Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omadli va omadsiz xaridlar. “Manchester Yunayted” tarixidagi eng qimmat transferlar (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Stadion.uz” nashri “Manchester Yunayted” tarixidagi eng qimmat 10 ta tranfer haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

10. Rio Ferdinand “Lids”dan “Manchester Yunayted”ga – 46 million yevro

2002 yilning yozida dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilaridan biri ingliz Rio Ferdinand edi. “Manchester Yunayted” 23 yoshli Ferdinandni 46 million yevro evaziga sotib oldi. O‘sha paytda Rioday o‘yinchi uchun bunday pul to‘lash tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsa edi. Rio Ferdinand “qizil iblislar” safida 12 yil davomida to‘p tepdi. Bu vaqt ichida u 6 marta Premyer-liga va 2008 yilgi Chempionlar ligasida, jami 19 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. “Manchester Yunayted” tarkibida Ferdinand 454 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan.

 

9. Aaron van Bissaka “Kristal Pelas”dan “Manchester Yunayted”ga  – 55 million yevro

2019-2020 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” Aaron van Bissakani o‘z safiga qo‘shib oldi. U APLning eng kuchli va istiqbolli himoyachilaridan biri hisoblangan va u buni amalda ham isbotlab kelmoqda. Mankunianliklar o‘sha paytdagi Angliya yoshlar terma jamoasi futbolchisi uchun transfer bozoridagi qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan 55 million yevro to‘lashdi. E’tiborli tomoni, ushbu sotuv “Kristal Pelas” o‘z tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.

 

8. Fred “Shaxtyor”dan “Manchester Yunayted”ga – 59 million yevro

Sakkizinchi o‘rindan braziliyalik yarimhimoyachi Fredning transferi joy oldi. U Doneskning “Shaxtyor” klubidan 59 million yevro evaziga “qizil iblislar” safiga ko‘chib o‘tdi (Ukraina klubi tarixidagi rekord transfer). Biroq, futbolchi Ukraina Premyer-ligasida va Yevropa maydonlarida ko‘rsatgan o‘yinini Manchesterda namoyish eta olmadi. Fred Mourinyoning noroziligi va Sulsher kelishi bilan asosiy tarkibda unchalik ko‘p ko‘rinish bermay qoldi. Lekin, ushbu mavsumda futbolchi avvalgilariga qaraganda ancha yaxshi o‘yin namoyish etmoqda va hozirgacha 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Umuman olganda, yuqoridagi natija avvalgilariga qaraganda ancha yaxshi.

 

7. Antoni Marsyal “Monako”dan “Manchester Yunayted”ga - 60 million yevro

Reyting yettinchi pog‘onasida fransiyalik hujumchi Antoni Marsyal joylashgan. Fransiyalik futbolchi yetti yildan beri mankunianliklar sharafini himoya qilmoqda. Avvaliga u asosiy tarkibda o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadi, ammo bosh murabbiy almashishi bilan Marsyal ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi. Biroq, ushbu mavsumda Krishtianu Ronalduning MYUga qaytishi, Antoni uchun yaxshi bo‘lmadi va hozirda yana zaxira futbolchiiga aylandi. Umuman olganda, fransuz “qizil iblislar” safida 269 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urgan va 50 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

6. Bruno Fernandesh “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga, – 63 milion yevro

Portugaliyaning “Sporting” klubidagi ajoyib o‘yinlaridan o‘ng, “Mancheter Yunayted” Fernandeshga qiziqish bildira boshladi. 2019-2020 yilgi mavsumda esa portugal rasman “qizil iblis”ga “aylandi”. Umuman olganda, Brunoning MYUga kelishi, klub uchun ancha foydali bo‘ldi. Chunki, futbolchi yarimhimoya pozisiyada o‘ynasa-da, ko‘plab gol va asistlar muallifiga aylangan. Fernadesh hozirgacha, “Manchester Yunayted” tarkibida 108 o‘yinda maydonga tushib, 47 ta gol va 38 ta asistni o‘zhisobiga yozdirib qo‘ygan. Shunchaki, ajoyib!

 

5. Anxel Di Mariya “Real”dan “Manchester Yunayted”ga – 75 million yevro

 

2014 yilning 26 avgust kuni “Manchester Yunayted” “Real” yulduzi Anxel Di Mariya bilan shartnoma imzoladi. Argentinalik futbolchi 75 million yevro evaziga Tumanli Albionga ko‘chib o‘tdi. “Qizil iblislar” tarkibida o‘tgan bir mavsum Di Mariya uchun juda omadsiz o‘tdi: 32 o‘yin, 4 gol, 12 golli uzatma. Bundan tashqari, futbolchi klubini o‘zgartirish istagini bildirgan. 2015 yilning yozida esa “Manchester Yunayted” argentinalik futbolchini PSJga 63 million yevroga sotib yubordi va shu tariqa klub futbolchi ortidan 12 million zarar ko‘rdi.

 

4. Romelu Lukaku “Everton”dan “Manchester Yunayted”ga – 84,7 million yevro

To‘rtinchi o‘rindan belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku joy oldi. 2017 yilning 10 iyulida mankunianliklar “Everton” hujumchisi bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qilib, transfer tafsilotlarini oshkor qildi. Transfer summasi salkam 85 million yevroni tashkil qildi. “Manchester Yunayted” bilan ikki yil davomida Lukaku 96 o‘yinda maydonga tushib, 42 gol urgan va 13 golga assistentlik qilgan. Keyinchali, futbolchi Italiyaning “Inter” klubiga o‘tdi va hozirda belgiyalik yana APLning “Chelsi” klubida o‘ynamoqda

 

3. Jeydon Sancho “Borussiya D”dan “Manchester Yunayted”ga – 85 million yevro

Uchinchi o‘rindan Angliya terma jamoasi futbolchisi Jeydon Sancho joy oldi. “Borussiya D”  Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga  naqd 85 million yevroni transfer qildi. Umuman olganda, futbolchining APLdagi ishlari yurishmagan va 2017 yilda salkam 8 million yevro evaziga nemis klubi safiga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsum avvalida futbolchi yana Angliya chempionatiga qaytdi.

 

2. Garri Maguayr “Lester”dan “Manchester Yunayted”ga  – 87 million yevro

“Manchester Yunayted”ning amaldagi sardori Garri Maguayr reytingimizning 2-pog‘onasidan joy oldi. Futbolchi “qizil iblislar” safiga “Lester Siti”dan ko‘chib o‘tdi. Mankunianliklar futbolchi uchun 87 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Umuman olganda, bu transfer MYU uchun omadli yoki omadsiz deb bo‘lmaydi. Chunki, Garri ba’zi paytlarda o‘ta ishonchli tarzda o‘yin namoyish etsa, ba’zan oddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.

 

1. Pol Pogba “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga - 105 mln yevro

“Manchester Yunayted”ning eng qimmat xaridlari reytingida birinchi o‘rinni fransiyalik markaziy yarimhimoyachi Pol Pogba egallab turibdi. 2016 yilning 9 avgustida mankunianliklar Pogba uchun “Yuventus”ga 105 million yevro to‘lashdi. Ushbu xarid ortidan“Manchester Yunayted” va futbolchining o‘ziga ko‘plab tanqidlarbo‘ldi. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, futbol olamida hali hech narsani qoyillatmananfutbolchi uchun bu juda katta summa bo‘lgan. Biroq, “Manchester Yunayted” transfer siyosatidagi mavjud tendensiyalardan kelib chiqib, futbolchi uchun shuncha pul to‘lagan. Pogba “Manchester Yunayted” safida 219 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urgan va 49 ta golga assistentlik qilgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:00, 23.01.2022. O'qildi: 3661 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик