Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 36 77
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 36 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kreativ futbolchilar — o‘ziga xos xususiyat egalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Hobbilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol paydo bo‘lgandan so‘ng, aksariyat muxlislar o‘rtasida jamoaviy o‘yin yoki futbolchining individual fazilatlari haqida tortishuvlar bo‘lib kelgan.

Qanday bo‘lmasin, tan olish kerak, hatto Messining ham zaif tomonlari bor. Neymar, Ronaldu, Levandovski, Mbappe va boshqalar - bularning barchasi chinakam buyuk futbolchilar va ularning futbolga qo‘shgan hissasi juda katta. Biroq, hech kim mukammal emas, hatto bunday o‘yinchilar ham butun o‘yin natijasiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘yishadi.

Biz hech qachon xato qilmaydigan va har doim «o‘zgarish» qiladigan ideal futbolchining portretini yaratishga qaror qildik. Favoritlar orasida faqat yetakchi o‘yinchilar bor edi.

Himoyachi - Ruben Diash (Manchester Siti)

Portugaliyalik futbolchining Angliya futbol tizimiga to‘liq moslashish uchun bor-yo‘g‘i bir yil kerak bo‘ldi. U tezda jamoaga qo‘shildi va Gvardiola kabi talabchan murabbiy sxemasiga darhol ko‘nikib oldi.

Oxirgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Dias ikkita muhim sovrinni qo‘lga kiritdi - Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi va Chempionlar ligasining eng yaxshi himoyachisi.

Bosh bilan o‘ynash - Serxio Ramos (PSJ)



Ispaniyalik futbolning asosiy qoidalaridan biri shunday: «Agar himoyachi «ikkinchi qavat»da o‘ynashni bilmasa, bu yomon himoyachidir. Ramos so‘nggi 15 yil ichida o‘zini shunchaki yaxshi himoyachi emas, balki ajoyib himoyachi ekanligini isbotladi. Ha, Serxio pastda o‘ynab xato qilgan paytlari bo‘lgan. Ammo havoda ispaniyalik juda kamdan-kam xato qildi.

Ramos hujumda o‘z mahoratini faol qo‘llaydi. Serxio tez-tez «Real»ni qoniqarsiz natijadan qutqarib qolagan hamda, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol urgan.

Tezlik - Kilian Mbappe (PSJ)

Mbappe bejiz dunyoning eng qimmat futbolchisi emas. Uning mahorat to‘plami aql bovar qilmaydi. To‘pga egalik qilish, epchillik, sezgi, dribling, chidamlilik, joylashishni aniqlash - bunday o‘yinchi nafaqat »Real Madrid», balki dunyoning barcha top-klublarini sotib olishni xohlaydi.

Kilian haqiqatan ham ideal futbolchi maqomiga erishishga juda yaqin turibdi. Lekin uning o‘yinida salbiy tomonlar ham bor. Birinchidan, jamoa to‘pni yo‘qotgach, Mbappe uni qaytarib olish uchun deyarli hech narsa qilmaydi. Ikkinchidan, zarbalar. Ha, Kilian juda texnikali futbolchi. Biroq, uning zarbasi kuchsiz.

Fransiyalik hujumchining asosiy ustunligini ishonch bilan uning yuqori tezlikdagi fazilatlari deb atash mumkin. Kilian ham qisqa, ham uzoq masofalar uchun ideal futbolchi deyishmumkin.

Formani ushlash - Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted)



Portugaliyalik futbolchini 36 yoshda, deya olmaymiz. Sababi, Krishtianu asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa yugurib, o‘yin oxirida darvozaga parvoz qilib, hal qiluvchi golni urishi mumkin. 20 yoki 25 yoshli futbolchilarning hammasi ham bunga qodir emasligini tushunishingiz kerak. E’tibor bering, biz fevral oyida 37 yoshni qarshilaydigan futbolchi haqida gapiryapmiz.

Hammasi ajoyib professionallik va to‘g‘ri rejim tufayli. Krishtianu jismoniy faollikni yaxshi ko‘radi, u ertalab soat beshda ham, kechasi 12 da mashq qila oladi. Qolaversa, Ronalduni formada saqlaydigan maxsus parhez ham mavjud.

Asistentlar - Yozua Kimmix (Bavariya)

Kimmix — «Bavariya»ning eng mashhur futbolchisi emas, lekin, eng muhim futbolchisi. U o‘z jamoasining hujumlarini mohirona amalga oshiradi, o‘yinning rivojlanish vektorini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltiradi. Albatta, myunxenliklar tarkibida Levandovski, Gnabri, Sane, Myuller va hujumda bir-ikkita yaxshi futbolchilar bor.

Ammo Kimmixning uzatmalarisiz (qisqa va uzoq) bu o‘yinchilarning barchasi bunchalik ko‘p gol ura olmasdi.

Chidamlilik – Ashraf Hakimi («Inter»)

«Real Madrid» Hakimini «Inter»ga sotib, dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan tashqari, bunday kulgili narxga - 40 million yevro. Madridliklar bunday o‘yinchini qanday e’tibordan chetda qoldirgani noma’lum, chunki u «Borussiya D» tarkibida birinchi mavsumni, o‘z jarima maydonchasidan birovning jarima maydonchasigacha bo‘lgan hududda ajoyib futbol namoyish qildi.

«Real»ga shunday o‘yinchi kerak edi, lekin Peres buni tushunmadi shekilli. Hozirda Ashraf «PSJ»da juda muvaffaqiyatli o‘ynayapti. Siz allaqachon tushunganingizdek, Hakimining asosiy xususiyati — chidamlilik. Bu beshinchi daqiqada ham, 85-daqiqada ham bir xil tempda o‘yin ko‘rsata oladi.

Futbol intelligensiya - Toni Kroos (Real Madrid)



Kroos —  Kimmix kabi, juda ham ko‘p ko‘zga tashlanmaydigan futbolchi. Toni 2014 yilda Madrid klubiga kelib qo‘shildi va hamma Ronaldu, Ramos va Benzema kabi futbolchilar haqida gapirayotganda, u o‘z mahoratini, hamda futbolni tushunish darajasini namoyish etdi.

Hozir Kroos dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Uning maydonni qanday ko‘rishi, qanday uzatma berishi, to‘pni qanday qabul qilishi, jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlashi aql bovar qilmaydi. Bizningcha, nemis Andrea Pirlo va Filipp Lamdan keyin jahon futbolidagi eng aqlli futbolchi bo‘lsa kerak. Umuman olganda, bunday professionalning o‘yinini tomosha qilish ko‘zni quvontiradi.

Dribling - Neymar (PSJ)



Neymar — ajoyib driblinglar ustasi. Bu uning Fransiya chempionatida tez-tez ishlatib turadigan asosiy mahoratidir (xayriyatki, raqiblar saviyasi imkon beradi).

Albatta, boshqa futbolchilar ham «dunyoning eng yaxshi driblingchisi»ga da’vo qilishlari mumkin.Xususan, yoshi kattaroq Ronaldu, Messi, Sancho va Mbappe shular jumlasidandir. Lekin, aynan Neymar bu toifa «masteri» hisoblanadi. Birgina hiyla bilan u bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchini aldab, ajoyib futbol namoyish qilishi mumkin.

To‘psiz o‘ynash - Ngolo Kante («Chelsi»)

Yevropa futbolining barcha grandlari «universal» xizmatiga qiziqish bildirishmoqda, ammo Ngolo Londonni tark etish niyatida emas va bu mantiqan to‘g‘ri qaror. U o‘z ustida tinimsiz ishladi va buning evaziga asosiy tarkibdan, hamda muxlislar mehridan joy oldi.

Kante — to‘p bilan yaxshi, lekin to‘psiz u mukammal futbolchi. Ngolo yaxshi pozisiya tanlaydi, faol ravishda bosim o‘tkazadi va raqibning taktik tuzilmalaridagi zaif tomonlarni tezda tushina oladi.

Maydonni ko‘rish - Kevin De Bryuyne (Manchester Siti)



Kevin 2015 yilda «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi va deyarli darhol «shaharliklar»ning asosiy yarimhimoyachisiga aylandi. De Bryuyne raqib jarima maydoni ichida ham, maydon markazida ham ajoyib o‘yin ko‘rsata oladi. Uning uzatmalarini esa san’at asarlariga qiyoslash mumkin.

Belgiyalik o‘yinni a’lo darajada o‘qiydi. U qachon pas berishni va qachon darvozaga zarba berishni biladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha na Angliyada, na butun Yevropada unga teng keladigani yo‘q.

Chap oyoq - Lionel Messi (PSJ)

Messining iqtidori haqida minglab maqolalar yozilgan. Biz esa har doim takrorlanadigan iboralardan foydalanmaymiz va Leo nima uchun ajoyib futbolchi ekanligi haqida gapirmaymiz. Sababi, hamma allaqachon Leoning qobiliyatni bilandi.

Aytaylik: ideal futbolchi haqiqatan ham mavjud bo‘lganida, unda Messining chap oyog‘i bo‘lardi.

O‘ng oyoq - Luka Modrich (Real Madrid)



Xorvatiyalik yarimhimoyachi faoliyatining asosiy qismini «Real Madrid»da o‘tkazadi va u yerda top futbolchi darajasini qo‘lga kiritadi. Modrich fenomenal fikrlash qobiliyatiga ega, u jamoaga qo‘shimcha resurslar qo‘shadi, shuningdek, o‘ng oyog‘i bilan Luka tasavvur qilib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshiradi. Uzoq va aniq paslar, zarbalar - barchasi uning o‘ng oyog‘i orqali amalga oshirishida.

Modrich o‘zining darajasini 2018 yilda, Xorvatiya terma jamoasi bilan birgalikda JCH-2018 finaliga chiqqanida ko‘rsatdi. Luka o‘sha yili «Oltin to‘p»ni olganini ham aytib o‘tish kerak.

Gol urish qobiliyati - Robert Levandovski (Bavariya)



Polshalik forvard Yevropa chempionatlarining so‘nggi mavsumining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Oxirgi mavsumda polyak Bundesligada 41 (!) gol urdi va bu bilan Gerd Myullerning rekordini yangiladi.

Joriy mavsumda esa Robert «Bavariya» safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi. Bu shunchaki ishonib bo‘lmas natija!

 

isport.ua nashridan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 11:06, 01.11.2021. O'qildi: 4437 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик