O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov va Moskvaning «Lokomotiv» klubi o‘rtasidagi shartnomaning bekor qilinishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Jaloliddinovning «Lokomotiv»dagi faoliyati murabbiyga bog‘liq edi. Nazarimda, murabbiy Jasurning klubga yordam berishi mumkinligiga ishonmadi. Ushbu transferda sport maqsadlaridan tashqari yana qandaydir maqsadlar ko‘zlanganmidi yoki yo‘qmi, biror narsa deyish qiyin. U bilan 4 yillik shartnoma imzolandi, uning kelajagi porloq. U bejizga jahonning eng iqtidorli 60 nafar futbolchilariga ro‘yxatiga kiritilmadi.
Shubhasiz, Jaloliddinov «Loko» darajasidagi o‘yinchi. Bunday klub bilan shartnoma imzolagan har qanday futbolchining boshi aylanib, yulduzlik kasaliga chalinishi mumkin. Ammo Jasur — kamtar yigit. U hech narsa ichmaydi, chekmaydi. Unga o‘zini ko‘rsatish uchun shunchaki imkoniyat berishmadi. Ana, Azarning «Chelsi»dan «Real»ga o‘tishini g‘alati transfer, deb atash mumkin.
«Lokomotiv» rahbariyati adashdimi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. O‘ylashimcha, Jasur jamoaga naf keltirgan bo‘lardi. Hozir "Loko"da rahbariyat o‘zgardi. Raykovichning transferini esa g‘alatiroq, deb aytish mumkin», — dedi Abramov.