Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliyada nemischa futbol, yoxud "Liverpul" va "Chelsi" qarama-qarshiligi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Bugun, Agliya Premer Ligasi 29 - turi doirasidagi, eng markaziy uchrashuvlardan biri hisoblangan «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida ketma-ket joylashgan mazkur jamoalar o‘rtasidagi qarama - qarshilikni qiziqarli o‘tishiga hech ham shubha yo‘q. Chunki, oxirgi paytlarda biroz o‘yini chiqmayotgan Klopp shogirdlari va jamoa boshqaruviga yaqinda kelgan Tuxel to‘qnashuvining atrofida yetarlicha gaplashsak bo‘ladi. APLning so‘ngi uchrashuvlarida ketma-ket mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan «mersisaydlar» jadvalda ancha pastga tushib ketishdi. Hozirga kelib, «Liverpul» 43 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olishgan. «Chelsi» esa 44 ochko jamg‘arib, raqibidan bitta oldindagi o‘rinda joylashgan. O‘tgan turda «Chelsi» o‘z maydonida Ole-Gunnarning «Manchester Yunayted» jamoasi bilan bilan durang o‘ynadi. Klopp shogirdlari esa «Sheffild Yunayted» maydoniga safar uyushtirib, 2:0 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytishdi va kuchli uchlikka kirish imkoniyatini saqlab qoldi. Biz hozir sizlarga mazkur jamoa atrofida yuz bergan yangiliklar, uchrashuv avvalidagi yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

«Liverpul»


Hozirgi paytda, «Liverpul» ahvoli yaxshi emas. jamoa o‘z uyida kechgan uchrashuvlarda ham, safardagi uchrashuvlarda ham ancha omadsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. Klopp shogirdlari o‘z maydonida kechgan oxirgi 3 uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsa, «Enfild»da kechgan so‘ngi 6 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonolmayapti. Jamoaning bu kabi ishonchsiz o‘yinlarini, muxlislar jamoa tarkibidagi yo‘qotishlarga bog‘lashmoqda, lekin yetakchi bo‘lmagan jamoalarga ham qarshi o‘yinlarda ham ochko yo‘qotishi ko‘pchilik mutaxasislarni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu kabi seriyani bugun tugata oladimi?
Hozirgi paytdagi «Chelsi» g‘alaba qozonish uchun, ular istagan raqib emas. Ayniqsa, «Enfild»dagi «Liverpul», hatto «Vest Brom»ni ham mag‘lub eta olmagan. Bu holat esa jamoa ruhiyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Tarkib borasidagi yo‘qotishlar «Liverpul»da hali ham talaygina. Yaqinda Jordan Xenderson ham «Liverpul»ning eski jarohatlar ro‘yxatiga qo‘shildi. Qolaversa, «Sheffild»ga qarshi uchrashuvda Alisson ham maydonga tusha olmadi. Lekin, braziliyalikda jarohat bilan bog‘liq muammo yo‘q. Yaqinda uning otasi vafot etdi. Shu sababdan, Alisson o‘tgan turdagi uchrashuvda maydonga tusha olmadi. Albatta, hozirda unda ruhiy holat yaxshi emasdir, lekin hozirgi paytda braziliyalik ham maydonga tushmasa, Kloppning ahvoli yanada og‘irlashadi. Kecha chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi uchrashuvda braziliyalik darvozabon maydonga tushish ehtimoli bor.
Dekabrdan beri, jamoasiga yordam berolmayotgan Diogo Jota «aristokratlar»ga qarshi uchrashuvda maydonda ko‘rinish berishi kutilgandi, lekin Kloppning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Jotada oshqozon bilan bog‘liq muammo mavjud. Shu sababdan mazkur qarama-qarshilikni o‘tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, Fabinoning ham qaytishi kutilmoqda, u mushak jarohati tufayli so‘nggi yetti uchrashuvdan beri maydonga tusha olmayapti. Shuningdek, Van Deyk, Jo Gomes va Joel Matip ham «Chelsi» bilan bo‘laddigan o‘yinda maydonga tushmaydi.

«Chelsi»


«Chelsi» bu yilgi mavsumda, deyarli har safardagi uchrashuvda gol urib kelmoqda. Jamoaga Tomas Tuxel kelgandan so‘ng, «Chelsi»da bir ba’zi chiziqlar yaxshilandi. Xususan, himoyadagi kamchiliklar biroz kamaygandek. Hujum chizig‘iga keladigan bo‘lsak, Tuxel shogirdlari ancha barqaror o‘yinlar namoyish etishmoqda. Londonliklar jamoasi nemis mutaxasisi qo‘l ostida to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan 6tasida g‘alaba qozonishga erishdi. Qolaversa, o‘tkazgan uchrashuvlarning 5 martasi safarda o‘tganini ham hisobga olish kerak. Qiziq tomoni shundaki, safarda o‘tgan uchrashuvlarning barchasida Tuxel jamoasi gol urishga erishishdi. Hozirga qadar, «Tottenxem» va YECHLdagi «Atletiko» ustidan g‘alaba qozongani, jamoada sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganini bildiradi.
«Chelsi» Angliya Premer-ligasidagi «Liverpul»ga qarshi kechgan «Enfild»dagi so‘nggi o‘nta o‘yinning, sakkiztasida muntazam ravishda gol urishga erishgan. Ammo, o‘sha bahslarning 2 martaginasida g‘alaba qozonishga erishgan. Londonliklar hozirgi himoyasining kuchliligi va safarda gol urish imkoniyatlari yuqoriligini hisobga olgan holda, savol tug‘iladi: uzoq kutilgan «Liverpul» ustidan mehmonda g‘alaba qozonish vaqti yetdimikan?
Bugungi bahs avvalida, londonliklar tarkibida aytarli yo‘qotishlar yo‘q. Faqatgina Temmi Abraxam va himoyachi Tiago Silva mazkur bahsda qatnashishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Ehtimoliy tarkiblar


«Liverpul» (4-3-3): Alisson, Robertson, Fabinio, Kabak, Arnold, Alkantara, Veynaldum, Jons Kertis, Mane, Firmono, Salah


«Chelsi» (3-4-2-1): Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Jeyms Ris, Kovachich, Kante, Alonso, Maunt, Xavers, Verner.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi uchrashuv nihoyatda qiziqarli kechishiga shubha yo‘q. Chunki, jarohatlar muammosidan qutulayotgan «Liverpul», o‘z o‘yinini tiklagan «Chelsi»ga qarshi maydonga tushushadi. «Enfild»da kechadigan mazkur bahs, Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:15da boshlanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 19:43, 04.03.2021. O'qildi: 3884 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик