Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” yolg‘iz emas. O‘z mamlakat kuboklarini erta tark etgan top-klublar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2021/22 yilgi mavsum qizg‘in pallaga kirdi. Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Biroq, ko‘plab top-jamoalar turnirlardagi kurashlarini yakunlab bo‘lishgan.

Hozir esa sizlarga mamlakat kuboklarida ishtirokini erta to‘xtatgan mashhur jamoalar haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Ispaniya

“Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Sevilya” - 1/8 finalda musobaqani tark etishdi

Bir necha kun avval, aniqrog‘i 20 yanvar kuni Ispaniyaning ikki grandlari – “Real” va “Barselona” ishtirokida Ispaniya kubogi 1/8 finalining ikkita o‘yini bo‘lib o‘tdi.

“Qirollik klubi” “Elche”ga qarshi o‘yin olib bordi (2:1). “Real” bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsa-da, iroda ko‘rsatib, ekstra taymda raqibini mag‘lb etdi. Kataloniyaliklar esa “Atletik”ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi (2:3).

Kubokning amaldagi sohibi “Barselona”dan bir kun avval Ispaniyaning amaldagi chempioni ham turnirni tark etdi. Madridning “Atletiko” klubi mehmonda “Real Sosyedad”ga qarshi maydonga tushdi va ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi (0:2).

“Sevilya” — “Betis” uchrashuvi muxlislar tartibsizligi sabab, muddatidan oldin to‘xtatilgandi. Ertasi kungi o‘yinda esa omad “qizil-oqlar”dan yuz o‘girdi. Chunki, bir kun oldingi uchrashuvda Xulen Lopetegi shogirdlari 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Ammo, ikkinchi o‘yinda “Sevilya” 1:2 hisobida “Betis”ga imkoniyatini boy berib qo‘ydi.

 

Germaniya

“Bavariya”, “Bayer” - 1/16 finalda musobaqani tark etishdi.

Germaniya kubogining 2-bosqichida, shuningdek milliy chempionat va Chempionlar ligasida anchagina muvaffaqiyat qozonayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi bilan to‘qnash keldi.

O‘yin 2021 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Gladbaxliklar nafaqat g‘alaba qozonishdi, balki yirik hisobda ham g‘alaba qozongani ham kutilmagan bo‘ldi – 5:0. O‘sha uchrashuvda Rami Bensebaini va Brel Embolo dublga erishgan bo‘lsa, Kuadio Kone o‘zi hisobiga bir gol yozib qo‘ydi.

“Bayer” o‘tgan yilning oktyabr oyida o‘z uyida Bundesliganing ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi “Karlsrue” bilan to‘qnash keldi. “Dorichilar” o‘yinning 4-daqiqasidayoq gol o‘tkazib yuborishdi. Ikkinchi taym boshida leverkuzenliklar javob golini kiritishdi, biroq oradan 10 daqiqa o‘tib  “Karlsrue” yana bitta gol urdi va “Bayer”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

E’tiborlisi, bu klub turnirdagi ishtirokini hamon davom ettirmoqda.

“Borussiya M”, “Borussiya D” - 1/8 finalda musobaqani tark etishdi.

“Bavariya” ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng, “Borussiya M” 1/8 finalda “Gannover 96”ni bemalol yuta olishi kutilgandi. Ammo, ochig‘i, Gladbax klubi kutilgan natijani amala ko‘rsata olmadi – jamoa 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi o‘yinini yakunladi.

Bundesliganing ikkinchi ligasi ishtirokchisi “Sankt-Pauli” Dortmundning “Borussiya” jamoasini sensasion tarzda mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq “asalarilar” 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgandi.  Ikkinchi taymda dortmundliklar bitta javob golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo Marko Rouzning shogirdlari boshqa raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi va turnirni juda erta tark etdi.

 

Angliya

“Arsenal”, “Nyukasl” - uchinchi bosqichda musobaqadan chiqib ketishdi

8 yanvar kuni “Nyukasl” o‘z maydonida Angliya birinchi ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turgan “Kembrij Yunayted”ni qabul qildi.

Ushbu o‘yin natijasini Jo Ayronsaydning 56-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi va bu gol “qarg‘alar”ni turnirdan chiqarib yubordi.

Londonning “Arsenal” uchun ham bu bosqich omadsiz bo‘ldi. “To‘pchilar” ham juda oson raqib, Chempionshipda 10-o‘rindagi “Nottingem Forest”ga imkoniyatni boy berib,  turnirni tark etdi.

“Nyukasl” bilan bo‘lgan uchrashuv kaib, bu o‘yin natijasini ham dagi 83-daqiqasida Lyuis Grabban tomonidan kiritilgan bitta hal qildi.

 

Belgiya

“Genk” - 1/8 finaldayoq chiqib ketdi

2021 yilning dekabr oyida turnirning 1/8 finali doirasidagi o‘yinda “Genk” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qildi. Bahs juda shiddatli kechdi. Asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etildi.

“Genk” g‘alabaga yaqin turgan edi, biroq “Bryugge” uchrashuv yakuni oldidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yin ekstra taymga ko‘chdi.

Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda gol ura olmadi va natijada g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotareyada “Bryugge” futbolchilari omadliroq chiqishdi – 5:3.

 

Fransiya

“Lill”, “Renn” 1/16 finalda musobaqani tark etishdi

“Renn” 2 yanvar kuni mehmonda Liga—2 vakili “Nansi”ga qarshi bahs olib va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar 58-daqiqada oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tib “Nansi” hisobni tenglashtirdi. Bu uchrashuvda ham g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Bunda omad “Renn”dan yuz o‘girdi va musobaqani erta tark etdi.  

Liga—1 musoabaqasining amaldagi chempioni 4 yanvar kuni 1/16 final bosqichida “Lans”ga imkoniyatni boy berib, o‘z yurishini erta yakunladi. Uchrashuvning birinchi bo‘limdan so‘ng “Lill” 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Lans” bittajavob to‘pi kiritdi va asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga erishdi.

Penaltilar seriyasida esa omad “Lans”ga kulib boqdi — 4:3.  

 

Italiya

“Napoli” - 1/8 finalda Italiya kubogi bilan xayrlashdi

Neapolliklar 13 yanvar kuni 1/8 final doirasida “Fiorentina”ni qabul qildi.

O‘yin juda qizg‘in kechdi. Sababi, “binafsharanglilar” 41-daqiqada o‘yindagi hisobni ochishdi, biroq bir necha daqiqadan so‘ng “Napoli” hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda, “Fiorentina” darvozaboni Bartlomey Drongovski o‘yindan chetlatildi.  

Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi, ammo ikkinchi bo‘lim oxirrog‘ida Irving Losano qizil kartochka oldi, keyinchalik Fabian Ruis ikkinchi ogohlantirish oldi va neapolliklarni 9 kishi bo‘lib qolishdi. Ammo “Napoli” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga ko‘chirishdi.

Ammo "Fiorentina" ekstra taymlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatib, uch ta gol urib, “Napoli”ni turnirdan chiqarib yubordi.

 

Niderlandiya

“Feyenoord” - 1/16 finalda turnirni tark etdi

“Feyenoord” 15 dekabr kuni kubok doirasida “Tvente”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishgan bo‘lsa-da, biroz vaqt o‘tib o‘zlari gol o‘tkazib yubordi.

O‘yin qo‘shimcha taymga cho‘zildi va “Tvente” 114-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi va keyingi bosqichga chiqdi.

 

Portugaliya

“Benfika” - 1/8 finalda kubokdan chiqib ketdi

12 dekabr kuni Portugaliya kubogi doirasida Lissabonning “Benfika” klubi safarda “Portu”ga qarshi o‘ynadi. O‘yindagi hisob 1-daqiqada portulik futbolchilar tomonidan ochildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, klub 2-golini urishdi. 31-daqiqada “Portu” uchinchi golni urdi va o‘zini to‘liq ustunligini ta’minladi va mazkur natija o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi. Shunday qilib, “Benfika” ham Portugaliya kubogi bilan juda erta xayrlashdi.

 

Turkiya

“Galatasaroy” - 1/16 finalda Turkiya kubogini tark etdi

Turkiya Superligasi grandlaridan biri mamlakat kubogi 5-bosqichi doirasida Turkiya birinchi ligasining turnir jadvalida 18-o‘rinda borayotgan “Denizlispor”ni qabul qildi. O‘yin 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Mehmonlar 9-daqiqadayoq gol urishdi, ammo “Galatasaroy” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Birinchi bo‘lim oxirida “Denizlispor” o‘yindagi hisobni yana bittaga oshirdi va tanaffusga peshqadam sifatida yo‘l oldi.

Ikkinchi taym oxirigacha hisob 3:3 hisobi qayd etildi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda omad mehmonlarga kulib boqdi.

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 20:45, 22.01.2022. O'qildi: 6511 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.