Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lukas Paketa: «Inyesta va Xavidan ko‘p narsa o‘rgandim...»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va kinoijodkorlarni ilhomlantirgan maftunkor Paketa oroli ko‘p va xo‘p ta’riflangan. Paketa - Yer sharidagi eng sokin va tinch joylardan biri. Biroq bu orolda hordiq chiqarish uchun uzoq yo‘l bosishsa to‘g‘ri keladi. 70 yoshli Mirao ikki nabirasini Rio-de-Janeyroga yetkazib qo‘yadigan qayiqqa ulgurish uchun tong otmasidan uyg‘onardi. Mateus Rioning bir burchagidagi futzal mashg‘ulotlariga, Lukas esa boshqa tomondagi futbol maktabiga qatnardi va uchovlon yo‘l-yo‘lakay bir nechta avtobusga chiqishar, keyin yarim tunda oxirgi qayiqda ortga qaytishardi. Xullas, ular tungi soat 1dan keyin uyga kirishardi, ertasi kuni yana shu yo‘nalish... Mirao bobo hozir hayot bo‘lganida, o‘sha mashaqqatlar evaziga kelgan natija bilan chinakamiga g‘ururlanardi. Chunki u vaqtida Paketa orolining 3500 aholisiga g‘urur bilan Lukas kun kelib, professional futbolda bo‘y ko‘rsatishini aytgandi va o‘sha gapi allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Lukas Paketa badanida Mirao bobo sharafiga chizilgan tatuirovka ham bor - «M» harfini qamrab olgan yulduz shakli. «Lion» yetakchisi endi Braziliya milliy jamoasiga o‘z futbolkasiga oltinchi yulduzni tushirish yo‘lida yordam berish harakatida. E’tiborli tomoni, «pentakampeonlar» 12 noyabr kuni aynan Lukasning yagona goli evaziga Kolumbiya termasini yengish asnosida 2022 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilishdi. Liga 1 (Fransiya chempionati)da tobora yorqin to‘p surayotgan futbolchi yaqinda FIFA rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berib, jonajon oroli tabiatini alohida ta’rifladi. Shuning barobarida ispaniyalik Xavi va Andres Inyesta o‘yinlarini kuzatib, ko‘p narsa o‘rgangani, Tite orzu qilgan hujumkor yarim himoyachiga aylanishga harakat qilayotgani va Neymar bilan birga o‘ynash qandayligi haqida gapirib berdi.

- Paketa orolidagi hayotingiz haqida nimalarni aytib bera olasiz?

- Odamlar meni doim Tarzanga o‘xshatishardi. Chunki na oyog‘imda poyafzal va na ustimda kiyim bo‘lardi. Orolda ob-havo hamisha qulay,  quyoshli. Paketa - ta’til uchun ajoyib joy. Shunday osuda va go‘zal orolda ulg‘ayganim - baxtim. Paketa oroliga hamisha qadr­don uyimdek qarayman. Bolaligim chindan ham, o‘zgacha o‘tgan - do‘stlarim bilan o‘yin-kulgudan sira bo‘shamasdik, eh, takrorlanmas damlar... Xullas, gap faqat familiyamda emas, Paketa yuragim bilan ham bevosita bog‘liq.

- «Flamengo» mashg‘ulotlariga qanday qo‘shilgansiz?

- Deyarli kun bo‘yi uyda bo‘lmasdik. Men kechgacha Gaveada, akam esa tushdan keyin Ninxoda shug‘ullanardi. Bobom bizni olib bora oladigan yagona inson edi. Shunday qilib, ertalab soat 9da uydan chiqib, qayiqqa o‘tirardik. Avvaliga akamning mashg‘ulotlarini tomosha qilardik. Keyin ular menga hamroh bo‘lib, futbol maktabiga borishardi. Ortga esa yarim tunda, oxirgi qayiqda qaytardik. Darhaqiqat, mashaqqatli yo‘l, lekin orzuga erishish ishtiyoqi baland edi. Bobomni haqiqiy tog‘dek eslayman. U bizni professional darajada ko‘rish maqsadida barcha qiyinchiliklarni bosib o‘tdi. Afsuski, unga kamolotimizni ko‘rish nasib etmadi. Muhimi, bobom bizni maqsad sari yo‘naltira oldi. Agar tirik bo‘lganida, hozirgi holatimizdan chinakamiga faxrlanardi, menimcha.

- Ayni payt bo‘yingiz 180 santimetrga yetibdi, vaholanki, 15 yoshda bu ko‘rsatkich atigi 153 santimetrga teng bo‘lgan ekan. Nisbatan past bo‘y tufayli futbolchi sifatida muvaffaqiyat qozonolmasligingizdan xavfsiramaganmisiz?

- Ochig‘i, aynan bo‘y masalasida ancha azob chekkanman - juda og‘ir sinov. Hattoki, o‘yinlar davomida bo‘yim pastligidan qandaydir bosimni his qilardim. Yo‘q, aslida hech kim bu borada menga jiddiy gapirmagan, shunchaki, o‘zim noqulaylik sezardim, negadir tushkun holatga tushardim. Esimda, ko‘pincha uyga qaytishda yig‘lab olardim. Eng muhimi, bobom, onam va otamning daldalari bilan orzuga ishonishda davom etdim. Hamisha qalbim tubidan sado chiqardi: «Kun kelib albatta, muvaffaqiyatga erishasan».  Chunonchi, har doim ishga fidoyilik bilan yondashardim, maqsad yo‘lida taslim bo‘lmasligimni yaxshi bilardim. Ha, juda og‘ir yo‘lni bosib o‘tishimga to‘g‘ri keldi, asosiysi, hammasiga chidadim va natija yomon bo‘lmadi.

- Titening JCH-2018 uchun tuzgan dastlabki ro‘yxatiga kirgandingiz. Jahon chempionatiga shunchalik yaqinlashib, yakunda unda qatnashmaslik alam uyg‘otmadimi?

- Yo‘q. To‘g‘risini aytish kerak, Braziliyada 30talik ro‘yxatga kirishning o‘zi - katta sharaf. Bu ham bir g‘alaba, chunki ancha yosh edim. Aniqroq aytsak, endigina «Flamengo» tarkibiga o‘rnashgandim. Shuning uchun nazarga tushganimni muvaffaqiyat sifatida qabul qilganman.

- Braziliya termasiga mundial chiptasini tortiq etgan gol muallifiga aylanish qanday ekan?

- «Selesao» libosida gol urish har doim o‘zgacha ehtiros uyg‘otadi. Kolumbiya termasi darvozasiga urilgan gol esa - men uchun «selesao» tarkibidagi eng haya­jonli lahza. Umid qilamanki, bu libosda hali ko‘p ishlarni bajaraman.

- Endi jahon chempionatida o‘ynashni tasavvur qilyapsizmi?

- Bu eng katta orzum, albatta. Bolaligimdan mundial o‘yinlarini qiziqish bilan kuzataman. O‘ylaymanki, har bir futbolchi jahon chempionatida o‘ynash orzusi bilan yashaydi, jumladan, men ham shundayman. Bu orzuni kelasi yili chiroyli tarzda ro‘yobga chiqarishdan umidvorman.

- Tanqidchilar orada ma’lum muddat Braziliya futbolida vaziyat yaratadigan va gol ura oladigan yarim himoyachi yo‘qligini aytishdan charchashmadi. Keyin Paketa sahnaga chiqdi. Xo‘sh, futbolchi sifatidagi taraqqiyotingizni aynan nima bilan bog‘laysiz?

- Tushunarliki, hozirgi darajaga yetish uchun ko‘p ter to‘kdim. Har bir joyda nimadir o‘rgandim va bu o‘yinni rivojlanishimda rosa qo‘l keldi. Menimcha, endi yorqin futbolchilar qatoridaman. «Lion» klubi va Braziliya terma jamoasidagi yigitlar tufayli o‘yinni yanada yaxshiroq tushunyapman. O‘ylaymanki, hozir yuqori sport formasidaman. «Barselona»ning o‘sha mashhur davrida Andres Inyesta va Xavi kabi ijrochilar o‘yin­larini ko‘p kuzatardim, ulardan ancha-muncha jihatlarni o‘zlashtirdim. O‘sha jamoa juda aqlli edi. Hamisha o‘yinga aynan Inyesta va Xavidek kirishishga harakat qilaman, biroq hali ularning darajalariga yaqinlashmaganim ham aniq. Muhimi, imkon qadar o‘rgandim, o‘rganyapman. Xususan, maydonda qaror qabul qilishda xotirjamlikni saqlab qolish masalasida.

- Neymar bilan birga o‘ynashni qanday tavsiflaysiz?

- Neymar - chin kumir. Uning o‘yinidan, insoniyligidan hamisha qoyil qolganman. Ney bilan o‘ynash hammaga ham nasib qilavermaydi va kelajakda farzand­larimga bu haqda to‘lqinlanib gapirib berishim tayin. Xullas, Neymar bilan birga o‘ynab, «selesao»ga yordam berish - olam-olam zavq, katta sharaf. Ishonamanki, hamkorligimiz uzoq davom etadi va hali braziliya­lik muxlislarni quvonchli damlar bilan ko‘p siylaymiz.

- «Selesao»ni hisobga olmaganda, dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi terma jamoasi qaysi?

- Fransiya termasi ajoyib tarkibga ega. Fransuzlar - bo‘lajak jahon chempionatining bosh favoritlari qatoridalar, shubhasiz. Darhaqiqat, o‘ta kuchli jamoa. Boshqa terma jamoalarda ham ajoyib futbolchilar bor, ammo aynan Fransiya termasiga «selesao»ning asosiy raqibi, eng katta sinov sifatida qarayapman. Agar mundialda fransuzlar bilan uchrashsak, ajoyib o‘yin bo‘ladi.

- Hozirgi kunda dunyoning eng kuchli futbolchisi kim, sizning­cha?

- Levandovski. Uning gollariga qarang...

PAKETA - LIGA 1 LAUREATI

Lukas Paketa Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. «Lion»ning 24 yoshli yarim himoyachisi maxsus so‘rovda 49 foiz ovoz jamg‘arib, «Renn» hujumchisi Gaetan Lyabord (39 foiz) va «Nissa» vakili Andi Delor (15 foiz)ni ortda qoldirdi. Paketa o‘tgan oy Liga 1ning 4ta o‘yinida 2ta golga assistentlik qilganini qo‘shimcha qilish o‘rinli.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:15, 26.11.2021. O'qildi: 2592 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик