Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sulsherning taqdirini «Tottenxem» hal etadimi? «Real» peshqadamga aylanadimi? Shomurodov-Ibrahimovich qarama-qarshiligi. Hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Yakunlanayotgan haftada Yevropaning top-5 chempionatlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi bilan tanishing.

Angliya Premyer ligasi

Angliya Premyer-ligasining 10-turining shanba kungi dasturida «Tottenxem» – «Manchester Yunayted» bahsi eng markaziy qarama qarshilik hisoblanadi.

«Tottenxem» – «Manchester Yunayted»

«Shporlar»ning holati qanday?

«Tottenxem» bu haftada «Byornli»ni minimal hisobda mag‘lub etib, Liga kubogi chorak finaliga yo‘l oldi. Endi Nunu Eshpiritu jamoasi chempionat doirasidagi uchrashuvini o‘tkazadi. To‘qqizchi turdan so‘ng «shporlar» peshqadam «Chelsi»dan 7 ochko ortda qolgan holda oltinchi o‘rinda bormoqda. «Tottenxem» shanba kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi.

Bu bahs Sulsherning «Manchester Yunayted» safidagi so‘ngi uchrashuvimi?

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining so‘nggi turida o‘z maydonida «Liverpul»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, sharmanda bo‘ldi. Aftidan, Ole-Gunnar Sulsherning hech narsasi uni ishdan bo‘shatishdan qutqara olmasdi, ammo u hamon jamoada ishlashda davom etdi. Shanba kuni «qizil iblislar» «Tottenxem»ga qarshi o‘ynaydi va 3 ochkoga ega chiqqishi kutilmoqda. Aks holda, bu uchrashuv norvegiyalikning so‘ngi o‘yini bo‘lishi mumkin.

Statistika

- Premyer-liga davrida «Tottenxem» «Manchester Yunayted»ga 36 ta mag‘lubiyatga uchragan.

- Agar Meyson Grinvud ushbu o‘yinda gol ursa, u Ueyn Runidan keyin Premyer-ligada «MYU» safida mehmonda 10 ta gol urgan klubning eng yosh futbolchisi bo‘ladi.

- Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida APLdagi dastlabki ikkita o‘yinida 3 ta gol urdi. O‘shandan beri portugaliyalik liganing to‘rtta o‘yinida gol ura olmadi. Ronaldu oxirgi marta 2017 yilda «Real Madrid» safida to‘p surgan paytda ketma-ket 4 ta o‘yinni golsiz o‘tkazgan. Agar shanba kuni Krishtianu yana gol ura olmasa, bu 2008 yildan beri milliy chempionatdagi eng yomon natijasi bo‘ladi.

Tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar.
Angliya Premyer ligasi
10-tur
30.10.2021
Lester  - : -  Arsenal|16:30   
   
Bernli  - : -  Brentford|19:00

Liverpul  - : -  Brayton|19:00   

Manchester Siti  - : -  Kristal Pelas|19:00   
 
Nyukasl  - : -  Chelsi|19:00
 
Uotford  - : -  Sautgempton|19:00

Tottenxem  - : -  Manchester Yunayted|21:30

31.10.2021   
Norvich  - : -  Lids|19:00
 
Aston Villa  - : -  Vest Xem|21:30

01.11.2021
Vulverxemton - : - Everton|01:00


Ispaniya La Ligasi

Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvlaridan birida «Elche» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Ertangi bahsda maydon egalari Madrid grandiga qarshilik ko‘rsatishga qodirmi?

«Elche» – «Real Madrid»



 «Elche» g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yadimi?

«Elche» o‘z ochkolari bilan 15-o‘rinni egallab, quyi liga zonasi yaqinida turibdi. Dastlabki uch turda jamoa «Espanyol»ga qarshi 2:2 hisobida durang o‘ynab, bor-yo‘g‘i bitta ochkoni qo‘lga kirita olgandi. Bundan tashqari, «Rayo Valyekano»dan 1:2, «Alaves»dan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Salbiy natijalar boshlanishidan avval «Elche» hozirgacha ikkita g‘alabani qo‘lga kiritgan. Birinchisi 4-tur o‘yinida «Xetafe»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, keyinchalik «Selta»ni 1:0 hisobida yengib, joriy chempionatda ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

«Real Madrid»

Madrid klubi o‘n ikkinchi turga qadar peshqadam bo‘lib chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi, biroq o‘tgan turda Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida «Osasuna»ni mag‘lub eta olmadi (0:0). Avvalgi turda «qaymoqranglilar» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. «Elche»ga qarshi qarama-qarshilik oldidan «Real» hisobida 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinni «Sevilya» va «Betis» bo‘lishib turgan bo‘lsa, «Real Sosyedad» 24 ochko bilan La Liga yetakchisi bo‘lib turibdi.

Statistika va raqamlar:

- «Elche» uch turdan beri g‘alabasiz seriya qayd etmoqda;

- «Real Madrid» so‘nggi to‘rt turning ikkitasida g‘alaba qozondi;

- «Real» hali «Elche»ga yutqazgani yo‘q: 5 g‘alaba va durang.


Ispaniya La Ligasi, 12-tur

30.10.2021   
Elche - : - Real Madrid |17:00
 
Sevilya - : - Osasuna | 19:15
    
Valensiya - : - Vilyarreal|21:30
 
Barselona - : - Alaves|00:00
 
31.10.2021   
Kadis - : - Malyorka|18:00
 
Atletiko - : - Betis|20:15
    
Xetafe  - : - Espanyol|22:30
 
Real Sosyedad - : - Atletik|01:00

01.11.2021
Rayo Valyekano   -:- Selta|21:30   

Levante  -:-   Granada|00:00

Italiya A Seriyasi

Italiya chempionatining 11-turi eng markaziy uchrashuvlaridan biri «Roma» – «Milan» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

«Roma» – «Milan»



Joze Mourinyo shogirdlari mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmayapti. Ularning oxirgi 5 uchrashuvi statistikasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «bo‘rilar» ikki g‘alaba, ikki mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan. «Roma» o‘tgan turda «Kalyari» maydoniga safar uyushtirib, irodali tarzda 2:1 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytdi. Pellegrinining jarima zarbasidan kiritgan goli, Mourinyo va uning jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Rim klubi hisobidagi ochkolar soni 19taga yetdi va turnir jadvalida 4-o‘rindan joy oldi.

«Milan»

Chempionlar ligasida omadsiz uchrashuvlar o‘tkazayotgan «Milan»ning A Seriyadagi ishlari yaxshi ketmoqda. 11-turgacha «rossonerilar» hisobida 28 ochko bor. Pioli shogirdlari 10 turda 9 g‘alaba va 1 durangni qayd etgan bo‘lib, Italiya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rindan joy olgan. Milan klubi «Napoli» bilan bir xil ochko to‘plagan. O‘tgan turda «qora-qizillar» o‘z maydonida «Torino» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zaro uchrashuvlar

Mazur jamoalar A Seriya doirasida 27 uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, ushbu bahslarning 11ta uchrashuvda Rim klubi, 7 marta Milan klubi g‘alaba qozongan. 9ta bahsda esa tomonlar bir ochkodan qo‘lga kiritgan. Oxirgi 5 bahsga natijalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, «San siro» egalari 3ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lib, bir marta Mourinyo shogirdlari ustun kelgan. Bir uchrashuv esa durang bilan yakunlangan.


A Seriya, 11-tur

30.10.2021  
Atalanta - : - Lasio|18:00

Verona - : - Yuventus|21:00
   
Torino - : - Sampdoriya|23:45
 
31.10.2021  
Inter - : - Udineze|16:30
 
Sassuolo - : - Empoli|19:00
 
Jenoa - : - Venesiya|19:00
 
Fiorentina - : - Spesiya|19:00
 
Salernitana - : - Napoli|22:00
 
Roma - : - Milan|00:45

Germaniya Bundesligasi

Germaniya Bundesligasining o‘ninchi turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan birida bizni «Union Berlin» va «Bavariya» o‘rtasidagi qarama-qarshilik kutib turibdi. O‘yin 30 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da «An der Alten Forsteray» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Union Berlin» – «Bavariya»



«Union» yevrokubok yo‘llanmasiga ega chiqadimi?

Fisher jamoasi ketma-ket ikkinchi mavsumda ajoyib futbol ko‘rsatmoqda. Bu jamoada yorqin yulduzlar yo‘q, ammo berlinliklar jamoaviy o‘yinlari va futbolchilarning jamoaga bo‘lgan sadoqati bilan mashhur. Mavsum startini  «Union» ajoyib boshladi va uzoq vaqt hech qaysi jamoaga yutqazmadi. Oxirgi paytlarda jamoada barqarorlik yetishmayapti, ammo poytaxt klubi hali ham yevrokuboklar zonasida. Kubokda ham «Manxaym»ni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldik.

«Bavariya»

Nagelsmann boshchiligidagi «Bavariya» o‘z o‘yini bilan muxlislarni xursand qilayotgan bo‘lsa, Myunxen klubi Superkubokni qo‘lga kiritgan va har bir raqibini yirik hisobda mag‘lub etib kelmoqda. Qolaversa, Chempionlar ligasida ham o‘zini ishonchli tarzda ko‘rsatmoqda. Chempionatda esa myunxenliklar shu paytgacha bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lubiyatga uchragan va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Oxirgi o‘yinda «Bavariya» kutilmaganda Menxengladbaxning «Borussiya»siga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, kubokni juda erta tark etdi.

Statistika va raqamlar

Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi.

«Union» «Bavariya»ga qarshi beshta o‘yinda umuman g‘alaba qozona olmagan.

Poytaxt klubi so‘nggi beshta o‘yinda atigi ikki marta «Bavariya»ga  mag‘lub bo‘lishgan.

Germaniya Bundesligasi, 11-tur

29.10.2021   
Xoffenxaym - : - Gerta|2:0

30.10.2021   
Arminiya - : - Mayns|18:30
   
Frayburg - : - Groyter|18:30
   
Union Berlin - : - Bavariya|18:30
 
Bayer - : - Volfsburg|18:30
 
Borussiya D - : - Keln|18:30
 
Ayntraxt F - : - RB Leypsig|21:30

31.10.2021  
Augsburg - : - Shtutgart|19:30
 
Borussiya M - : - Boxum|21:30


Fransiya Liga 1

Fransiya chempionati doirasidagi kunning eng markaziy uchrashuvi kecha o‘tkazildi. O‘tgan mavsum Liga 1 oltin medallarini qo‘lga kiritgan "Lill" safarda "PSJ"ga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan uchrashuv Messi va uning jamoadoshlari foydasiga hal bo‘ldi.

29.10.2021  
PSJ - : - Lill|2:1
 
Mets - : - Sent-Etyen|20:00
   
Lion - : - Lans|00:00

31.10.2021  
Anje - : - Nissa|17:00
 
Trua - : - Renn|19:00
 
Strasbur - : - Loryan|19:00
 
Monpelye - : - Nant|19:00
 
Bordo - : - Reyms|19:00
 
Brest - : - Monako|21:00
   
Klermon - : - Marsel|00:45

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:53, 30.10.2021. O'qildi: 6094 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.