Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real» o‘z stadionini ultrazamonaviy ko‘rinishga keltirmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2023 yilda Madridning «Real» klubiga tegishli «Santyago Bernabeu» stadioni navbatdagi rekonstruksiyadan chiqadi. Yangilangan arena yilning 365 kunida faol bo‘ladi va o‘yingohning o‘zi futbolga aloqador bo‘lmagan sohalar orqali yiliga 150 million yevro ishlab topadi.

2019 yilda «Real» stadionning yangi loyihasi taqdimotini o‘tkazdi. Buning uchun 525 million yevro ajratiladigan bo‘ldi va klub bu pulni 30 yillik kredit olish orqali topdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozida boshlanishi reja qilingandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab bahordayoq musobaqalar to‘xtab qoldi. Fursatdan foydalangan «Real» qurilishni erta boshlab yubordi.

Loyihaga ko‘ra, asosiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat edi:

— Stadion yonidagi savdo markazini buzish orqali 6 ming kvadrat metrni bo‘shatish belgilandi. U yerda park va dam olish maskanlari barpo etiladi;

— Yangilangan «Santyago Bernabeu»ning balandligi avvalgisidan (45 metr) 12 metrga baland bo‘ladi. O‘yingoh tomini ochib-yopishga xizmat qiladigan konstruksiya sabab balandlik o‘zgargan. Tomni yopish yoki ochish uchun 15 daqiqa vaqt ketadi;

— Stadionning tashqi tomoni to‘liq yarimshaffof panel va plyonka bilan berkitiladi. Bu kunduz kuni tabiiy yorug‘likni ta’minlash va kechki vaqtda arenaning turli tusga kirishini ta’minlaydi;

— Tomoshabin sig‘imi sezilarli darajada ortmaydi. Sababi stadionning ichki qismi 360 darajali mediaekran bilan qoplanadi.

Bundan tashqari, stadion xizmat ko‘rsatish sohasida ham katta daromadni ko‘zlagan. Stadiondagi ovqatlanish maskanlari o‘yin vaqti va undan keyin ham faoliyat yuritadi. Tomoshabinlar o‘z o‘rnidan qo‘zg‘almagan holda maxsus ilova orqali taom buyurtma qilishi mumkin bo‘ladi. O‘yingohda beshta restoran har kuni faoliyat yuritadi va ularda Yevropaning mashhur oshpazlari xizmat ko‘rsatadi. Ulardan maydon ko‘rinib turadi.

«Real» matbuot xizmati stadiondagi maydon turli sport o‘yinlari va ommaviy tadbirlar uchun qanday moslashishi haqida video e’lon qildi.

Maydon chimi bo‘laklarga bo‘lingan holda stadion tagida joylashgan omborga yuboriladi. U yerda maxsus fitochiroq va sug‘orish tizimi orqali chim parvarish qilinadi.

Maydon qoplamasini almashtirish tizimi orqali «Real» katta rejalarni ko‘zlagan. Maydon konsert, biznes-konferensiya, kibersport musobaqalari, basketbol, tennis, amerikacha futbol va boshqa sport uchrashuvlarini o‘zida qabul qila oladi.



Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali stadion yiliga 150 million yevro qo‘shimcha daromad keltiradi. «Real»ning o‘yinlari klubga yiliga 170 million daromad olib keladi. «Santyago Bernabeu»da yilning 300 kunida yuqorida sanab o‘tilgan sport o‘yinlari va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish maskanlari orqali bu raqam yiliga 365 kunga yetadi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda «Real» prezidenti Florentino Peresning o‘rni beqiyos. Funksioner uchun qurilish sohasi begona emas. U quruvchilik sohasida injener hisoblanib, aylanmasi deyarli 40 milliard dollarga teng ACS qurilish kompaniyasiga egalik qiladi. Qizig‘i, unga tegishli kompaniya «Santyago Bernabeu»ning ta’mirlanish jarayoniga umuman aloqador emas. Peres manfaatlar to‘qnashuvi yuz bermasligi uchun o‘z kompaniyasiga tenderda ishtirok etishni taqiqlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 10.11.2021. O'qildi: 7645 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик