Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Florentino Peres: «Yirik transferlarga pul kerak…»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real» prezidenti Florentino Peres Cadena SER radiosiga bergan intervyusida Superliga atrofida yuz bergan voqealardan ko‘ngli qolganini yashirmadi. Korchalon funksioner shuning barobarida  «futbolni qutqarish»ni o‘ylagan 12ta klubga qarshi tajovuz qilinganidan nolidi.

Natijalar haqida: - Hozir faqat muxlislarni o‘ylashimiz kerak, ular e’tiborga loyiqlar. Jerar Pikening so‘zlari ayni haqiqat - futbol chindan ham, muxlislarga tegishli.

Loyiha haqida: - Rosa ranjidim. Axir mazkur loyiha ustida 3 yil ishlagandik. La Liga - daxl­siz. Lekin biz har bir ish kunida pul topishimiz lozim. CHL formati eskirdi, muxlislar qiziqishi faqat chorak finaldan keyin oshmoqda. O‘tgan mavsum 650 million yo‘qotilgani hozirgi format ish bermayotganini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun top-klublar uchun yangi musobaqa o‘ylab topdik. Shu yo‘l bilan ko‘proq pul topish mumkin, buning uchun avvalo, hamjihatlik kerak.

Aleksandr Cheferin so‘zlari haqida: - UYEFA boshqaruvida kun bo‘yi kimnidir haqoratlamaydigan, o‘qimishli prezidentni ko‘rmoqchiman. Hammasi oddiy - muzokara payti hech kim oyoqdan chalmasa yaxshi bo‘lardi. Cheferinning so‘zlari - haqorat. Vaholanki, u prezident sifatida bosh­qalarga o‘rnak bo‘lishi shart.

Hamma bitta kemada ekanligi haqida: - Ishni birgalikda davom ettiramiz. Hech kim jarima to‘lamadi, chunki hali biror klub rasman loyihadan chiqmadi. Faqat 1ta jamoa uncha qiziqmayapti, ammo u ham shartnomaga imzo chekdi, baribir.

Strategiya haqida: - Hammasini iloji boricha tezroq hayotga tadbiq etishni o‘yladik. «Real» muxlislari ahmoq emaslar. Agar ularga har hafta grandlar bilan o‘ynash va’da qilinsa, albatta, loyihani qo‘llab-quvvatlashadi.

Sosyos haqida: - «Madrid» sosyos (muxlislar guruhi)ga tegishli, ammo pul tikadigan odam yo‘q. Klub yana yaxshi ma’muriyatga muhtoj.

Shartnomalar haqida. - Milliy chempionatlarga hurmat bilan qaraymiz, albatta. Ammo daromad miqdorini oshirishning yo‘li bitta - yevrokubok formatini yangilash. Tushunarliki, barchamiz shart­nomalar bilan bog‘langanmiz.

Joan Laporta haqida: - Ha, u bilan gaplashdim, «Barselona» loyihadan chiqib ketmaydi. Umuman, tashqi tomon munosabati juda xunuk bo‘ldi.

Boshqaruv institutlari imidji haqida: - Barchamiz UYEFA prezidenti bilan muzokara olib borishga majburmiz, ammo urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Ayni shu vaziyat bugungi futbol qanday holatda ekanligini ko‘rsatmoqda. 20 yildan buyon hozirgi lavozimda ishlayapman va hali hech kim bilan janjallashganim yo‘q. Futbol qadriyatlar bilan go‘zal va hammamiz birdam bo‘lishimiz kerak.

O‘zgarishlar haqida: - Ish haqini qisqartirish kerak, chunki vaziyat ancha jiddiy... Shunchaki, shaffoflik so‘rayapman. MBA basketbolchilari va klublar rahbarlari maoshi e’lon qilinmoqda. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun qanday harakatlar amalga oshirilayotganini anglash muhim. Futbol ham fidoyilikka muhtoj.

Muxlislar haqida: - Hayot o‘zgardi. 20 yildan keyin yana o‘zgarish talab qiladigan yangi avlod keladi. Futbol ajoyib tomosha va unga g‘amxo‘rlik qilishimiz shart. Muxlislarga yangi platformalarda tomosha qilinadigan raqobatdosh o‘yinlar kerak.

La Liga yig‘ilishi haqida: - «Madrid» taklif qilinmagan joyga bormaydi. Janob Tebas buni yaxshilab uqib olsin.

Xavyer Tebas haqida: - U obro‘ orttirdi, omma ishonchiga kirdi. Xavyer bilib qo‘ysin - shuncha yildan buyon futbol ichidaman va sohaga zarar yetkazadigan hech qanday ish qilmayman.

Galaktikos haqida: - Yirik transferlarni pulsiz amalga oshirish mumkin emas. Birdamlik ko‘rsatishimizga ruxsat berilmadi. Ammo Superliga bo‘yicha ishlashda davom etamiz, baribir.

Loyiha taqdimoti haqida: - Harakatimizni tajovuzkor reaksiya to‘xtatib qoldi, ammo hali hammasi yanada og‘irlashadi va o‘shanda reallikka qarab, nima bo‘lishini ko‘ramiz. Klublar 2 milliard yevrodan ko‘proq zarar ko‘radi.

Qasos haqida: - Hech qanday jazodan qo‘rqmayman. UYEFA prezidenti moliyaviy «Feyr-pley» haqida gapirganida, xavotirga tushgandim. Bu juda muhim, lekin hozir uncha yaxshi ko‘rinishda emas. Prezident bu masalada qattiqqo‘l bo‘lishi shart.

Televideniye haqida: - Umumiy auditoriyani aynan televideniye belgilaydi. Bu shunchaki, oddiy ish emas. Deylik, «Real» birgina menga qaramaydi. Bizni haqoratlamasliklari kerak edi.

Superliga starti haqida: -  Buni tezroq amalga oshirish kerak. 3 yil kutishdan naf yo‘q. Raqobat bor joyda yaxshi o‘yinlar bo‘ladi, pul tushadi. Muxlislarni qiziqtirish uchun xuddi Federer - Nadal raqobati darajasidagi uchrashuvni ko‘paytirish lozim.

Yopiq liga haqida: - Superligaga birinchi bo‘lib kiritilgan klublar tushib ketmaslik huquqini qo‘lga kiritdi. Negaki, ayni shu jamoalar dunyoda va ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p kuzatuvchiga ega. Bugungi futbolda hech kim ko‘rishni istamaydigan o‘yinlar ham bor. Anyelli bilan tez-tez gaplashyapman va yolg‘izlikni his qilmayapman. JP Morgan banki bilan qanday shartnoma tuzish va pul ishlash mumkinligini muhokama qilyapmiz. Umuman, ushbu loyihani ko‘rib chiqmaslik - ahmoqlik.

Fernando Roiga so‘zlari haqida: - Futbol rivojini grand jamoalar belgilaydi, tennis esa kuchli o‘yinchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. «Vilyarreal» prezidenti mutlaqo nohaq, chunki hozirgidan ancha ko‘p daromad keltiradigan loyiha mavjud.

«Piramida» haqida: - Asosiy javobgar menman, chunki bu ishda «Real» sarkarda hisoblanadi. Barchamiz kelajak haqida qayg‘uramiz, jumladan, «Yuventus» ham. Bu klub loyihadan chiqqani yo‘q.

Fransiya va Germaniya klublari haqida: - Hozircha 12ta klub shartnoma orqali bog‘langan. Bosh­­qa jamoalarni ham qabul qilishimiz mumkin. Ammo ayrimlar bu g‘oyadan voz kechishdi, chunki UYEFA sirk namoyish etdi. To‘g‘ri, loyihani ommaga yaxshi tushuntirolmadik, chunki bizga shunchaki, imkoniyat berishmadi. Top-klublar zararga ishlayotganida, qolganlarning foyda olishi haqida gapirish ortiqcha.

Ingliz klublarini birlashtirish haqida: - Chindan ham, bosh­qa yo‘l yo‘q. Angliya klublari egalari ushbu sport turini yaxshi ko‘radigan amerikaliklardir. Futbolni tugatishimiz haqida aytilgan gaplar shunchaki, safsata. Gap shundaki, futbol tepasida imtiyozlardan mahrum bo‘lishni istamaydigan kimsalar bor.

Taxminan 48 soatlik talvasa haqida: - Hech qachon UYEFA prezidentining bunday tajovuzini ko‘rgan emasman. Barchasi haqiqiy sirkka o‘xshadi, bunaqasini o‘ylash ham qiyin. Tahdidlar va haqoratlar, xuddiki biz kimnidir o‘ldirib qo‘ygandek... Futbolni saqlab qolishimiz kerak, ammo ko‘rinib turibdiki, bu qiyin vazifa. Aslida loyiha ustida ko‘p ishladik, faqat xabarni to‘g‘ri yetkazolmaganimiz yomon bo‘ldi.

Serxio Ramos va Luka Modrich haqida: - Modrich bilan shart­noma muddatini uzaytirish borasida allaqachon kelishuvga erishdik. Serxio Ramos vaziyati boshqacha. Uni o‘g‘limdek yaxshi ko‘raman. Yaxshiki, Ramos hozirgi holatimizni juda yaxshi tushunadi. Mavsum yakunlanyapti, demak, futbolchilar bor kuchlari bilan ishlashlari kerak. Ramos shartnomasini 2015 yili yangilagan edik. Endi hammasi klub holatiga bog‘liq, kimnidir sotish kerak... Qiyin davr qanday bo‘lishini bilaman, chunki yangi asrning ilk yillari barchasini boshdan o‘tkazgandim.

Kilian Mbappe haqida: - Agar uni bu yil olib kelolmasak ham, hech qanday falokat bo‘lmaydi. Tan olaylik, hozir imkonsiz holatdamiz. Menimcha, sosyos mening ishimdan mamnun.

«Bernabeu» va muxlislar haqida: - Umid qilamanki, keyingi mavsum  muxlislarning stadionga kiritishimiz mumkin bo‘ladi. Afsuski, joriy mavsum buning iloji yo‘q.

Zayniddin Zidan haqida: - Jamoamizda ajoyib yoshlar bor. O‘smir yigitlar bilan shart­noma tuzish tajribasi natija beradi, albatta. Hozir ko‘pchilik «Madrid»da o‘ynashni xohlaydi. Zidanda shartnomasi bor. U klub afsonasi va bir kuni jamoadan afsona sifatida ketadi.

Tarkib haqida: - Ixtiyorimizda dunyoning eng kuchli futbolchilari bor. Himoyamiz juda mustahkam va jamoaga katta yordam bermoqda. «Real»ning yarim himoyasi esa, hammaga o‘rnak. Ha, tarkibni yangilab turish kerak, ammo inqilob shart emas.

So‘z

 - Basketbolda uzoq yillardan buyon Superliga o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Xususan, Ispaniya chempionati bahslari Yevroliganiki bilan parallel ravishda olib boriladi - buning hech qanday yomon tomoni yo‘q. Basketbol Yevroligasini Gresiya, Turkiya va Rossiya klublari yaratgan. «Bavariya»ning basketbol jamoasi ham Yevroligada o‘ynaydi. Xo‘sh, nega futbolda bunday bo‘lmasligi kerak? Nima, futbol va basketbol o‘rtasida men tushunmaydigan qandaydir katta farq bormi? Basketbolda shu liga tuzilgan payt muxlislar shikoyat qilishmagandi. Umuman olganda, Yevropa basketbolini aynan Yevroliga qutqarib qolganini ham inobatga olish kerak. Florentino Peres («Real» prezidenti).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:07, 29.04.2021. O'qildi: 7173 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.