Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Urush taqdrini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan Aleksandr Zinchenko qissasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

U Jitomirda o‘tgan bolaligi va o‘smirligi chog‘i bir ismni juda ko‘p eshitdi – Sheva, Sheva, Sheva...

U oiladagi yagona farzand edi. Dadasining o‘zi futbolchi bo‘lgani bois “Zina”ning kelajagi haqida bahs bo‘lishi mumkin emasdi. Vladimir Zinchenko 8 yoshli o‘g‘lini Radomishldagi mahalliy “Karpatiya” futbol maktabiga joyladi. Aleksandr aksar tengdoshlaridan farqli fe’lga ega bo‘lib, o‘yinchoqlar-u ko‘cha o‘yinlariga qiziqmas, bo‘sh vaqtini faqat futbol to‘pi bilan o‘tkazardi. Ota-ona Zinchenkolar xonadonda sinishi mumkin mumkin bo‘lgan jismlarni saqlamaslikka intilishardi, chunki kichik Aleksandr to‘g‘ri kelgan joyda to‘p tepib qolardi ba’zan.

Dastlab “Karpatiya” so‘ng “Shaxtyor”ning hududdagi filiali maqomida bo‘lgan “Manolit” maktab-jamoalarida harakat qilgan qahramonimiz 14 yoshga to‘lishi bilan mamlakatning qudratli klubi sanalgan “Shaxtyor”ni qiziqtira oldi. Albatta bunday katta klublar bir vaqtning o‘zida Zinchenko singari yuzlab iqtidorlar bilan hali ular o‘smir ekan shartnoma imzolab qo‘yadi. Biroq ulardan bor-yo‘g‘i bir necha nafarigina asosiy jamoaga yetib borishi mumkin.

Aleksandr juda ambisiyasi katta o‘smir bo‘lib yetishgandi. Tezlik va maydonni ko‘ra bilishi yuqori darajada bo‘lgan futbolchi ba’zida chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib, o‘zini hujumchilardek tutardi. 17 yoshidayoq o‘sha vaqt tarkibida Genrix Mxitaryan, Duglas Kosta va Fernandinyo kabi futbolchilar harakat qilayotgan “Shaxtyor”ning asosiy jamoasi bilan professional shartnoma imzolashi mumkin edi. Biroq Ukrainadagi siyosiy vaziyat minglab oilalarda bo‘lgani kabi Zinchenkolar oilasida ham ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Buning ustiga mamlakatning sharqida boshlangan urush harakatlari “Shaxtyor”ning ham inqiroz rejimida harakatlanishiga sabab bo‘ldi.

Vladimir Zinchenko oilasi vaqtincha Ukrainadan chiqib ketish taraddidiga tushdi. Orada Aleksandr “Shaxtyor”dagi vaziyat bois klub bilan shartnoma imzolay olmasligi ma’lum bo‘ldi.  

Oilaning yangi manzili Boshqirdiston Respublikasi, Ufa shahri edi. Hayot ham, futbol ham davom etishi kerak edi Aleksandr uchun. Bunday yosh futbolchining tarkibga kelib qo‘shilishi “Ufa” jamoasi uchun katta yutuq bo‘ldi o‘sha vaqt. 2015 yil fevralida “Ufa” bilan Rossiya chempionatida ilk uchrashuvni o‘tkazgan Zinchenkoga ko‘p o‘tmay Rossiya fuqaroligi taklif etildi. Ammo u taklifni rad etdi. 2016 yilga kelib Zinchenko muxlislar so‘roviga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Shu yili u Yevro-2016 o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ukraina terma jamoasi qaydnomasiga kirdi. Turnirda esa jamoasi tarkibida maydondagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylandi. Albatta Rossiyaning “Ufa”sida o‘ynayotgan futbolchining birdaniga “Manchester Siti” a’zosiga aylanishi qiyin masala, ammo uni Ukrainaning turli yoshdagi terma jamoalari tarkibi o‘tkazgan xalqaro musobaqalari orqali kuzatib kelayotganlar orasida “Manchester Siti”dan boshqa klublar ham bisyor edi.
 
Ingliz klubida sport direktori lavozimida ishlovchi Chiki Begiristayn Zinchenkoning nomzodida juda ikkilanish bilan qaror qabul qilgani aytiladi. Tasdiqlash navbati Gvardiolaga kelganida esa u hech ikkilanmagan.



Yosh futbolchini darhol PSVga ijaraga berib yuborishgani ham bu juda to‘g‘ri qaror deyish mumkin. 2018 yilda esa Benjamin Mendi jarohat olib Aleksandr uchun chap qanot himoyasida bo‘sh o‘rin paydo bo‘ldi. “Zina” esa bu imkoniyatdan unumli foydalanib Pep uchun sevimli futbolchilardan biriga aylandi.

“Chelsi”ga qarshi final o‘yini yakuniga yetgach mag‘lublar safida eng ko‘p ta’sirlangan futbolchi bu Aleksandr Zinchenko edi. U medalni yechib tashlagan ikki kishidan biri bo‘ldi. U Andrey Shevchenko singari bu sovrinni yutmoqchi edi. Kim bilan balki Sheva kabi uni ota yurtiga olib bormoqchi ham bo‘lgandir... bu safar bo‘lmadi.
 
P.S.

“Hislarimni ifodalab bo‘lmaydi. Biz maydonda borimizni berdik. Tinmay ishladik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Biz kuchliroq bo‘lib qaytamiz. “Manchester Siti” tez orada bu turnirda g‘alaba qozonishiga ishonaman. Chunki sizlar bunga munosibsiz”.

Aleksandr Zinchenkoning o‘z instagram sahifasida qoldirgan so‘zlari.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 12:00, 04.06.2021. O'qildi: 3753 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.