Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

San’at qudrati yoki Pirlo — Rafael, Inyesta — El-Greko...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Italiya va Ispaniya asrlar davomida butun dunyoni tasviriy san’atning buyuk namoyandalari bilan hayratga solib kelgan. Futbolda ham xuddi shunday - muxlislarning italiyalik va ispaniyalik yulduzlar o‘yinlaridan o‘zgacha zavq olishlari ayni haqiqat. Quyidagi maqolada Evro-2020 yarim finalida yuzaga kelgan buyuk to‘qnashuvdan ilhomlangan holda, tasviriy san’at va futbol frontmenlarini taqqoslab ko‘rishga urinildi. Maqsad - haqiqiy san’tning chin qudratini his etish.

ITALIYA

 

Janluiji Buffon - Mikelanjelo

Buffonni buyuk rassomning 2ta old asarida ko‘rish mumkin. Birinchisi - «Odamning yaratilishi» - Sikstin cherkovi kompozisiyasi. Ikkinchisi - Florensiya akademiyasi galereyasini bezab turgan David haykali. Mikelanjelo uni kuchli tana va nihoyatda diqqatli nigoh bilan tasvirlagan. Buffon vaziyatlarni shunday baholaydi, keyin «seyv»­lar ko‘rsatadi. Mikelanjelo o‘ta sezgir bo‘lgan va mayda-chuyda narsalardan ham ranjishi hech gap emasdi, ammo Buffonning unga o‘xshash tomonlari ko‘p, baribir. Buyuk rassom janjallashishni ham xush ko‘rgan, deylik, bir safar haykaltarosh Torrijano bilan mushtlashib, burniga kuchli zarba qabul qilgan. U yana ayyorlikni ham o‘rniga qo‘ygan. Jiji huquqshunoslik fakultetida o‘qish uchun hisobchi diplomini sotib olgan bo‘lsa, Mikelanjelo eski chizmalar va antiqa haykallarni soxtalashtirib, keyin ularni asl nusxa sifatida sotuvga qo‘yardi.

Alessandro Nesta - Leonardo da Vinchi

Nima uchun aynan da Vinchi? U hammasini uddalagan: o‘q otish qurilmasi, parashyut, velosiped, uchish apparati, tank, teleskop ixtiro qilgan, inson tanasining kanonik nisbatlarini aniqlagan, rassomchilik va musiqachilikda birdek muvaffaqiyat qozongan. Hamma oddiy portret chizishga berilgan pallada esa, da Vinchi bebaho Jakonda kartinasini yaratdi - millionlab muhim detallarni uyg‘unlashtirgan xarakterli ijod namunasi. Nesta ham o‘z vaqtida futbolni ma’lum darajada o‘zgartirdi. Bu haqda Leonardo Bonuchchi juda to‘g‘ri ta’rif ishlatgan: «Aleks himoyadagi o‘yinning yangi davrini boshlab berdi - to‘pni oyoqda olib yurish».

Andrea Pirlo - Rafael Santi

Ikki maestro. Pirlo maydondagi betakror o‘yinlari bilan Rafael portretlarini «qayta chizdi», go‘yo: to‘pga nafis teginish, to‘liq muvozanat... Rafael vaqtida da Vinchi va Mikelanjelo g‘oyalarini birlashtirgan va rivojlantirgan bo‘lsa, Andrea uchun Juninyo Pernambukano ilhomlantiruvchi kuch rolini bajardi. U shu asnoda futbol me’mori sifatida hujumlarni loyihalashtirish bilan shug‘ullandi.

Franchesko Totti - Karavajo

Totti sarxush holda moped mindi, Poulsenga tupurdi va maydonda chinakamiga jang qildi. Karavajo esa qalloblar bilan aloqa o‘rnatgan, polisiyachilarni haqoratlagan va pallakorda (tennisning qadimiy prototipi) o‘ynashni qoyillatgan. U yana haqqoniy duellarda qatnashgan, hattoki, odam o‘ldirib, avvaliga Neapol, keyin Maltaga qochib ketgan. Totti esa hech qachon Rimdan qochmadi, ammo u xarakter bo‘yicha Karavajoga juda yaqin. Karavajo asarlarida bo‘sh joy qoldirish va ularni jonlantirish uchun yuqori yoritish modeliga tayandi. Uning kartinalarida nur yo‘qlikdan taralayotgandek ko‘rinadi. Totti bo‘lsa, buni maydondagi harakatlari bilan takrorladi, hisob.

Alessandro Del Pyero - Sandro Bottichelli

Aleks «A» seriyada eng tezkor futbolchi emasdi, ammo to‘pni oyog‘iga «yopishtirib» olib, benazir driblinglar ishlatish asnosida chiziqlar orasida bo‘sh hududlar topardi. Uning uslubini Sandro Bottichelli suratlarida sezish mumkin. Rassom aksariyat ishlarida taxminga tayangan, kartinalariga dinamika qo‘shish va tomoshabinlarni «eritish» uchun tanalarni cho‘zishni xo‘sh ko‘rgan. Afsonaviy «Veneraning tug‘ilishi» va «Bahor» asarlari bunga yaqqol misol. Del Pyeroning aktyorlik mahorati shulardan olinmaganmikan....?

 

ISPANIYA

 

Xosep Gvardiola - Pablo Pikasso

Pikasso - buyuk buzuvchi va yaratuvchi. XX asrda uning ishlarida tasviriy san’atning tubdan yangi konsepsiyasi ko‘zga tashlangan. Gvardiola esa ham buzish, ham yaratishga moyil edi. Pep himoyadagi yarim himoyachi sifatida rivojlangan uzatmalar madaniyati bilan intellektual futbol tomon og‘di. U maydonda tezkor emasdi, ammo tahlilga asoslangan harakati bilan ajralib turgan. Qisqasi, Gvardiola - futbol geometriyasi professori. Pikasso kartinalarining qiymati shakl nihoyatda soddalashtirilganligi bilan baholanadi. Bunda estetika, jumladan, idrok etishga chorlaydigan xayoliy fikrlash barq urib turadi. Qolaversa, sof go‘zallik ham bor. Ma’lumotlarga qaraganda, Pikasso faoliyati davomida 20 mingga yaqin asar yaratgan, demakki, deyarli har kuni ishlagan. Oddiy o‘xshatish: Pep vaqtida «Xetafe»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun hafta davomida kuniga 15 soatdan bazada bosh qotirgan ekan.

Raul - Diyego Velaskes

Saroy rassomiga o‘xshash futbolchini «Qirollik klubi» tashqarisidan qidirish mumkin emas. Velaskes butun faoliyatini qirol Filipp IVga surat chizish bilan o‘tkazgan. U o‘zini tashqariga otmagan, shoh tashrif buyurishni xush ko‘radigan ustaxonasida xotirjam  ishlagan. Shu asnoda Ispaniya barokkosi rivojlangan, Prado muzeyi hamma uchun ochiq bo‘lgach, butun dunyo Velaskesni tanigan. «Real»ning tiklanishida Raul xuddi shunday pozisiyada turdi: u buyuk sadoqati ortidan hattoki, «Barselona» muxlislari hurmatini qozondi. Raulning oddiy sehri Velaskesning past ko‘rinishdagi uslubiga o‘xshaydi. Shu bilan birga har ikkisi o‘z ishining haqiqiy ustasi. Biri butun borlig‘ini qirollik ravnaqiga bag‘ishlagan bo‘lsa, ikkinchisi futbolga shunday xizmat qildi. 

Andres Inyesta - El Greko

Shunday tasavvur borki, Inyestani yildan yilga tobora ko‘proq qadrlashmoqda. Axir u estetik futbol yaratadigan futbolchilar orasida chin «olmos» hisoblanadi. Andres eng yuqori nuqtaga chiqqan pallada «Barselona» qanchalik kuchli bo‘lganini bir eslang. Bunday ijrochilar doimo tan olinmagan yoki yetarli darajada e’tirof etilmagan daholar bilan taqqoslanadilar. Gap Inyestada «Oltin to‘p» yo‘qligida ham emas, axir u kabi futbolchilarga qandaydir sovrinlarga qarab baho berish yaramaydi. El Greko (1541-1614) esa vafotidan 3 asr o‘tgachgina tanildi. Zamonaviy san’atshunoslar uning ijodini hech qanday an’anaviy maktab bilan bog‘lamaydilar. «Kompozisiyadan muhimi yo‘q» tushunchasidan voz kechgan El Greko birinchi bo‘lib rang bilan tajriba o‘tkazdi. Umuman, uning kartinalari - ajoyib dinamika va kuchli ehtiros uyg‘unligi. Aytish mumkinki, El Grekoning rangi - Inyestaning uzatmalari. 

Jerar Pike - Salvador Dali

Dali kataloniyalik edi, Jerar Pike - Kataloniya dunyosi mustaqilligining asosiy mafkurasi. Ikkisi ham ko‘p funksionalligi bilan ajralib turadi: Dali rassomchilikdan tashqari, kinematografiyaga qiziqqan, grafika, haykaltaroshlik va adabiyotni ham yaxshi ko‘rgan. Pike esa hozirning o‘zida investisiya kompaniyasi va 2ta futbol klubi xo‘jayini hisoblanadi. U kelajakda «Barsa» prezidenti bo‘lishi, hattoki, katta siyosatga kirishi mumkin. Dali kartinalari mavzusi yillar davomida o‘zgargan: muhabbatdan yadro quroligacha. Rassom shuning barobarida syurrealistik uslub (orzu va voqelik birlashmasi)dan chekinmagan. Pike yo‘li ham syurrealdir. Bo‘yi 194 santimetrga teng gigant Messi va Fabregas kabi mitti daholar davrasida o‘zini yaxshi his qildi.

Karles Puyol - Fransisko Goyya

Hayot Goyani qattiq sinadi: yaqinlaridan ajrashtirdi, tez-tez xastalikka yo‘liqtirdi. Yana karlik, moliyaviy muammolar, urush... Albatta, bular uning ijodiga ta’sir ko‘rsatdi - Goyya gohida jamiyatdan quvg‘in holda ishladi, ba’zan ehtiromga erishdi. Jinnilik, qo‘rquv, yolg‘izlik, umidsizlik - bu rassomning oxirgi asarlari mavzulari. Karles - jangchi, ammo uning faoliyati ham turli ziddiyatlarga to‘la. U raqiblar oyoqiga vajohat bilan tashlanardi, gohida boshi yorilib, qonga belansa ham, o‘ynashda davom etardi. Romantik davr uchun tayyor qahramon.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 20.07.2021. O'qildi: 4384 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.