Afrika Millatlar kubogi 1/8 final bosqichi doirasida Marokash terma jamoasi Malavi jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin Yaunde (Kamerun) shahridagi «Stade Omnisport Ahmadou Ahidjo» stadionida bo‘lib o‘tdi va Marokash jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Malavi hujumchisi Frenk Mhango hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida Marokash terma jamoasi hujumchisi Yussef En-Nesiri hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada himoyachi Ashraf Hakimi Marokashni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa Marokash terma jamoasi Afrika Millatlar kubogining 1/4 finaliga chiqdi, Malavi terma jamoasi esa turnirdagi o‘yinini yakunladi. Turnirning chorak finalida Marokash terma jamoasi ertaga, 26 yanvar kuni o‘z uchrashuvini o‘tkazadigan Kot-d'Ivuar - Misr juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Marokash — Malavi – 2:1
Gollar: 0:1 – 7 Mango, 1:1 – 45 En-Nesiri, 2:1 – 70 Xakimi.
Marokash – Bunu, Xakimi, Saiss, Agerd, Mazina, Luza (Barkok, 80), Bufal (Munir, 81), Amrabat, Amalla, En-Nesiri (Abuxlyal, 88), El-Kaabi (Mmae, 53).
Malavi – Tomu, Sanudi (Deyvi, 79), Chembezi, Chaziya, Chirva, Mone (Firi, 45), Madinga (Fodya, 78), Banda, Idana (Ngalande, 79), Mango, Muyaba (Mbulu, 46).
Ogohlantirishlar: Madinga (33), Sanudi (60), Mango (69).