Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerlar. «Roma» safida A Seriyada debyut qilgan Shomurodov, Belarusda «o‘zbek derbisi» va «Ufa»ga qaytgan O‘runov

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chet el klublarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ayrimlari ortda qolgan haftada o‘z jamoasi safida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazdi.

Italiya. Eldor Shomurodov «Roma» safida A Seriyadagi debyutini o‘tkazdi. «Fiorentina»ga qarshi kechgan 1-tur bahsida Eldor 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. O‘zbekistonlik hujumchi jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. «Roma» bu bahsda 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Belarus. Oliy Liganing 20-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Shahboz Umarovning «BATE»si «Energetik-BGU» mehmoni bo‘ldi. Umarov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Doniyor Abdumannopov 46-daqiqa, Shahzod Ubaydullayev 66-daqiqagacha harakat qildi, Bobur Abduxoliqov esa 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Minskliklarning goliga Ubaydullayev muallif bo‘ldi.

Rossiya. «Ufa»ga qaytgan Oston O‘runov «Zenit»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Ufaliklar bu o‘yinda (1:1) amaldagi chempiondan ochko tortib oldi.

Saudiya Arabistoni. «An-Nassr» safarda «Al-Faysali»ga qarshi bahs olib bordi. Tezkor gol orqali oldinga o‘tib olgan Ar-Riyod klubi keyinchalik ikkita gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 84-daqiqada zaxiraga olindi.

Janubiy Koreya. «Sonnam» o‘z uyida «Chonbuk Motors» bilan nursiz durang o‘ynadi. Jamshid Iskandarov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Rustam Ashurmatov jamoasi ishtirokidagi o‘yin esa qoldirildi.

Key-Liga 2 da harakat qilayotgan «Tejon Sitizen» 26-turda «Kyonnam»ni qabul qildi va 84-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi. Ikrom Aliboyev uchrashuvda to‘liq harakat qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:35, 24.08.2021. O'qildi: 4765 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик