Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Nasaf»ning xalqaro maydondagi yurishi davom etadi. «Ajdarlar»ning keyingi «o‘ljalar»i kimlar?

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

25 avgust sanasida o‘zbek futbol ishqibozlari diqqat markazi yana bir yerga jam bo‘ladi. Qarshining «Nasaf» jamoasi xalqaro maydondagi o‘z yurishini davom ettiradi. «Ajdarlar» OFK Kubogi-2021 navbatdagi bosqichi doirasida Turkmanistonning «Ahal» jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilik markaziy Osiyo mintaqasi finali doirasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu juftlik g‘olibi Janubiy mintaqa guruh bosqichi g‘olibi bilan inter zonal yarim finalida bahs olib boradi. Bu yerdan o‘tib olgach g‘olib jamoa o‘z navbatida ushbu zonaning finalida Gonkongning «Li Man» klubini sinovdan o‘tkazadi. Bu juftlik g‘olibi esa nihoyat OFK kubogi finalida G‘arbiy mintaqada mutlaq g‘alaba qozongan jamoaga to‘qnash keladi. U yo‘lakchada esa qaysi klublar borligini batafsil quyida bilib olishingiz mumkin.

G‘arbiy mintaqa
20 sentyabr
"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Al Ahad" (Livan)
21 sentyabr
"Al Kuvayt" (Kuvayt) - "Al Salt" (Iordaniya)

Markaziy mintaqa
25 avgust
"Nasaf" (O‘zbekiston) - "Ahal" (Turkmaniston)

Janubiy mintaqa
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Bashundxara Kings" (Bangladesh)
"Maziya" (Maldiv orollari)
"Bengaluru" (Hindiston) yoki "Igls" (Maldiv orollari)
G‘arbiy mintaqa finali
"Al Muharraq" - "Al Ahad" g‘olibi - "Al Kuvayt" - "Al Salt" g‘olibi

Inter zonal yarim finali
"Nasaf" - "Ahal" g‘olibi - Janubiy mintaqa guruh bosqichi g‘olibi

Inter zonal finali
Inter zonal yarim final g‘olibi - "Li Man" (Gongkong)

OFK KUBOGI-2021 FINALI
G‘arbiy mintaqa finali g‘olibi - Inter zonal final g‘olibi

Tan olish kerak, vakillarimiz ushbu musobaqaning yaqqol favoritlari sifatida e’tirof etilmoqda. Darvoqe, qarshiliklar uchun OFK kubogi begona emas. Jamoa bundan roppa rosa 10 yil oldin ushbu turnirda zafar quchgan edi. To‘g‘ri, u paytdagi sharoit-u homiylar, shuningdek tarkibning o‘zida ham katta tafovutlar mavjud. Biroq bir klub uchun bir musobaqa yaxlit o‘zinikiga aylanib qoluvchi holatlar bor gap. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari OFK kubogida o‘zlarini juda erkin his etgan holda o‘ynashadi. Zero, buni bu yil ham yetarlicha isbotlashdi.

Eslatib o‘tamiz, raqiblarimiz «Ahal» jamoasi Markaziy Osiyo mintaqisining ikkinchi guruhida bahslarni o‘tkazdi. Turkman klubiga bu yo‘lda Qirg‘izistonning «Dordoy» va Tojikistonning «Ravshan» jamoalari raqiblik qildi. Yakunda esa «Ahal» 6 ochko to‘plagan holda keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.

Keling, «Nasaf»ni avvalo, ushbu pley-off bosqichigacha bosib o‘tgan yo‘liga to‘xtalamiz.

Vakillarimiz «F» guruhidan joy olgan holda «Oltin asr», «Xo‘jand» hamda «Oloy» klublari bilan bahs olib bordi va ularning barchasini mag‘lub etib, guruhda yuz foizlik natija bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.

«Nasaf» birinchi turda Qirg‘iziston vise-chempioni «Oloy» bilan bahs olib bordi. Ta’kidlab o‘tish kerak, ushbu o‘yin va umuman barcha uchrashuvlar Dushanbeda bo‘lib o‘tdi. Qirg‘izlar bilan kechgan bahsni qarshiliklarning yaqqol ustunligi ostida o‘tdi desak ham bo‘laveradi. Garchi sun’iy qoplamali maydonda to‘p telishlariga qaramay vakillarimiz o‘z maqsadlariga maksimal darajada erishdi. Birinchi bo‘limda ehtiyotkorroq o‘ynagan «Nasaf» ikkinchi taymni hujumkor tempda o‘tkazib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi turga e’tibor qaratsak, aksincha holat: «Xo‘jand» bilan o‘yin masalasi birinchi bo‘limdayoq hal qilib olindi va ikkinchi bo‘limda asosan ehtiyotkorroq rejimga urg‘u berildi.

Biroq natija o‘sha-o‘sha ishonchli - 3:0. Ro‘ziqul Berdiyev musobaqa mezbonlari bilan uchrashuvda kuchni tejab o‘ynadi va deyarli hal qilib bo‘lingan pley-offga kerakli futbolchilarni asrab qoldi, ularga dam berdi. Darhaqiqat, «Oloy» bilan bahsdan so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi No‘monjon Yusupov «Nasaf»ni nafaqat ushbu guruh, balki musobaqaning ham asosiy favoriti deya ta’kidlab o‘tgandi. Bu turnirda haqiqatan ham mamlakatimiz jamoalari yomon ishtirok etishmagan. «Nasaf»ning o‘zini g‘olibligi, shuningdek, «Neftchi» ham chorak final bosqichlarigacha yetib borgan va shu kabi ko‘plab misollarni topish mumkin. 3-turda esa Berdiyev shogirdlari Turkmanistonning kuchli klubi «Oltin Asr» bilan bahs olib bordi. Kutilganidek, bu o‘yin ham «Nasaf»ga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishildi.

E’tiborli tomoni, qarshiliklar guruh bosqichini birorta ham gol o‘tkazmasdan yakunlashdi va umumiy hisobda raqiblari darvozasiga 9 ta to‘p kiritishdi. Albatta, bu yerda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ushbu raqiblarimizning hurmatini saqlagan holda aytish mumkinki, har uchchala jamoa ham «Nasaf» darajasiga umuman yaqin emas edi. Qarshiliklar barcha bahslarni ekanom rejimida va katta zaxira bilan o‘tkazdi. Ular o‘tkazilgan turlarda rosmana favoritlik maqomini isbotladi. Endigi raqiblarimiz finalgacha deyarli o‘ta kuchli bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Biroq o‘ylaymizki, finalda ham biz bilgan o‘sha Sharqning tajribali klublarini ham «Nasaf» kutilganidek xotirjam mag‘lub etishning uddasidan chiqadi va yurtimizga qiymatidan qat’i nazar ushbu musobaqa bosh sovrinini olib keladi. Biz bu yo‘lda Ro‘ziqul Berdiyev va uning shogirdlariga omad tilab qolamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 22:24, 24.08.2021. O'qildi: 5255 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик