Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Grandlar o‘rtasidagi “talash” yoxud Liga—1 amaldagi chempioni “Lill” borgan sari “parchalanmoqda”

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan mavsumda “Lill” Fransiya chempioniga aylanib, butun Yevropa muxlsilarini lol qoldirgan bo‘lsa kerak. Klub PSJni 1 ochko ortda qoldirib, parijliklardan Liga—1 bosh sovrinini tortib oldi. “Lill” chempion bo‘lishidan oldin ham bu muvaffaqiyat yangi mavsumda takrorlanmasligi aniq edi. Jamoaning o‘sha paytdagi ustozi Kristof Galtye klubni tark etishini oldindan ma’lum qilgandi. Murabbiy ortidan “Lill”ning muhim futbolchilar klubni tark eta boshladi.

Chempionlikni qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasiga chiqqaniga qaramay, klub jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi. “Itlar” hamon iqtidorli futbolchilarini sotishga majbur, ammo bu ishning mohiyatini o‘zgartirmaydi. Kelgusi mavsum boshiga qadar “Lill”ning chempion bo‘lgan tarkibining deyarli barchasi tarkibda bo‘lmasligi aniq. Shunday qilib, amaldagi chempionlarning tarkibidan kimlar ketdi va ketish arafasidagilar haqida ma’lumot beramiz.

 

“Lill”ni allaqachon kimlar tark etgan?

Mayk Menyan

Menyan o‘tgan mavsumda “Lill”ning chempionligiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Iqtidorli darvozabon har doim chempionlik uchun kurashayotgan jamoa uchun muhim hisoblanadi. Oxirgi mavsumda Mayk Liga—1’dagi 38 ta uchrashuvning 21 tasini nolga o‘ynadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha liganing eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha 0,61 ta gol o‘tkazib yubordi va bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

“Itlar” Liga—1’ning o‘tgan mavsumini urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha +41 natija qayd etdi. Bu 1995 yildan beri klub tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi. Biroq, “Lill” o‘zining eng yaxshi futbolchilaridan birini tarkibda saqlab qola olmadi. Yozda fransiyalik futbolchi “Milan”ga 14,3 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi.

 

Luis Araujo

Araujo 2017 yildan beri “Lill” safida to‘p tepadi. Bu vaqt davomida Luis fransuz klubida rotasiya o‘yinchisi edi, lekin u muntazam ravishda jamoaga foyda keltirgan. O‘tgan mavsumda futbolchi Liga—1 musobaqasida 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rotasion o‘yinchi uchun yomon natija emas.

Balki braziliyalik vinger “itlar” uchun asosiy o‘yinchi bo‘lmagandir, ammo uning tarkibda borligi, klub uchun foydali bo‘lishi aniq edi. Biroq, Araujo 11 million yevro evaziga “Atlanta Yunayted”ga o‘tdi.

 

Jonatan Ikone

Ikone uchun chempionlik mavsumi unchalik sermahsul o‘tmadi, ammo u ham jamoaning kuchayishiga yordam bergan. Futbolchi Galtyening taklifi bilan, “Monpelye”dan   “Lill”ga ko‘chib o‘tgandi. Fransiyalik vingerning tarkibda bo‘lishi, hozirda og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan jamoa uchun foydali bo‘lardi.

Ammo, yanvar oyida “itlar” futbolchini “Fiorentina”ga 14 million yevrogasotib yuborishdi. Ikone garchi “binafsharanglilar” safida allaqachon golli uzatma amalga oshirgan bo‘lsa-da, hali ham yangi chempionatga adaptasiya davrini o‘tkazmoqda.

 

Yusuf Yazidji

Yazidji transferi yaqinda amalga oshdi.  Bir necha kun oldin futbolchi Moskvaning SSKA klubiga ijara asosida o‘tdi. Rossiya klubi futbolchini sotib olish huquqi bilan, mavsum so‘nggiacha ijaraga oldi. Fransuzlarning turk futbolchisini ijaraga berish qarori biroz g‘alati ko‘rinadi. O‘tgan mavsumda yarimhimoyachi har bir uchrashuvda o‘rtacha 34 daqiqa vaqt o‘tkazganiga qaramay, Liga—1da gol+pas tizimi bo‘yicha 11 ochko jamg‘ardi. Joriy mavsumda futbolchi unchalik sermahsul o‘ynamagan, ammo baribir tarkibda bo‘lishi ortiqchalik qilmasdi.

 

Yana kimlar “Lill”ni tark etishi mumkin?

Sven Botman

Botman o‘zining “Lill”dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda, ammo bu uning ushbu klubdagi oxirgisi bo‘lishi mumkin. Gollandiyalik futbolchining ketishi, jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. O‘tgan mavsumda Sven “Lill”ning asosiy himoyachisi bo‘lgan va chempionlikka katta hissa qo‘shdi. Joriy mavsumda ham u fransuz klubida samarali harakatlari bilan ajralib turibdi.

Futbolchi Liga—1’ning 14 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, bu esa markaziy himoyachi uchun yomon natija emas. “Itlar” futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti. Hozircha futbolchiga “Milan” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo, tez orada Botman “Lill”da ko‘p qolib ketmasa kerak va katta ehtimol bilan yozda u jamoa bilan xayrlashadi.

 

Jonatan Devid

Devidning holati Botmannikiga o‘xshab ketadi. Kanadalik futbolchi “Lill”dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda, ammo yozda klubni tark etish ehtimoli yuqori. Futbolchining agenti allaqachon bu borada bayonot bergan. Yosh hujumchining ketishi jamoa o‘yiniga jiddiy ta’sir qiladi. So‘nggi mavsumda hujumchi 13 ta gol urdi va bu “itlar”ga chempionlik uchun kurashda sezilarli yordam berdi. Joriy mavsumda ham allaqachon 12 ta gol urishni uddalagan. Ayni damda, Devid Vissam Ben Yedder bilan birga Liga—1ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri hisoblanadi. Futbolchiga “Real”, “Chelsi”, “Barselona” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda. “Lill”da futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolish uchun deyarli imkoniyati yo‘q.

 

Renatu Sanches

“Bavariya”dagi yomon mavumlardan so‘ng, Sanches “Lill”ga ko‘chib o‘tdi va bu uning uchun yaxshi qaror bo‘ldi. Portugaliyalik Galtyedan munosib o‘yin amaliyoti oldi va hozir ham yangi murabbiy qo‘l ostida muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. E’tiborlisi, yarimhimoyachi gol+pas tizimida 4 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Sanchesning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar o‘tgan yozda paydo bo‘lgandi. Futbolchiga “Liverpul”, “Arsenal” va “Milan” klublari qiziqish bildirmoqda. OAV xabariga ko‘ra, “rossonerilar” futbolchi uchun “itlar” bilan muzokaralar olib bormoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 16:01, 23.01.2022. O'qildi: 4242 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик