Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir yarim yildan beri top murabbiy ekaniga ishonolmaganim — Arteta haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mikel Arteta Yevropa futbolidagi minglab murabbiylardan biri. Hozirgacha unga boshqa ta’rif berolmayman. Gvardiolaning yonida o‘tkazgan yillari, “Manchester Siti” o‘yinlarida o‘sha biz ko‘rgan ularning yonma-yon kadrlari, Pep tomonidan uni alqab aytilgan gaplar yoki shunga o‘xshash biroz shishirilgan, romantik bo‘lgani uchun yoqimli bo‘lgan-u, ammo aslida haqiqatdan yiroq tasvirlar bizni ancha chalg‘itib qo‘ygan deb o‘ylayman.

Yordamchi murabbiyning vazifalari tamomila o‘zgacha ekani, bosh murabbiy ishidan keskin farq qilishini hech kim inkor etmasa kerak. Mening fikrimcha, masalan, Sulsher “Molde”da topgan tajriba va malaka Artetaning “Manchester Siti”dagi topganlaridan ko‘ra foydaliroq bo‘lgan. Ming qilsa ham murabbiy turgan nuqta va uning yordamchisi turgan nuqtadan ancha baland.

Xo‘sh, u o‘z murabbiylik mahoratini bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatishi kerak bo‘lgan o‘tgan mavsum nima bo‘ldi? O‘yinlar boshlanmasidan ilgari, o‘tgan yozda bir qator transferlar amalga oshirildi. “Lill”dan 26 mln. yevro evaziga Gabriyel Magalyaes ismli markaziy himoyachi, 50 million yevroga “Atletiko”dan Tomas Parti kelib qo‘shildi tarkibga. Bu Arteta davridagi ilk yirik xaridlar edi. U kelmasdan biroz ilgari 27 millionga Kiran Tirni va 80 millionga (!) Nikolya Pepe tarkibga kelib qo‘shilgandi. Aytmoqchi bo‘lganim, “Arsenal” transferlar uchun ko‘p pul sarflamaydi, degan fikr noto‘g‘ridek ko‘rinadi. Boz ustiga, jami qiymati 150 millionga yaqinlashib qolgan bu yozdagi transferlar bor – Ben Uayt (58 mln), Martin Edegor (35 mln), Aaron Remsdeyl (28 mln), Albert Lokonga (17 mln) va Nunu Tavaresh (8 mln).

Bir so‘z bilan aytganda, pandemiya bois juda katta yo‘qotishlarga yuz tutgan klub uchun bu samoviy raqamlar. Shunday ekan “Arsenal” (katta) pullarni sarf etayotgani fakt. Qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘ri sarf etayotgani boshqa masala.

Ha, darvoqe jamoa ajoyib darvozabon Emiliano Martinesni 17 millionga sotgach bir yil o‘tib avvalgi klublari bilan mudom quyi ligalarga ravona bo‘lib kelgan Remsdeylni qimmatroqqa olgani juda qiziq keys.

Yuqoridagilar Arteta himoyasiga aytiladigan eng old safdagi fikrlarga javob o‘laroq keladi.

Endi maydonga qaraylik. Arteta nima qilmoqchi, qanday o‘yin tuzmoqchi ekanini tuzukroq tushuntirib beradigan odam bormi? Uning ishi xuddi natijalari singari  beqaror. Venger davrida ham natijalar yomon bo‘lgan vaqt oraliqlari bo‘lgan, lekin hamma tushunardi-ki maydondagi o‘yin bu Vengerniki.

Ispaniyalik mutaxassis himoyaning tuzilishi bo‘yicha konkret yechimni haligacha topmagandek. Uch himoyachi tanlovi (3-4-2-1 yoki 5-4-1) Vengerning so‘nggi yillarida va keyin hatto Emeri davrida ham qo‘llanilgan bir tanlov, biroq Artetaning o‘zi 4-3-3 ko‘rinishi ma’qul deb bilishini bir necha bor aytib, qo‘l ostidagi futbolchilar bunga yaramagani uchun amalda uch himoyachi bilan o‘ynayotganiga ishora qilgan (bu mavsumdagi ilk o‘yinini u o‘zi yaxshi ko‘rgan tizimda boshladi va “Brentford”dan mag‘lubiyat qabul qildi) .

Hecham bir-biri bilan to‘liq chiqishib ketmagan – Pepe, Lyakazett va Obameyang uchligi ham bu marabbiyning kamchiligi aslida. Alohida olib qaralsa (ayniqsa) Pepe va Obameyang zo‘r futbolchi.

Arteta davrida to‘psiz “Arsenal” bilan to‘pli “Arsenal” orasidagi farq keskin ortib ketdi. Futbolchilar to‘p bilan bo‘lar ekan, qarshisida bosimni ko‘rmaguncha uzatma amalga oshirmaslikka o‘rgandi. Ammo buning ziddi o‘laroq to‘psiz bo‘lganda pressing qilish borasida yaxshigina muammolar yuzaga kelgan. Masalan, o‘tgan mavsumning birinchi yarmida klub ishtirokida o‘tgan o‘yinlar mobaynida to‘pning bir jamoadan ikkinchisiga o‘tish ko‘rsatkichi ligadagi eng yomon holat edi. Buni “zerikarli o‘yin” ko‘rsatkichi deb atash mumkin.

Arteta murabbiyligida yakunlagan ikki mavsumda jamoa 56-55 ta gol urgan raqiblar darvozasiga. Bundan avval Emeri bilan yakunlangan mavsumda bu raqam – 73 tani tashkil qilgan...

Gap shundaki, Venger davrida bu klub ko‘rsatgan o‘yin menga juda yoqqan. Arteta shaxsiga qarshi alohida qarash ham mavjud emas. Shunchaki u “Arsenal”da ishlolmayapti, deb hisoblayman. Umuman 39 yoshli bu mutaxassis hali top jamoani boshqarish malakasiga ega emas, deb o‘ylayman. Shu xolos.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:00, 23.08.2021. O'qildi: 3949 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик