Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 35
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 25
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” Dembele bilan, “Arsenal” esa Obameyang bilan murosaga kelolmayapti. Aslida nima bo‘lgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ba’zi klublar aql bovar qilmaydigan darajadagi iste’dodli, ammo qiyin xarakterga ega futbolchilarni sotib olish imkoniyati bo‘lsa-da, unday turdagi o‘yinchilarni xarid qilishda qo‘rqishadi. Boshqa turdagi jamoalar esa tavakkal qilib, ularni bir necha million yevro evaziga sotib olishadi. “Barselona” va “Arsenal” shunday xaridlarni amalga oshirgan va hozirda bundan qattiq afsuslanmoqda. Usmon Dembele va Pyer-Emerik Obameyang kabi futbolchilar yuqoridagi klublarga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lmoqda. Qizig‘i, har ikki futbolchi ham Dortmundning “Borussiya” klubidan “qizil-anorranglilar” va “to‘pchilar” safiga ko‘chib o‘tgan. “Stadion.uz” nashri nega ushbu klublar qishki transfer oynasi yopilgunga qadar, bu futbolchilardan qutulishga harakat qilayotgani haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

 

Dembele va “Barselona”

Kataloniya klubi direktori Mateu Alemanining aytishicha, Usmonning agentlari shartnomani olti oyga uzaytirish variantlarini rad etishgan va hujumchi kelajakda “Barsa” safida qolmoqchi emas. Shu sabab, klub Dembeledan tezroq qutulish kerak degan qatiy qarorga keldi. “Ko‘k-anorranglilar” hatto 31 yanvargacha uning ketishini amalga oshirish uchun ijara variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchi va uning agentiga jamoaga faqat fidoyi futbolchilar kerakligi aytilgan. Avvaliga bosh murabbiy Xavi Usmon “Barselona” yetakchisiga aylanishi mumkinligiga ishongandi. Biroq, futbolchi maoshini keskin darajada oshirishni istadi va kataloniyaliklar hozirgi moliyaviy muammolar sabab fransuz futbolchisini sotib yuborishga qaror qildi. Dembelening agenti “Barsa”dan mijozi uchun soliqlardan tashqari 43 million yevro maosh so‘radi.

Usmonning o‘zini zamonaviy futbolning asosiy yulduzi deb biladi va shuning uchun bu maqomga mos keladigan maosh so‘raydi. U “Barsa”dan 5 yil davomida 200 million yevroga yaqin pul ishlab olishni reja qildi. Futbolchi qishda ketish niyatida emas. Sababi, “Nyukasl”dan tashqari, unga da’vogar jamoalar deyarli yo‘q.

Yaqinda “Atletik”bo‘lgan bilan o‘yinda Dembele arizaga ham kiritilmagandi. Ma’lum bo‘lishicha, agar, Usmon jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, “Barsa” uni mavsum oxirigacha zahira o‘rindig‘iga mixlab qo‘yadi. Bu haqda unga shaxsan Xavining o‘zi aytdi. Bosh murabbiyga bunday futbolchilar kerak emas.

Dembele Dortmundda o‘zi yashagan kvartiraga zarar yetkazgani uchun uy egasi futbolchini sudga bergan, qolaversa fransuz tez-tez ovqat yeyishni va gazlangan suv ichishni yaxshi ko‘radi, tungacha “Playstation” o‘ynab, keyin mashg‘ulotlarga kechikib yuradigan odati ham bor. Bir marta jarohat olgandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tish o‘rniga, Senegalda dam olish uchun uchib ketgan. Aftidan, Dembele kataloniyaliklar tarixidagi eng katta xato transferdan biri bo‘lgan. Klub 2017 yilda futbolchining transfer narxi bor-yo‘g‘i 33 million bo‘lsa-da, “Borussiya”ga 140 million yevro bergan. “Barsa”ga o‘tgandan so‘ng, uning narxi naqd 120 million yevroga ko‘tarilgan edi, ammo, hozir futbolchining transfer bahosi roppa-rosa to‘rt baravar tushib ketgan (30 million yevro).

 

Obameyang va “Arsenal”

Dekabr oyi o‘rtalarida “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta noto‘g‘ri xatti-harakatlari tufayli Pyer-Emerik Obameyangni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilgan edi. U kasal bo‘lgan onasini ko‘rish uchun Fransiyaga uchib ketdi, ammo u va’da qilingan vaqtdan kechroq qaytib keldi va kelganidan so‘ng karantin qiodalariga rioya qilmadi. Dembele singari, Obameyang ham mashg‘ulotlarga kechikib kelishni yaxshi ko‘rardi. Bu haqda nafaqat Arteta, balki o‘sha paytda “Borussiya D” boshqaruvida ishlagan Tomas Tuxelga ham ma’qul kelmagan. Ikki hafta o‘tgach, Arteta hujumchini rejalariga kiritmasligini aytdi. Hatto, futbolchining o‘rniga sotib olinishi kerak bo‘lgan o‘rinbosarlar ro‘yxatini ham ma’lum qildi: Dushan Vlaxovich, Aleksandr Isak, Olli Uotkins va Dominik Kelvert-Lyuin. Hozirda gabonlik futbolchi “Arsenal”ning eng katta muammosi. To‘rt yil avval “kanonirlar” Dortmund klubiga 64 million yevro to‘lab, futbolchini sotib olgandi.

Dastlabki ikki yil davomida Pyer-Emerik yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo 2020 yilning kuzidan so‘ng barchasi izidan chiqib ketdi. Obameyang “Arsenal” bilan oyiga taxminan 1 million yevro maosh oladigan yangi shartnoma imzolashi bilanoq, gabonlikning o‘yin sifati tushib ketdi va buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Qiyinchiliklar 2021 yilning bahorida, Obameyang Gabon terma jamoasi safida bezgakka chalinganidan so‘ng yanada og‘irlashdi. Hozirda “Arsenal” futbolchini Afrika kubogida qatnashishiga ruxsat berdi, ammo u turnir boshlanishidan oldin yana karantin qiodalarina rioya qilmadi. U jamoadoshi Mario Lemina bilan tungi klubda niqobsiz dam oldi, shundan so‘ng ikkalasi ham koronavirusga chalinib qoldi. Qolaversa, ular klubdan erta tongda qaytib kelgan va mehmonxona xavfsizligi xodimlarini janjallashib qoldi. Gabon terma jamoasi federasiyasi futbolchilarni chetlatishdan boshqa chorasi qolmadi.

Obameyang zudlik bilan klub joylashgan bazaga qaytdi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. “Arsenal” ayni paytda unga xaridor qidirmoqda. Futbolchi allaqachon 32 yoshda ekanligini, uning katta moliyaviy talablari va yomon xulqi sabab, unga xaridor jamoalar soni chegaralangan. Hozircha faqat Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubidan taklif bor.

Ushbu muammolardan so‘ng, Obameyangning transfer narxi 15 million yevroga tushib ketdi, ammo “kanonirlar” futbolchi uchun oyiga 1 million yevro maosh to‘lamaslik uchun uni arzonroqqa sotishga ham tayyor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:19, 23.01.2022. O'qildi: 5664 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.