Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yuriy Belous: «O‘zbekiston futboli UYEFAga o‘tishdan faqat yutadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiyalik futbol menejeri Yuriy Belous Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrifi yuzasidan «Match TV» muxbiriga alohida intervyu berdi. U suhbat davomida turli mavzularda fikr bildirdi: Jasur Jaloliddinovning RPLga qaytishi ehtimoli, Odil Ahmedovning «Lokomotiv»ga o‘tishi amalga oshmay qolgani, tez orada Rossiya chempionatida yana bir o‘zbek futbolchisi paydo bo‘lishi va hokazo...

- So‘nggi paytlar Markaziy Osiyoga serqatnov bo‘lib qoldingiz. Bu ishga bog‘liqmi yoki hordiqqa?

- Har bir xizmat safaridan foyda chiqarishga intilish barobarida sayyoramizning turfa xilligini ham his qilamiz. «Mos­kva» klubida ishlaganimda, kasb taqozosi bilan Lotin Amerikasiga ko‘p borardim va u yerdagi barcha yaxshi narsalarni ko‘rishni xohlardim. Hozir ham shunday yondashuv saqlanib qolgan.

- Futbol borasida ko‘rishga arzigulik jihatlar bormi?

- Markaziy Osiyo mamlakatlarining har biri o‘ziga yarasha futbol tarixiga ega. Sobiq ittifoq Oliy ligasida qatnashgan «Paxtakor»ni olaylik. Uning tarkibida Krasniskiy, Abdurai­mov, keyinchalik aviahalokat natijasida vafot etgan Fyodorov va An to‘p surishgan. Bugungi kunda Yevropa va Rossiyada o‘ynayotgan yosh yigitlar bor. Shomurodov «Roma»da, Yaxshiboyev «Sherif»da, O‘runov «Ufa»da, Yo‘ldoshev «Nijniy Novgorod»da. «Lokomotiv»da imkoniyat berishmagan Jasur Jaloliddinovni ham aytish mumkin.

- O‘zbekistonlik futbolchilar boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga oson ko‘nishadimi? Saviya­ga dosh berolmaslik, Jaloliddinov singari xorij klubiga joylasholmaslikdan cho‘chishmaydimi?

- Jaloliddinov «baxtli chipta» sohibiga aylangandi. Uning nomzodi uzoq ko‘rib chiqildi. Ammo pandemiya tufayli yigitcha O‘zbekistonda 3 oy mashg‘ulotsiz qolib ketdi. Keyin hujjatlarini rasmiylashtirishga ham ko‘p vaqt ketdi. Tabiiyki, bu paytga kelib, Nikolichning jamoa bo‘yicha o‘z qarashlari shakllangandi. U 18 yoshli yigitcha yana biroz kutib turishi mumkin, deb hisobladi. Lekin 17 yoshida terma jamoada deb­yut qilgan, OCHLda to‘p surgan Jasur «Lokomotiv»ga o‘tib, Miranchuk bilan birga maydonda hukmronlik o‘rnatishni xohlagandi. O‘ylashimcha, Jaloliddinovga nisbatan biroz sabrsizlik qilishdi. O‘sha payt klub menejmenti zaif edi. Futbolchi bilan shartnomani bekor qilish emas, uni durustroq jamoaga ijara safariga yuborish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shunday yo‘l tanlanganida, Jasur hozir «Lokomotiv»da o‘ynarmidi..? Zero, jamoaning ayni rahbariyati yoshlarga katta e’tibor qaratmoqda. Afsuski, shunaqasi ham uchrab turadi.

- Jasur Rossiyaga qaytishi mumkinmi?

- Menimcha, ha. Unda Rossiya va boshqa mamlakatlardan takliflar bor. Jaloliddinov O‘zbekis­ton termasida o‘ynaydi, respublikaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Agar u faqat iqtidoriga tayanib qolmay, talabchanlikni pasaytirmasdan ishlashda davom etsa, barchasini eplaydi.

- Jasur «Lokomotiv»ga «Bun­yodkor»dan o‘tgandi. Bu klubda tanishlaringiz bormi?

- 2011 yili «Lokomotiv» vise-prezidenti sifatida ishlaganimda, Qatarda tashkillashtirilgan Osiyo kubogiga borib, Odil Ahmedovni kuzatgandim. Yakunda Olga Smorodskaya «O‘zbekistonda futbolchi qayerdan chiqadi?» qabilida fikr bildirib, u bilan shartnoma tuzishni xohlamadi. O‘shanda O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan tanishdim. Uning jamoasi ilk bor qit’a birinchiligi yarim finaligacha yetib borgandi. 2019 yili Abramov «Bunyodkor»da ish boshlaganida, meni Toshkentga taklif qildi, klub bazasiga tashrif buyurdim. U yerdagi sharoitlar RPLning hamma klublarida ham yo‘q. Futbolchilar xorijga chiqib, katta pul ishlashga astoydil bel bog‘lashgan. O‘zbekistonda korporasiyalar yoki shahar hokimliklari futbol klublarini boshqarishi og‘riqli mavzuga aylangan. Ammo bu shakllanish bosqichida muhim sanaladi.

- «Bunyodkor»da Rivaldo to‘p surgan, jamoani Ziko va Skolari kabi murabbiylar bosh­qarishgan. Bu ham shakllanish bos­qichimi?

- Klub neft kompaniyasi tasarrufida bo‘lganini unutmang, byudjet juda katta edi. Natijaga erishish ustuvor vazifa sanalgan. O‘shanda baza va ajo­yib stadion qurilgan. Jarayon keyinchalik «Anji»da kuzatilgan holatni eslatadi, pul berishga tayyor xo‘jayin topiladi, lekin u darhol natija talab etadi. Futbolda bunaqasi ketmaydi. Shunga qaramay, «Bunyodkor»da moddiy-texnik baza shakllandi, akademiya ish boshladi. Ko‘plab o‘zbek futbolchilari xorijda to‘p surishmoqda. Gap nafaqat Yevropa chempionatlari, balki Osiyoning yetakchi birinchiliklari - Janubiy Koreya, Xitoy, Yaqin Sharq mamlakatlari ligalari haqida bormoqda. Osiyodagi limit qoidalari tufayli o‘zbekistonliklarga talab yuqori.

- O‘zbek futboli atrofida ko‘plab salbiy fikrlar yangramoqda. Deylik, Yuran orada O‘runovning yoshi kichraytirilganini aytdi. O‘zbekiston OAVda Abramov va Babayanning murabbiylik lisenziyalari nohaq bekor qilingani haqida yozildi, «Navbahor» hamon Kanchelskis bilan hisob-kitob qilmagan...

- Tartib o‘rnatish kerak. O‘ylashimcha, vaqt o‘tgani sayin vaziyat yaxshilanadi. Garchi O‘zbekiston futbol assosiasiyasini DXX rahbari Azizov boshqarsada, ko‘p narsa tashkilot vise-prezidenti Ravshan Ermatovga bog‘liq. U jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri, juda madaniyatli yigit, respublikada futbol rivoji yo‘lida pozitiv rol o‘ynaydi.

- O‘zbekistonning UYEFA tasarrufiga o‘tishi haqida gap-so‘zlar yo‘q emas. Bu xayolotmi?

- Menimcha, hozir buning ehtimoli kam. Qozog‘iston qisman Yevropada joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududiy jihatdan to‘liq Osiyo tomonida. Lekin qaysidir sabablarga ko‘ra, shu ish amalga oshsa, bundan o‘zbek futboli katta foyda ko‘radi. UYEFAda, OFKdan farqli o‘laroq, aniq reglament bor. Qolaversa, moliyaviy masalalar ham boshqacha. OCHLda klublar ishlayotgan pul ushbu turnirning Yevropadagi varianti bilan solishtirganda, bir chaqa. Qozog‘iston futboliga qarang. Rivojlanish shundoq sezilib turibdi. Klublar yevrokuboklar guruh bosqichida muntazam ishtirok etmoqda. Terma jamoa favoritlarga yaxshigina boshog‘riq bo‘lmoqda. Joriy yil Qozog‘iston milliy jamoasi ukrainlar bilan ikki marta durang o‘ynadi, bosniya­liklardan ochko oldi. Shunday ekan, o‘zbek futboli UYEFAga o‘tishdan faqat yutadi, shubhasiz.

- O‘zbek futbolining hozirgi saviyasi qanday?

- O‘zbekiston termasi va mahalliy chempionat o‘yinlarini kuzatdim. Faollik va tajovuzkorlik Rossiyadagidek yuqori emas, ammo futbolchilarning texnik salohiyati juda yaxshi. Agar ular qanday harakatlanishni o‘rgatadigan murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanishsa, ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishlariga ishonchim komil.

- Unda Rossiyada o‘zbekistonliklar nega sanoqli?

- Ular Rossiyada legioner hisoblanishadi. Respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydi. Masalan, hozirda juda iqtidorli bir yigit - terma jamoa a’zosi Farrux Ikromov. Unga yordam beryapmiz. Farrux - RPL darajasidagi futbolchi. Unga Rossiyadan qiziqish ham bor, lekin vaziyatning boshqa bir jihati mavjud: limit. Qolaversa, o‘zi sentyabr oyida Shvesiya termasiga qarshi kechgan bahsda jarohatlandi. Tiklanib olgach, bafurja gaplashamiz. Umuman olganda, hozirning o‘zida Rossiyada o‘ynab ketadigan o‘zbek futbolchilari bisyor. Agar limit bo‘lmaganda, ularga talab yanada ortardi.

- Markaziy Osiyo mamlakatlarida maosh pastligiga qaramay, ko‘plab rossiyaliklar u yerda faoliyat yuritishmoqda. Nahotki, ularga o‘z yurtlarida ish topilmasa?

- Hozir raqobat yuqori, shunday ekan, uyda ishsiz o‘tirgandan ko‘ra, O‘zbekiston yoki Qirg‘izistonda ishlagan ma’qul. Boz ustiga, globalizasiya tushunchasi bor. «Abdish-Ata»ni turkiyalik, Toshkent  «Loko»sini esa portugaliyalik mutaxassis boshqarmoqda. Ha, ehtimol, ular jamoani kichik summa evaziga shug‘ullantirayotgandirlar, ammo o‘z yurtlarida vakansiya yo‘q ekan, nima ham qilishardi. Demakki, Kanchelskisning «Navbahor»da, Tixonovning «Astana»da, Krestininning Qirg‘iziston termasi va «Dordoy» klubida ishlaganiga normal holat sifatida qarashimiz kerak. Bu gap futbolchilarga ham taalluqli, albatta.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:04, 17.11.2021. O'qildi: 9100 marta. Fikrlar: 34 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.