Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Yillarni qaritgan Messi“ yoxud argentinalik dahoning butun faoliyatiga suratlar orqali nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Lionel Messi - bu futbol dahosi. U eskirgani sari yaxshilanib boradigan sharobga qiyos qilinadi. Argentinalik futbolchi o‘nlab individual va jamoaviy sovrinlarni yutgan va faoliyati davomida ko‘plab rekordlarni yangilagan.

Leo hozir 33 yoshda, ammo shunga qaramay, u hali ham dunyoning eng mashhur va nufuzi baland sportchilari qatoridagi yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Nechadir yillar o‘tadi ammo “millionlar o‘yini“ shaydolari uning ajabtovur harakatlarini eslab, zavqqa to‘lishadi.

Keling bu safar juda ham ko‘p va xo‘p gapirilgan Messining Kataloniyanini tark etishiyu, qaysi jamoa libosini kiyishi mumkinligi haqida emas, Messi deganda Oddiy futbol muxlisining xayoliga eng birinchi keladigan fikrlar, holatlar va voqeyliklar haqida qisqa suhbat quramiz.

Messi yaqinda afsonaviy braziliyalik Pelening bir klub safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordini (Pele 643 “Santos“da)yangiladi. Ayni paytda, argentinalik futbolchi hisobida
“Barselona“ tarkibida kiritilgan 655 ta gol mavjud. Quyida, ushbu ajoyib futbolchining karyerasini o‘nta fotosuratda namoyon qilishga harakat qilamiz.

Messi 1987 yilda Argentinaning Rosario shahrida tug‘ilgan. Otasi po‘lat fabrikasida ishlagan, onasi esa farrosh edi. Besh yoshida Leo otasi murabbiyligidagi “Grandoli“ havaskor jamoasi bilan futbol o‘ynashni boshlaydi. Uch yildan so‘ng esa u “Nyuells Old Boyz“ akademiyasiga ko‘chib o‘tadi.

O‘sha pallada, 13 yoshli iqtidor egasini "Barselona" skautlari payqab qolishdi. Leo Kataloniyaliklarning yoshlar jamoasidagi debyut uchrashuvida poker qayd etdi. Murabbiylar argentinalik futbolchining iste’dodiga qoyil qolishdi va u tez orada "La Masia" tarkibidagi eng muhim o‘yinchilardan biriga aylandi.

17 yoshida Leo “blaugranas“ning asosiy tarkibidan joy oldi. Uning debyuti “Espanyol“ga qarshi Kataloniya derbisida amalga oshidi. Buni qarangki, yosh futbolchi taniqli va tajribali yarim himoyachi Dekuni almashtirdi.

Bir yil o‘tib, kichik Messi kichik shaxsiy yutuq, "Golden Boy" individual sovrinini qo‘lga kiritdi. Ha, bu Yevropaning eng iqtidorli yosh futbolchisi e’tirofi edi. Ovoz berish jarayonida Messi kimsan Ueyn Runi va Lukas Podolskilarni ortda qoldirdi.

2007 yil, mart oyida Messi faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. Tasodifni qarangki, bu hodisa “El-klassiko“ga to‘g‘ri keldi. O‘sha uchrashuv davomida “Barsa“ hisobda uch marta ortda qoldi, ammo Leo har safar o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. “Kamp Nou“ dagi 3:3dan so‘ng Messining hissiyotlariga siz ham sherik bo‘ling:

2008 yil, yozida Messi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan Pekinga yo‘l oldi. Argentina terma jamoasi tarkibida u musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Bir yil o‘tib Leo “Barsa“ bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib, klub miqiyosidagi yana bir yutuqni tantana qildi. O‘sha yilgi, Messi gol kiritgan YECHL finalida ser Aleks Fergyuson boshchiligidagi “Manchester Yunayted“ “ko‘k-anarranglilar“ga bas kela olmagan edi. Darvoqe, ushbu uchrashuv Messi xamda Ronaldu o‘rtasidagi azaliy to‘qnashuvning debochasi sifatida ham esda qolgan.

Yosh hujumchining faoliyati tez sur’atlarda rivojlandi va 2009 yil dekabrda, 22 yoshida u o‘zining birinchi “Oltin to‘p“iga ega chiqdi.

2014 yilda Argentina terma jamoasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatining finaliga qadar yetib bordi. Biroq, afsuski bu turnir Leo uchun yaxshi xotima bo‘lmadi. O‘shanda Argentina Germaniyaga minimal, 0:1 hisobida yutqazdi. O‘yindan so‘ng esa Messi JCHning kumush medalini bo‘yniga ilgisi kelmadi.

Leo gollari bilan ko‘plab jamoalarni bilan xafa qildi, ammo Messining sehrli onlari eng ko‘p "Real"ga qarshi o‘yinlarda ko‘zga ko‘rinar edi. 2017 yil aprel oyida argentinalik Kataloniya klubi uchun 500-golini urdi. Gol urganidan so‘ng hujumchi futbolkasini echib, undagi o‘z nomini butun stadionga ko‘rsatdi. Bu go‘yoki o‘rmondagi sherning qirol kim ekanligiga ishora qilgandagi hayqirig‘iga o‘xshar edi.

Ushbu fotosuratda esa Messining barcha buyukligi aks etgan, desak mubolag‘a bo‘lmas. Oltita “Oltin to‘p“ - bu deyarli hech bosib o‘ta olmaydigan dovon, takrorlab bo‘lmas mutlaq rekorddir, balki?

Leo fenomenal futbolchi deb bahslashishdan foyda yo‘q. Messiga bo‘lgan zar qanday shaxsiy munosabatdan qat’i nazar, biz ushbu buyuk argentinalikning o‘yinini shaxsan kuzatayotganimizdan xursand bo‘lishimiz va shunchaki zavqlanishimiz kerak.

Manba: ISPORT
Kiritildi: 23:54, 21.02.2021. O'qildi: 10836 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик