Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fergyusondan qo‘ng‘iroq, Fernandeshning maslahati va 25 mln funtlik maosh. Ronalduning «Manchester Yunayted»ga qaytishi tafsilotlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Krishtianu Ronalduning «Manchester Siti»ga o‘tishi kutilgan bir vaziyatda barchasi o‘zgarib ketdi. Hammasi bir necha soat ichida o‘zgarib ketdi: Krishtianu «Manchester Yunayted»ga qaytadigan bo‘ldi.

The Athletic’ning ma’lumotlariga ko‘ra, transfer narxi 15 million yevroga (+8 million bonus) baholangan. Ronaldu esa 2 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 25 million funt oladigan bo‘ldi.

Quyida ushbu transfer tafsilotlari bilan tanishamiz.

Krishtianu 2003 yildan 2009 yilga qadar Aleks Fergyuson qo‘l ostida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Afsonaviy shotlandiyalik murabbiy qo‘l qovushtirib o‘tirmadi va Ronalduning transferiga o‘z hissasini qo‘shdi. Jurnalist Samyuel Lakxerstning (Manchester Evening News nashriga «Manchester Yunayted» bo‘yicha xabarlar yozadi) ta’kidlashicha, rahbariyat transfer oldidan Fergyuson bilan maslahatlashgan.

Yana bir muhim jihat — bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning pozisiyasi. 2003 yildan 2007 yilga qadar birga o‘ynagan jamoadoshining qaytishidan u ham xursand. Norvegiyalik mutaxassis 36 yoshli futbolchining ulkan tajribasi yoshlar uchun o‘rnak bo‘ladi deb hisoblaydi. Transferdan bir necha soat oldin u Krishtianu haqida iliq fikrlar bildirgandi.

"Biz doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Brunu Fernandesh u bilan suhbatlashgan. Ronaldu haqida biz qanaqa fikrda ekanligimizni u biladi. Krishtianu ‘Yuventus’dan ketayotgan bo‘lsa, bizni qayerdaligimizni biladi. Ronaldu — ‘Manchester Yunayted’ afsonasi. U bilan birga o‘ynash sharafiga muyassar bo‘lganman. Ko‘ramiz, buyog‘i nima bo‘lar ekan".

Krishning o‘zi ham qaytayotganidan xursand. «Qoyilmaqom kambekka tayyorman», — deb agentiga murojaat qilgani haqida xabar qildi Fabrisio Romano.

Avvalroq Krishtianuning «Real»ga qaytmasligini aytgan Karlo Anchelotti ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Ronalduning o‘zi sevgan jamoaga qaytayotgani, albatta, yaxshi xabar».

Sky Sports jurnalisti Keyv Koliholning aytishicha, «Manchester Yunayted»dan taklif bo‘lgach, Ronaldu darhol boshqa takliflarni rad etgan. Mankunianlar ushbu yozda Krishtianu transferini rejalashtirmagan edi. «Yuventus» uni qo‘yib yubormasligiga ishonardi. Ammo imkoniyat paydo bo‘lishi bilan manchesterliklar transfer uchun kurashga qo‘shildi.

«Manchester Yunayted» kim bilandir xayrlashadimi?

Jeydon Sancho va Rafael Varanni xarid qilgan «Manchester Yunayted» transfer bozorida ancha jarangdor ishtirok etdi. Endi klub maoshlarni to‘lashi uchun yanada ko‘proq pul zarur.

Xabarlarga ko‘ra, 7-raqam egasi Edinson Kavani jamoada qoladi. «Vest Hem» Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olish istagida. Lekin Sulsher angliyalik futbolchiga ishonishini aytib o‘tdi.

«U hali ham rejalarimga kiradi. Lingardni ‘Yunayted’ safida ko‘rishni xohlayman. O‘tgan mavsum oxirida ‘Vest Hem’ tarkibida nimalar qilganini hamma ko‘rdi. Jessi o‘ziga ishongan holda tarkibga qaytdi. U jamoada qoladi va asosiy tarkib uchun kurashadi», — dedi Sulsher.

Ronaldu «Yuventus» bilan qanday xayrlashdi?

Portugaliyalik futbolchining «Yuventus» bilan shartnomasi 2022 yilda yakuniga yetishi kerak edi. Ammo tomonlar hozir aloqalarni uzishga rozi bo‘ldi. Turinliklar koronavirus pandemiyasi sabab moliyaviy inqirozga uchradi. Maoshlar va xarajatlarni kamaytirish borasida bosh qotirayotgandi. Lekin klub portugaliyalikni sotishi haqida hech qayerda e’lon qilmadi.

Krishtianu Italiyadagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldi. Ammo Chempionlar Ligasi sovrinini qo‘lga kiritish nasib etmadi. Yangi mavsum boshida jamoadan ketmoqchiligini aytdi. Payshanba kuni Jorje Mendesh Turinga uchib keldi. «Yuventus» agentga futbolchiga xaridor topish uchun bir necha soat vaqt berdi.

Juma kuni Ronaldu «Yuventus» bazasiga tashrif buyurdi va jamoadoshlari bilan xayrlashib, 40 daqiqadan so‘ng u yerni tark etdi. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri futbolchi jamoani tark etayotganini tasdiqladi: «Ronaldu qaydnomaga kirmaydi. Kecha u menga endi jamoada o‘ynamasligini aytdi. Bugun mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmadi. Krishtianudan xafa emasman. U ‘Yuventus’ni tark etishni xohladi, bu uning tanlovi. Hozir yangi jamoa izlamoqda. Hayot shunaqa ekan».

Kunning ikkinchi yarmida Ronaldu Turinni tark etdi.

«PSJ» va «Manchester Siti»ga nima bo‘ldi?

Messi va Ronalduni bir jamoada ko‘rishning imkoni bo‘lmadi. Parij jamoasi xo‘jayini Nossir al-Halayfiy Ronaldu bilan shartnoma imzolanmasligini tasdiqladi.

«Manchester Siti» esa shartnoma taklif qilishga ulgurmasdan, transfer uchun kurashdan chiqdi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola portugaliyalik futbolchi jamoaga moslashib ketishiga shubha bilan qaragan.

Lekin Pepning o‘zi futbolchining o‘zi qaror qabul qilishi haqida gapirgandi: «Qayerda o‘ynashni Krishtianuning o‘zi hal qiladi. Ronaldu va Messi ajoyib futbolchilar. Ular — oxirgi 20—30 yillikning eng yaxshi futbolchilari».

Krishtianuning «shaharliklar» safiga o‘tishi mumkinligini eshitgan Rio Ferdinand hayron qoldi. Payshanba kuni u Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, «Manchester Siti»ga o‘tmayotganini aytishni so‘ragan.

«Undan ‘Manchester Siti’ga o‘tmayotganini tasdiqlashini so‘radim. Ronaldu ‘Yo‘q’ degan javob aytishini kutgandim. Farzandlarim Ronalduning ‘Manchester Siti’ formasini kiyganini ko‘rishini istamayman.

Agar ‘Yunayted’ va ‘Siti’ bilan bir stol atrofida o‘tirib, ‘Siti’ni tanlasa, biz xafa bo‘lishimiz uchun sabab bo‘lardi. U ‘Manchester Yunayted’dan boshqa jamoani tanlamasligi aniq edi. Ronaldu qadriyatlarni hurmat qiladi».

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronaldu bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Ronaldu yaqin orada Manchester klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma imzolaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:36, 30.08.2021. O'qildi: 8581 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик