Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jorjina bilan tanishuv, Makgregor bilan qo‘shni bo‘lishi, ko‘plab mamlakatlardagi ko‘chmas mulk. Biz bilgan va bilmagan Krishtianu Ronalduning hayoti qanday?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianu Ronaldu 20 yil ichida o‘nlab jahon rekordlarini qayta yozgan va o‘z biznes imperiyasini qurgan tarixdagi eng buyuk sportchilardan biri. Biz sizga “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va Portugaliya terma jamoasi afsonasi qayerda va qanday yashashi haqida hikoya qilishga qaror qildik.

Krishtianu qancha maosh oladi?

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning boyligi taxminan 1,2 milliard dollarga baholanmoqda. Hozirgi sportchilarning hech biri portugaliyalikdan ko‘proq daromad olmagan. Lionel Messining boyligi biroz kamroq - 1,1 milliard dollar.

Oxirgi o‘n yil davomida Ronalduning maoshi yiliga 30 million yevrodan tushmadi. Krish “Real” va “Yuventus”da juda ko‘p oylik olgan. Uning “Manchester Yunayted” ham shu summadan kam emas. Lekin, asosiy daromad, albatta, futboldan tushmaydi. “Forbes” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Ronaldu 125 million dollar ishlab topgan: klubdagi maoshiga turli bonuslar va reklama shartnomalari qo‘shilgan (taxminan 60 million dollar).

Eng ko‘p Krishtianu “Nike”dan oladi - yiliga 23 million dollar. Shuningdek, u “Clear”, “EA Sports”, “PokerStars”, “Armani”, “Herbalife” va “Castrol” kompaniyalari bilan ham ishlaydi. Homiylik shartnomalarining katta ro‘yxati Ronalduga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilmaydi: “CR7” brendi ostida u erkaklar ichki kiyimi, kiyim-kechak, poyabzal, ko‘zoynak va parfyumeriya ishlab chiqaradi. Shuningdek, portugaliyalik “Crunch” bilan birgalikda fitnes klublari tarmog‘ini yaratdi. Hozirda butun dunyo bo‘ylab ularning 15 tasi mavjud.

Ronalduning qo‘shimcha daromadini mehmonxonasi “Pestana CR7” keltirmoqda. Birinchisi Madeyra orolida ochilgan. Portugaliyalikning Nyu-York, Marrakesh (Marokash), Lissabon va Madridda ham mehmonxonalari bor. Qolaversa, Ronalduga tegishli bo‘lgan soch ko‘chirib o‘tkazish klinikasi ham bor.

 

40 millionlik ko‘chmas mulk: Nyu-Yorkdagi kvartira, Manchesterdagi villa va Madridning elit hududidagi uy

“The Mirror” nashrining yozishicha, Krishtianu qiymati 40 million funt sterlingdan oshiq 9 ta mulkka ega.

Portugaliyalik oilasi bilan Manchester yaqinidagi uyda istiqomat qiladi - bu 3,5 million yevroga baholanmoqda. Ronaldu ilk bor “Manchester Yunayted”ga qaytganida, u avvaliga ikki baravar qimmatroq ulkan qasrda yashadi. Ammo deyarli darhol u yangi uy qidira boshladi – “The Sun” nashrining yozishicha, portugaliyaliklarning tinchligini yaqin atrofda o‘tlayotgan qo‘ylar buzgan va ertalab uxlashiga to‘sqinlik qilgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Krishtianuning yangi uyi biroz kichikroq, lekin unda hamma narsa bor: ajoyib sport zali, kinoteatr, bir nechta basseynlar, to‘rt mashinali garaj va kichik hovuz. Villa tunu kun kuzatuv ostida.

To‘rt yil oldin “Real Madrid”ni tark etganiga qaramay, Ronaldu haligacha Madridning elit La Finka mahallasidagi 5 million yevroga yaqin uyini sotgani yo‘q. Uyning maydoni deyarli bir kvadrat kilometrni tashkil qiladi. “Bu uyni ko‘rganimda, nima deyishni bilmay qolganman. Bir marta oshxonaga borganimda u yerda adashib qoldim! Yotoqxonaga qaytishim uchun yarim soat vaqt ketdi. Men bunday katta xonalarga o‘rganmaganman, chunki bolaligimdan kichkina kvartiralarda yashaganman”, deb tan oldi Krishtianuning qallig‘i Jorjina “Men Jorjinaman” avtobiografik filmida.

Ronaldu shuningdek, Nyu-Yorkdagi “Trump Tower” binosida ham o‘z kvartirasiga ega. Mish-mishlarga ko‘ra, bu portugaliyaliklarning eng qimmat mulki hisoblanadi. Krishtianu kvartirani 2015 yilda 18,5 million dollarga sotib olgan. Hashamatli uyda uchta yotoq xonasi, ikkita yashash xonasi va bir nechta hammom bor, lekin eng muhimi - Nyu-Yorkning ajoyib manzarasi. 2021 yilda Ronaldu kvartirani ancha arzon narxda (taxminan 8 million dollar) sotuvga qo‘ydi.

Shuninglek, Krishtianu Ronalduning Portugaliyada qarindoshlari yashaydigan yetti qavatli “Madeyra” turar-joy majmuasiga ham egalik qiladi. Uning narxi 7 million funtga baholanmoqda.

Futbolchi Marbeldan (Ispaniya) dam olishi uchun uy sotib olishdi. Qo‘shni villa Konor Makgregorga tegishli.

Ronalduning Turindagi uyi ham bor, u “Yuventus”da o‘ynagan davridan beri bu uyga ega. Uning yana ikkita kvartirasi Lissabonda joylashgan. 2019 yilda Ronaldu Portugaliya shimolidagi uyini Madrid klubidagi sobiq sherigi Pepega sotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, hujjatlarga ko‘ra, Krishtianu hamon uy egasi bo‘lib qolmoqda.

 

Biroq, Ronalduning eng katta sarmoyasi bu Portugaliyadagi Atlantika okeani sohilidagi qariyalar uyi bo‘lib, u 2025 yilgacha qurib bitkaziladi. Bu OAVdaxilma-xil talqin qilinadi: kimdir buni Krishtianuning sarmoyasi deb aytadi; boshqalar esa, portugaliyalik futbolchi faoliyatini yakunlagach u yerga ko‘chib o‘tishni kutmoqda. Saroy qurib bitkazilganda Ronaldu 40 yoshga to‘ladi.

 

“Men ishga avtobusda borib, “Bugatti”da qaytaman”. Jorjinaning hayoti qanday o‘zgargan?

2010 yildan 2015 yilgacha Krishtianu rossiyalik model Irina Sheyk bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va bir yildan so‘ng u ispaniyalik Jorjina Rodriges bilan uchrasha boshlagan. Ular uchrashganda, Jorjina “Gucci” butikida sotuvchi bo‘lib ishlagan. “Uzoq vaqt davomida avtobusda ishga qatnaganmanva Krishtianu meni “Bugatti” olib ketishiga ko‘nika olmaganman”, - deb tan oldi Rodriges.

Jorjina Ronalduning sevgilisi bo‘lganidan so‘ng, yirik brendlar unga e’tibor qaratishdi. Hozir Rodrigesning ko‘plab reklama shartnomalari bor, Uning “Instagram” sahifasida salkam 30 millionga yaqin obunachisi bor.  

Ronaldu va Jorjinaning umumiy farzandi bor - Alan Martin. Tez orada ularning oilasi kattarishi kutilmoqda. Oktyabr oyi oxirida er-xotin egizak farzand kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Portugaliyalikning yana uchta farzandi bor: kichik Krishtianu (noma’lum onadan) va surrogat onadan egizaklar - o‘g‘li Mateo va qizi Eva.

Kichik Krishtianu “Manchester Yunayted”yoshlari safidashug‘ullanadi va ushbu jamoa safidao‘ynaydi. Uning jamoadoshi afsonaviy Ueyn Runining o‘g‘li Kay Runi bo‘lib, uning otasi hamRonaldu ham Manchesterda birga o‘ynagan.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 23:45, 29.01.2022. O'qildi: 11367 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик