichdi va o‘z o‘rnini egalladi. Bu orada esa, hakamlar ha deganda zarba yo‘llash uchun «Nyu-York Siti»ga imkon berishmadi. Ular yana VARdagilar bilan bahslashib ketishdi. Zaxiradan tushgan darvozabon esa, Kastelyanosning qayta zarbasini kuta boshladi. Bu orada pauza cho‘zilib ketdi.

Chempman va uning brigadasi juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganini anglab qolishdi. Yaxshiyamki, ularning baxtiga quloqlarida yordamchilarning ovozlari kelib turuvchi moslama bor. Aynan o‘sha moslama yordamida ularga «Orlando» qoidalarga zid tarzda o‘yinchi almashtirgani haqidagi xabar yetib keldi. Gap shundaki, penaltilar seriyasi chog‘ida futbolchi almashtirish mumkin emas, ammo jarohat olgan darvozabonlarni almashtirish bundan mustasno. Maydondagi futbolchilarni almashtirishga ruxsat berilmaydi. Galese jarohat olgani yo‘q, u qizil kartochka bilan maydonni tark etdi. Shunday ekan, bu vaziyat Parexa amalga oshirgan zaxira o‘z kuchini yo‘qotadi.

Vaziyatdan chiqib ketish maqsadida hakam atrofiga butun boshli brigadani to‘plab oldi va uzoq suhbatlashdi. Futbolchilar esa, tushib qolishgan vaziyatini kulib tomosha qila boshlashdi. Uchrashuvni sharhlab borayotgan komentator esa, o‘z so‘zlari bilan hakamni «ko‘mib yubordi».

«Hakam falokatni amalga oshirdi. Menimcha, »Orlando« darvozaboniga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatish kerak emas edi. Boz ustiga, zaxiradan futbolchini maydonga tushirish ham ruxsat bermaslik lozim edi. Bu mavsumning eng xunuk voqeasi bo‘ldi. Bu shunchaki kulgili. Hakam barchasini rasvo qildi.»

Murabbiylar shtabi va «Orlando» futbolchilari hakam qaroridan avvalroq vaziyatni anglab yetishdi va o‘yinchilardan qay biri darvozaga turishi borasida fikr almashishini boshlab yuborishdi.

Hakamlar «majlisi» yakunlangach, Chepmen avvaliga zarbaga ruxsat berdi, keyin esa o‘z qarorini o‘zgartirdi va Bryusni (zaxiradan o‘yinga tushirilgan ikkinchi darvozabon) maydondan chetlatdi.

Bu orada «Orlando» darvozani Rodrigo Shlegelga ishonib topshirishga qaror qildi. 23 oshli argentinalik himoyachi zimmasiga o‘gir vazifa yuklatildi. Anchadan beri asosiy tarkibdan tushib qolayotgan futbolchi klubni qutqarib qolish vazifasi bilan maydonga qaytdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, uning qo‘lqoplarni olishini shaxsan Galese iltimos qilgan ekan. Qizil kartochka olgan darvozabon 23 yoshli himoyachi kuchga to‘la bo‘lgani uchun unga ishonch bildirgan ekan. Shlegel esa, sovuqqonlik bilan yangi ampluaga o‘tdi.

Zarbasini qayta amalga oshirgan Kastelyanos osonlik bilan Rodrigoni aldadi va 4:4! So‘ng, seriya biroz cho‘zilib ketdi. Shlegel 7 zarbani olis pastki burchakdan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, futbolchi bartaraf etgan zarbadan so‘ng, «Orlando» murabbiylari g‘alabani nishonlashga tushib ketishdi. Vaholanki, hali hal qiluvchi zarbani o‘zlari golga aylantirishmagan edi. Hakamlar ularni tinchlantirishgach, «Orlando» futbolchisi hal qiluvchi golni kiritdi va shu bilan komediya o‘z yakuniga yetdi.

O‘yin yakunlanishi bilan, «Orlando» Shlegel nomi tushirilgan futbolkalarni sotuvga qo‘ydi va bir kunda 5 ming nusxasini sotib yubordi. Ushbu voqea ko‘plab muxlislarda kulgi uyg‘otgan bo‘lishi mumkin, ammo hakamlar qo‘mitasi Chempmen va uning brigadasiga qanday jazo qo‘llashi noma’lumligicha qolmoqda. Ko‘plab mutaxassislar ushbu hakamlarni butun umr futboldan chetlatilishini ham talab qilmoqda. Voqealar rivoji esa, kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 22.11.2020. O'qildi: 11178 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Милан Rafael Leau 7
4 Интер Xakan Chalxanoglu 7
5 Интер Markus Tyuram 6
6 Наполи Rasmus Xeylund 6
7 Комо Niko Pas 6
8 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
9 Рома Matias Soule 6
10 Парма Mateo Pellegrino 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.