Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lendon Donovan: «Murabbiylik kasbi sabrli bo‘lishni o‘rgatdi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Amerikalik sobiq hujumchi Lendon Donovan AQSH termasining tarixdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Boisi, aynan u mazkur mamlakat milliy jamoasi tarkibida o‘ynagan payti AQSHliklar xalqaro arenada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishgan. Shu jihatdan olib qaraganda, Lendon omadli futbolchi sanaladi. FIFA.com sayti muxbiri hozirda murabbiylik sohasida mehnat qilayotgan Donovan bilan uchrashib, asosan yangi kasbi bilan bog‘liq savollarga javob oldi.

- Murabbiy sifatidagi ilk mavsumingizni qanday baholaysiz?

- Umuman olganda, butun hayotingiz davomida siz xuddi ilk mavsumingiz singari hissiyotlarni boshdan kechirasiz. Barchasini tushunaman, hammasiga javob topa olaman, deb o‘ylaysiz. Ammo real hayotda ortga nazar tashlab, barchasi xatolardan iborat bo‘lganligini fahmlaysiz. Faoliyatingizda biroz omadsizlik yuz bersa, uni bartaraf etish etish niyatida, barcha imkoniyatingizni ishga solasiz. To‘g‘ri, murabbiy sifatida hali unchalik tajribaga ega emasman. Lekin ayrim narsalarni qanday amalga oshirish lozimligi borasida tasavvurga egaman. Oldinda tajriba borasida o‘qib-o‘rganadiganlarim ko‘p. Biroq o‘tgan yilga qaraganda, ko‘p narsalarni o‘zlashtirdim va o‘sishga erishdim, deya olaman.

- Nimalar borasida o‘sishga erishganligingizni aniq ayta olasizmi?

- Qachon gapirish, qachon sukut saqlash lozimligi, qaysi paytda futbolchi almashtirish foyda keltirishini o‘rgandim. Turli o‘yinchilar bilan turlicha suhbatlashish, ularning xarakterlarini o‘zlashtirdim. O‘tgan mavsum jamoamizda o‘zgacha xarakterga ega futbolchi bor edi va unga o‘zgacha muomala qilinardi. Garchi o‘sha o‘yinchi jamoamizni tark etgan bo‘lsada, unga o‘xshagan biror futbolchi paydo bo‘lishi hamda unga qo‘llagan muomala usulingizni mazkur futbolchiga ham qo‘llashingiz mumkin.

- Pandemiya murabbiylikdagi ilk mavsumingizga ta’sir o‘tkazganligini inobatga olgan holda, jamoaning o‘tgan yilgi uchrashuvlardagi yutuqlari borasida nima deya olasiz?

- Yutuqlarni turlicha talqin qilish mumkin. Garchi bu muhim jihat sanalsada, omadni g‘alaba va mag‘lubiyatlar bilan o‘lchanmaydi. Albatta, hech kim yutqazishni xohlamaydi. Muvaffaqiyatni klub qadriyatlari bilan o‘lchasak to‘g‘riroq bo‘ladi, menimcha. Buni amalga oshira olsak, natija o‘z-o‘zidan keladi. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi hamda ular bilan bemalol yutuqqa erishsa bo‘ladi. Har kuni o‘z qadriyatlarimiz bilan yashasak, bu borada ham yutuqlarga erishish mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, o‘tgan mavsum omadli kechdimi, degan savolga albatta, ha, deb javob bersa bo‘ladi. Biz klub qadriyatlariga to‘liq amal qildik, San-Diyegoni shahar sifatida, mazkur shahar klubini esa jamoa sifatida ko‘tarishga erishdik. Biz buni klubga hurmat yuzasidan amalga oshirdik va muxlislar ham mehnatimizni juda qadrlashdi, albatta. O‘tgan yil yakunida jamoamiz maydonda juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Klub qadriyatlariga to‘liq amal qilishda davom etsak, USLda muvaffaqiyatga erishamiz, degan umiddaman.

- Murabbiy sifatida o‘zingiz haqingizda nimalarni bilib oldingiz va mazkur lavozim sizni qanchalik o‘zgartirdi?

- Murabbiylik kasbi sabrli bo‘lishni o‘rgatdi. Boisi, mening inson sifatida eng yaxshi jihatim - sabrlilik. 25 nafar yosh futbolchilarning tarjimai holini o‘rganish jarayonida sabringiz oshadi. Siz ularni inson sifatida yaxshi ko‘rasiz hamda o‘g‘lingiz kabi munosabatda bo‘lasiz. Ushbu jihatlar esa haqiqatdanam mening shaxs sifatida o‘sishimga yordam berdi. Shuningdek, muvaffaqiyatga erishishni xohlasam, har kuni bajaradigan ishimni davom ettirishim lozimligini his etdim. O‘tgan mavsum murabbiylik faoliyatimni endigina boshlagan kezlarda, kutilganidek, ko‘plab voqealar yozda yuz berdi. Tajribam yo‘qligi bois, ushbu narsalarga e’tibor qaratdim. Endi esa hodisalarni oldindan ko‘ra olyapman. Har kuni harakatlarim, so‘zlarim va ishimga jiddiy tarzda yondoshyapman hamda buni samimiy tarzda bajaryapman. Yetakchilikning asosiy jihati esa samimiylikdir.

- Sizda murabbiylik faoliya­tini boshlash ishtiyoqi qachon tug‘ildi?

- Futbolchilik davrimda murabbiylik sohasi haqida umuman o‘ylamagandim. Butun futbolchilik faoliyatim davomida egoistlikni olg‘a surgandim. Ammo keyinchalik ushbu illatdan xalos bo‘ldim. Maydondagi davrimning so‘ngida o‘yindan olgan eng katta quvonch bu o‘zimdan ham ko‘ra, atrofimdagi jamoadoshlarimga yordam berish va ularning g‘alabalarni qanday nishonlayotganlarini kuzatish ekanligiga amin bo‘ldim. Shunday imkoniyat yuzaga kelganida esa murabbiylik sohasida tajribam yo‘qligini esga olishimga to‘g‘ri keldi. Bu esa bamisoli qadrdon shahrimda suvni sinov tariqasida ichib ko‘rganligim kabi, murabbiylik sohasida omadsizlikka uchrashim, ushbu sohani yomon ko‘rib qolishim va qaytib murabbiylik bilan shug‘ullanmasligimga olib kelishi ham mumkin edi. Lekin tezda murabbiylikning menga juda yoqishini tushundim. Albatta, hali bu sohada muvaffaqiyatga erishamanmi yoki yo‘qmi, aniq emas. Lekin menga yosh shogirdlarimga har kuni ijobiy ta’sir ko‘rsatish yoqadi. Bu menga ulkan xursandchilik olib keldi hamda bunga jiddiy yondoshyapman.

- Murabbiy sifatidagi falsafangizning asosiy prinsiplari nimalardan iborat va ushbu sohada o‘sishga erishganingizda bu jihatlarni qay tarzda rivojlantirdingiz?

- Bu ikkita jihatdan iborat. Ulardan biri o‘zim kuzatgan juda yaxshi sifatdir. Futbolchilik faoliyatim davomida ko‘plab a’lo darajadagi murabbiylar qo‘l ostida o‘ynaganman. Menimcha, Bryus Arena kiyinish xonasida shogirdlarini ajoyib tarzda boshqara olardi. U futbolchilarni o‘yinga tezda moslashishlariga yordam berardi. Bundan esa ko‘plab xulosalar chiqarish mumkin. Yoshligimda ko‘plab mutaxassislar, jumladan, Frenk Yallop va Jon Ellinger menga muayyan holatlarda boshqacha muomala qilish lozimligi bois, inson sifatida yaxshi munosabatda bo‘lishgandi. Keyinchalik menda ikki marta uch oy muddatga Angliyaga borish imkoniyati paydo bo‘ldi hamda faoliyatim davomida uchratgan eng yaxshi taktik murabbiy Devid Moyesdan ko‘p narsa o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim. Moyes haqiqatadanam o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishni amalga oshira olardi.

- Sizga hayotingizda «oltin o‘rtalik»ni topish qiyin bo‘lganmi? Boshqa jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni ham kuzatasizmi yoki kerakli paytda o‘yindan boshqa narsalarga ham chal­g‘iy olasizmi?

- Ikkisini ham amalga oshiraman. Avvalgiga qaraganda, endi ko‘proq futbol tomosha qilyapman. Qancha ko‘p millionlar o‘yinini tomosha qilsam, shunchalik ko‘p futbolchilarni taniy olaman. Ammo tunda telefon yoki kompyuterdan ham foydalanishim mumkin. Uyga kelganimda, oilam davrasida telefon hamda kompyuterdan zavq olaman. Eng muhimi, vakolatingni bir chetga surgan holda, o‘z ishini a’lo darajada bajaradigan yaxshi kishilar davrasida bo‘lish. Haqiqatdanam, atrofimda shunday saviyadagi elit shaxslar to‘planishgan va umid qilamanki, ular o‘z ishlarini juda yaxshi bajara olishadi. Shunday murabbiylar borki, barcha ishni o‘zlari amalga oshirishga harakat qilishadi. Ular jamoani boshqarish, har bir mashg‘ulotni o‘tkazish, shuningdek, barcha uchrashuvlar videoyozuvlarini alohida lavhalarga bo‘lgan holda, tomosha qilishni xohlashadi. Ayrim mutaxassislar shunday ishlarni bajarishni istashadi, lekin men bundaylar toifasiga kirmayman. Menga atrofimdagi odamlarga bog‘liq bo‘lish, ularga kuch-quvvat bag‘ishlash, o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishlari uchun sharoit yaratib berish yoqadi. To‘g‘ri, ba’zi ishlarni unchalik yaxshi amalga oshira olmayman. Bu sohada hali yosh va yangiman. Murabbiy sifatida hozircha 100ta o‘yin o‘tkazganim yo‘q. Axir, yuzlab mashg‘ulotlar o‘tkazgan yoki ming daqiqa davomida o‘yinlar videoyozuvlari yoki montaj qilingan plyonkalarni tomosha qilgan mutaxassislardan ko‘ra, o‘zimni aqlli qilib ko‘rsatishning nima keragi bor? Shuning uchun nimalarni amalga oshira olmasligingiz, nimalarni bilmasligingiz hamda shu narsalarni sizdan ko‘ra, yaxshiroq amalga oshira oladigan insonlar bilan tanishish muhim deb hisoblayman.

- Endilikda futbolchilik faoliyatingizdagi barcha murabbiylarni yanada ko‘proq qadrlayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Albatta. Uzoqdan qaraganda, har qanday soha osonga o‘xshab tuyuladi, to‘g‘rimi? O‘sha sohada faoliyat yuritmasangiz, shunday tuyuladi. Lekin har qanday kasbning o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Bunga misol keltiradigan bo‘lsam, yigitlarga ertalab uchrashuvlar videoyozuvini namoyish etsak, uni tomosha qilish uchun ko‘p vaqt sarflanadi. O‘sha o‘yindan kesib olingan lavhalar, muhokama, biz namoyish etishni istagan holat mashg‘ulotlarda qatnashgan futbolchilar uchun yangilikmas, lekin o‘sha vaziyatlarni 5, 7 yoki 10 daqiqa ichida futbolchilarga tushuntirishga harakat qilamiz. Futbolchilik paytimda ba’zan murabbiylar barchamizni yig‘ib, uchrashuv videoyozuvini namoyish etishganida «Nima uchun biz buni tomosha qildik? Bu ahmoqlik, menga keragi yo‘q», deb o‘ylardim. Ularga esa ushbu videoyozuvlarni jamlash uchun ko‘p vaqt talab qilinardi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z ishimizga juda jiddiy e’tibor berishga harakat qilamiz, shunda videoyozuvni tomosha qilayotganda yoki o‘yin atrofida, maydonda biror narsa qilganda, bu aniq muhokama bilan amalga oshiriladi. Masalan, men o‘ynagan ko‘plab jamoalarda shanba kungi o‘yinlardan so‘ng, yakshanba dam olish kuni bo‘lardi. Dushanba kuni esa yigitlar maydonda shunchaki yugurib, chigalyozdi mashqlarini bajarishardi. Biz esa buni amalga oshirmayapmiz. Yigitlar bizning o‘yin modelimizga to‘g‘ri keladigan maxsus mashqlarni bajarishadi va shu orqali jismoniy hoaltlarini yaxshilab olishadi. Futbolchilarning maydon atrofida behuda yugurib yurmasliklari va vaqtni yo‘qotmasliklari uchun ularni bir xil harakatga keltiradigan bir nechta paslarni bajarish orqali biz ularning jismoniy formalarini tiklashga intilamiz.

Ulug‘bek UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:37, 27.04.2021. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.