Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • 1:1
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 1 1
2 Marokash 1 1
3 Gaiti 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash

Navbatdagi o'yinlar.

14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevro-2020. Chorak final birinchi juftligining shu bosqichga qadar bosib o‘tgan yo‘li va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishing

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Pley-off finallari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevro-2020 musobaqasi o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.

Musobaqaning chorak final juftliklari ma’lum bo‘lganidan xabaringiz bor. Birinchi yarim final yo‘llanmasi uchun Shvesariya va Ispaniya terma jamoalari kurash olib borishadi.

Keling, 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadigan o‘yindan oldin jamoalarning shu bosqichga qadar bosib o‘tgan yo‘li va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib olamiz.


SHVESARIYA

Shvesariya terma jamoasi "A" guruhida Italiya, Uels va Turkiya termalari bilan bellashdi va yakunda 4 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. To‘plar nisbati: 4-5.

"A" guruhi natijalari

12/06 Uels 1:1 Shvesariya (Boku)
16/06 Italiya 3:0 Shvesariya (Rim)
20/06 Shvesariya 3:1 Turkiya (Boku)

Nimchorak final

28/06 Fransiya 3:3 Shvesariya (penaltilar seriyasi 4:5) (Buxarest)

Chorak final

02/07 Shvesariya - Ispaniya (Sankt-Peterburg)

Shvesariya terma jamoasi to‘purari Harris Seferovich (3 gol).

Yevropa chempionati saralashida 8 o‘yinda 5 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 19-6.

Yevro saralashidagi to‘purar Sedrik Itten (3).

Shu paytga qadar Shvesariya Yevropa chempionatidagi eng yaxshi natijasini Yevro-2016 da qayd etgan. Jamoa nimchorak finalga qadar yetib borgan va Polsha bilan bahsda penaltilar seriyasida (1:1, pen. 4-5) mag‘lubiyatga uchragandi.

Shvesariya bosh murabbiyi Vladimir Petkovich 2014 yildan beri terma jamoani boshqarib kelmoqda. O‘shandan beri shvesariyaliklar yirik musobaqalarning barchasida muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Asosiy o‘yinchi: Jerdan Shakiri

Jamoaning miyasi, haqiqiy o‘zgarish qila oladigan futbolchi. Uning Turkiya bilan o‘yindagi dubli jamoasini pley-offga olib chiqdi. Hujumchilar ortida hujumdagi bo‘shliqni to‘ldirgan holda sifatli hujumga o‘tishni kafolatlaydi.

O‘yinini kuzatish kerak bo‘lgan futbolchi: Bril Embolo (24 yosh).

Jarohatlardan keyin 2019 yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasida porlagan hujumchi kuchli, ko‘p qirrali va yuqori bilan tezligi bilan ajralib turadi.

Bilasizmi?

Shvesariya Petkovich qo‘lostida musobaqalarning barchasida guruhdan chiqishni uddalagan va bu safar birinchi marta pley-offda Fransiya ustidan g‘alaba qozonib yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Bunga qadar 2014 yildan beri barcha yirik musobaqalarda jamoa pley-offdayoq to‘xtagan.


ISPANIYA

Ispaniya terma jamoasi "E" guruhida Shvesiya, Polsha va Slovakiya termalari bilan bellashdi hamda 5 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. To‘plar nisbati: 6-1.

"E" guruhi natijalari

14/06 Ispaniya 0:0 Shvesiya (Sevilya)
19/06 Ispaniya 1:1 Polsha (Sevilya)
23/06 Slovakiya 0:5 Ispaniya (Sevilya)

Nimchorak final

28/06 Xorvatiya 3:5 Ispaniya (ekstra taymlar) (Kopengagen)

Chorak final

02/07 Shvesariya - Ispaniya (Sankt-Peterburg)

 

Ispaniya terma jmaoasi to‘purarlari: Alvaro Morata, Pablo Sarabiya, Ferran Torres (2 gol).

Yevropa chempionati saralashida 10 o‘yinda 8 g‘alaba va 2 durang qayd etgan. To‘plar nisbati: 31-5.

Yevro saralashidagi to‘purarlar: Alvaro Morata, Serxio Ramos, Rodrigo (4).

 

Shu paytga qadar Ispaniya terma jamoasi uch marta (1964, 2008, 2012) Yevropa chempioni bo‘lgan.

O‘tgan musobaqada esa nimchorak finalda Italiyaga mag‘lub bo‘lib (0:2) yurishini to‘xtatgan.

Ispaniya termasi bosh murabbiyi Luis Enrike 2019 yildan beri "qizil furiya"ni boshqarib kelmoqda. U avval "Barselona" bilan 2015 yilda UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Asosiy o‘yinchi: Jerar Moreno

Faoliyati davomida eng ishonchga to‘lgan va Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi. O‘ng qanot hujumida o‘ynaydigan chapaqay futbolchi yolg‘on to‘qqizlikda ham ancha xavfli. Shuningdek, jamoasi hujumlarini tashkil qila oladigan 10 raqamli o‘yinchi hamdir.

O‘yinini kuzatish kerak bo‘lgan futbolchi: Pedri (18 yosh).

Yillar davomida juda ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqqan bo‘lsa-da, 18 yoshida kichik jussasi bilan birinchi to‘liq mavsumidayoq "Barselona" yarim himoya chizig‘ida hukmronlik qila oladigan o‘yinchilar juda kam. Uning futbol intellekti aqlbovar qilmas darajada yuqori.

Bilasizmi?

Ispaniya Yevropa chempionatida chempionlik sovrinini muvaffaqiyatli tarzda himoya qila olgan yagona terma jamoa hisoblanadi, 2012 yilda.

Manba: euro2020.com
Kiritildi: 12:03, 30.06.2021. O'qildi: 3452 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Қатар Bualem Xuxiy 1
3 Мексика Xulian Kinyones 1
4 Мексика Santyago Ximenes 1
5 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
6 Марокаш Ismoil Saybari 1
7 Бразилия Vinisius Junior 1
8 Чехия Ladislav Kreychi 1
9 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
10 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик