Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dembelega xaridor kim, Obameyang “Barselona”ga o‘tadimi, “Tottenxem” “YUventus”ni “to‘namoqchimi”? Transfer oynasining so‘nggi kuni asosiy intrigalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

31 yanvar kuni Yevropada qishki transfer oynasi yopiladi. Shu paytgacha aytarli ko‘zga ko‘ringan transferlar amalga oshmadi. Ammo, so‘nggi kun vaziyatni butunlay o‘zgartirishi mumkin, sababi ba’zi klublar so‘nggi daqiqalarda shartnoma tuzganlarini e’lon qilishadi. Shu sabab, biz oxirgi kunning transfer intrigalari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

“Barselona” Dembeleni kimga sotadi?

Ispan klubi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va jamoada qolish niyatida bo‘lmagan hujumchidan qutulishga harakat qilmoqda. Xavi allaqachon Dembele bilan ortiq hisoblashmasligini aytdi, shuning uchun futbolchi jamoada qolsa, zaxiraga mixlanib qolishi mumkin. Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, hujumchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi. Ammo “Barselona” va Usmon o‘rtasida intizom bilan bog‘liq katta muammolarga duch keldi. Shu bois, har bir klub o‘z tarkibida bunday hujumchini ko‘rishni istamaydi. Shuningdek, Parijning PSJ klubi ham fransuz futbolchisini Liga—1 chempionatiga qaytarishga harakat qilmoqchi, ammo Kataloniya klubi Dembele uchun kamida 20 million yevro talab qilmoqda. Bu esa parijliklarga unchalik ma’qul kelmagan.

 

Obameyang La Ligaga o‘tadimi?

“Barselona” Dembeleni gabonlik futbolchi Obameyang bilan almashtirishga qaror qildi. “Arsenal”da hujumchining ishlari yaxshi ketmaydi. U sardorlik bog‘ichini yo‘qotdi, asosiy tarkibda maydonga tushmay qo‘ydi va uning karyerasida sezilarli darajada pasayish bo‘ldi. Shu sababli, London klubi hujumchi bilan xayrlashishga tayyor va futbolchi allaqachon “ko‘k-anorranglilar” bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha kelishib olgan, deya xabar beradi sport jurnalisti Jerar Romero. Ammo transfer Dembele “Barselona”ni tark etgan taqdirdagina amalga oshadi va Dembele bilan hamma narsa unchalik oson emas, shuning uchun Obameyang hali ham bu transferning natijasini kutmoqda.

 

Morata vataniga qaytadimi?

“Atletiko” hujumchining “Barselona”ga o‘tishiga to‘sqinlik qildi, ammo voqea shu bilan tugamadi. Madridliklar “Yuventus” ijara muddati tugagach, hujumchini sotib olish niyatida emasligini yaxshi bilishadi. Shu bois, rahbariyat “Barselona”ning qulay shartlarni taklif qilishiga umid qilayotgan bo‘lsa kerak. Va agar “ko‘k-anorranglilar” Dembele va Obameyang bilan bo‘lgan voqeani mantiqiy yakuniga yetkazmasa, ispan klubi Morata transferi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashi mumkin. Sababi, klub bosh murabbiyi Xavining shaxsan o‘zi hujumchi sotib olishni talab qilmoqda.


“Tottenxem” bir vaqtning o‘zida “Yuventus”ning ikkita futbolchisini sotib oladimi?

Deyan Kulushevski - A seriyaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Yarimhimoyachi “Tottenxem”ga o‘tmoqchi, ingliz klubining esa niyati qat’iy. Gap taxminan 40 million yevroga qayta sotib olish huquqiga bilan ijara haqida ketmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Rodrigo Bentankur ushbu transfer oynasida “Tottenxem”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana bir “Yuventus” vakili. Qolaversa, agar Kulushevski ijara asosida “shporlar”ga o‘tsa, Bentankur asosida Londonliklar safiga ko‘chib o‘tadi. Rodrigo – “Yuventus”ning asosiy tarkib o‘yinchisi, shuning uchun ham turinliklar yaxshigina pul alab qilishi tayin.

Shu bilan birga, London klubi Tangi Ndombele bilan xayrlashishi mumkin. Dastlab yarimhimoyachiga “Valensiya” qiziqish bildirgan edi, ammo bu transfer amalga oshmadi. Ammo Fransiya grandlari – “Lion” va PSJ ushbufutbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Parijliklar moliyaviy feyr-pley cheklovlari tufayli biroz qiynalmoqda. “Lion” esa Ndombelening sobiq klubi. Shu sabab, “Park Olimpik Lionne” egalari bu vaziyatdan unumli foydalanishmoqchi.

Aleksey Miranchuk “Atalanta”ni tark etadimi?

Rossiyalik yarimhimoyachi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas, shu bois u faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga tayyor. Avvaliga mish-mishlar futbolchini “Jenoa” bilan bog‘lagan bo‘lsa, Andriy Shevchenkoning iste’fosi bu muzokaralarga nuqta qo‘ydi. Ammo, transfer oynasi oxiriga kelib, Miranchukni “Lasio” sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo, Jan Pyero Gasperini rossiyalik futbolchini ketishidan unchalik ham manfaatdor emas. Koronavirus jamoa tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi va Yosip Ilichich yana jarohat bilan bog‘iq muammoga uchradi. Shuning uchun bu transfer amalga oshish ehtmoli past baholangan.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 18:46, 31.01.2022. O'qildi: 3624 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик