Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Navbahor»: Mavsum–2021da tepilgan penaltilar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Quyida penaltilar borasida to‘xtalib o‘tamiz.    

Coca Cola Superliga – 2021 mavsumida uchrashuv hakamlari “lochinlar”  darvozasiga 4 ta o‘yinda 11 metrli jarima zarbasi belgilashdi va raqib futbolchilari barcha penaltilarni golga aylantira olishdi.

Yakunlangan mavsumda jamoa darvozasiga dastlabki 11 metrli jarima zarbasi Toshkentda 14 mart kuni “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bahsda belgilandi (Coca Cola Superliga. 2-tur. “Lokomotiv” – “Navbahor” – 1:2).

Ta’kidlash joizki, mazkur bellashuvda uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov har ikki jamoa darvozasiga 3 ta penalti belgiladi – 2 ta mezbonlar va 1 ta mehmonlar darvozasiga (“Navbahor” foydasiga belgilangan penaltilar borasida quyida batafsil to‘xtalamiz).

36-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov VARga murojaat qilgan holda, “temiryo‘lchilar”ning navbatdagi hujumlaridan birida to‘p jarima maydonchasi ichida “Navbahor” futbolchilaridan birining qo‘liga tegdi deb hisobladi hamda “lochinlar” darvozasiga penalti belgiladi. O‘n bir metrli jarima zarbasini “Lokomotiv”ning tajribali yarim himoyachisi G‘ulom-Haydar G‘ulomov aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi (bungacha jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov penaltidan gol urib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqandi) – 1:1.

Biroq ushbu gol “temiryo‘lchilar”ga durangni saqlab qolish uchun yetarli bo‘lmadi va 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushirilgan “Navbahor”ning tojikistonlik yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe 75-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritib, jamoamizning poytaxtdan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishini ta’minladi.                  

“Lochinlar” darvozasiga navbatdagi – ikkinchi penalti Olmaliqda 2 aprel kuni AGMK bilan bo‘lgan bahsda belgilandi (Coca Cola Cuperliga. 4-tur. AGMK – “Navbahor” – 2:1).

O‘sha o‘yinning 26-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Akobirxo‘ja Shukurullayev “lochinlar” o‘z jarima maydonchalari ichida mezbonlarning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyanga nisbatan qo‘pollik ishlatishgan deb topdi va “Navbahor” darvozasiga penalti belgiladi. O‘n bir metrli jarima zarbasini esa AGMK sardori Sanjar Tursunov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:1.

Garchi 44-daqiqada jamoamizning serbiyalik yarim himoyachisi Slavisha Stoyanovich penaltidan muvozanatni tiklagan bo‘lsada (bu haqda quyiroqda batafsil to‘xtalamiz), 71-daqiqada mezbonlarning tajribali yarim himoyachisi Shohruh Gadoyev hisobni 2:1 ga yetkazib, olmaliqliklarning g‘alabasini ta’minlagandi.

“Navbahor” darvozasiga ikkinchi 11 metrli jarima zarbasi Namanganda 7 aprel kuni “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yinda belgilangan (Coca Cola Superliga. 5-tur. “Navbahor” – “Paxtakor” – 1:2) va bu ancha shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

O‘sha uchrashuvning 84-daqiqasi kechayotgan, hisob durang – 1:1 bo‘lib turgan  paytda, poytaxtliklarning hujumlaridan birida mehmonlar hujumchisi Sardor Rashidov mezbonlar jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Ushbu vaziyatga avvaliga uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov e’tibor qaratmadi hamda o‘yinni davom ettirdi. Biroq keyinchalik VAR hakami Aziz Asimovning talabiga ko‘ra, o‘yinni to‘xtatdi va VARni ko‘rishga qaror qildi. Norsafarov Rashidov yiqilgan vaziyatni ancha muddat tomosha qilib, keyin o‘sha holatda Sardorga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgan deb topdi va jamoamiz darvozasiga penalti belgiladi. O‘n bir metrli jarima zarbasini esa “Paxtakor” to‘purari Dragan Cheran aniq amalga oshirib, “sherlar”ga g‘alaba keltirdi – 1:2.

Bir so‘z aytganda, uchrashuv asosiy vaqtining so‘nggi daqiqasida belgilangan ushbu penalti o‘yin taqdirini hal qildi.

“Lochinlar” darvozasiga so‘nggi – uchinchi 11 metrli jarima zarbasi esa  Namanganda 20 iyun kuni “Mash’al” bilan bo‘lgan o‘yinda tepildi (Coca Cola Superliga. 10-tur. “Navbahor” – “Mash’al” – 2:1).

Mazkur bahsning 65-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Vadim Agishev mezbonlar o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatishdi, deb topdi va “Navbahor” darvozasiga penalti belgiladi.

O‘n bir metrli jarima zarbasini esa muborakliklarning tajribali hujumchisi Humoyun Murtazoyev aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirdi – 2:1 (bungacha Bahrom Abdurahimov (45) va Ivan Solovyov (61) “Mash’al” darvozasiga gol urishgan hamda “lochinlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishayotgandi).

Qisqasi, ushbu penalti bellashuv natijasiga hech qanday ta’sir o‘tkazmadi va jamoamiz g‘alabani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Hakamlar tomonidan “Navbahor” foydasiga 5 ta penalti belgilandi va vakillarimiz undan 4 tasini golga aylantirishdi.

“Lochinlar” tomonidan amalga oshirilgan dastlabki 11 metrli jarima zarbalari ta’kidlaganimizdek, Toshkentda “Lokomotiv” bilan bo‘lgan uchrashuvda amalga oshirildi.

Mazkur bahsning 13 va 72-daqiqalarida uchrashuv bosh hakami Zokir Qodirov “temiryo‘lchilar” darvozasiga penalti belgiladi.

Har ikki o‘n bir metrli jarima zarbasini jamoamiz sardori hamda shtatli penaltichisi Azimjon Ahmedov amalga oshirdi. Ahmedov dastlabki penaltidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa (0:1), keyingisida “Lokomotiv” darvozaboni Javohir Ilyosov o‘z mahoratini namoyish etib, to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha paytda o‘yinda durang – 1:1 hisobida qayd etilayotgandi.

Lekin bu uchrashuv taqdiriga ta’sir o‘tkazmadi va qayd etganimizdek, Ehsoni Panshanbe 75-daqiqada mezbonlar darvozasini aniq nishonga olib, “lochinlar”ning g‘alaba to‘piga mualliflik qildi – 1:2.    

Vakillarimiz navbatdagi penaltini Olmaliqda AGMK bilan bo‘lgan o‘yinda amalga oshirishdi.

Ta’kidlaganimizdek, AGMKga qarshi bahsning 44-daqiqasida “Navbahor”ning navbatdagi hujumidan so‘ng, to‘p AGMK futbolchisining qo‘liga tegdi. Uchrashuv bosh hakami Akobirxo‘ja Shukurullayev  VARga murojaat qilib, mezbonlar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini jamoamizning serbiyalik hujumchisi Slavisha Stoyanovich aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 1:1.

Biroq qayd etganimizdek, 71-daqiqada mezbonlarning tajribali yarim himoyachisi Shohruh Gadoyev hisobni 2:1 ga yetkazib, olmaliqliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Vakillarimiz navbatdagi penaltini uzoq kutishlariga to‘g‘ri keldi va u Namanganda 5 noyabr kuni bekobodliklarga qarshi kechgan bahsda yuz berdi (Coca Cola Superliga. 24-tur. “Navbahor” – “Metallurg” – 1:0).

Mazkur bahsning 86-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashev Shohruh Mahmudhojiyevga nisbatan mehmonlar o‘z jarima maydonchalari  ichida o‘yin qoidasini buzishdi deb topdi hamda “Metallurg” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini Azimjon Ahmedov aniq amalga oshirib, “lochinlar”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi – 1:0.

Jamoamiz a’zolari  so‘nggi 11 metrli jarima zarbasini yakunlangan mavsumning oxirgi turida tepishdi (Coca Cola Superliga. 26-tur. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 2:3).

Namanganda 27 noyabr kuni qo‘qonliklar bilan kechgan o‘yinning qo‘shimcha daqiqalari davom etayotgan paytda jamoamizning navbatdagi hujumlaridan birida to‘p raqib jarima maydonchasi ichida mehmon futbolchilaridan birining qo‘liga tegdi, deb hisoblagan uchrashuv bosh hakami Abdurashid Xudoyberganov “Qo‘qon-1912” darvozasiga penalti belgiladi.

Uni jamoamizning serbiyalik yarim himoyachisi Boyan Naydenov aniq amalga oshirdi. Biroq ushbu 11 metrli jarima zarbasi hisobning qisqarishiga olib keldi, xolos – 2:3. Boisi, ushbu penaltiga qadar, qo‘qonliklar 3:1 hisobida zafar quchishayotgandi.

Qisqasi, “Navbahor”ning mavsum – 2021 da  penaltidan urilgan gollariga Azimjon Ahmedov (2 ta), Slavisha Stoyanovich va Boyan Naydenov mualliflik qilishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:36, 14.12.2021. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.