Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Farruh Sayfiyev: «Jamoaviy o‘yin ustida ishlayapmiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda yig‘in tashkil etdi. Unda mahalliy chempionatda to‘p surayotgan va legioner futbolchilarimiz jalb etildi. Mazkur yig‘in ishtirokchisi, «Paxtakor» klubi yetakchilaridan biri Farruh Sayfiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Farruh, terma jamoaning yanvar oyidagi yig‘ini qanday o‘tdi?

Ochig‘i, bu yig‘indan ko‘nglim to‘ldi. Jamoa ancha muddat birga yashadi, futbolchilar yanada bir-biri bilan yaqinlashdi, jamoaviy muhit mustahkamlandi. Bundan tashqari, murabbiylar uchun ham foydali bo‘ldi. Srechko Katanes o‘z uslubi va g‘oyasini futbolchilarga tushuntirish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida har bitta chiziq ustida ishlashga vaqtimiz yetarli bo‘ldi. O‘yingacha 1 hafta vaqt qolganda boshlanadigan yig‘inlarda taktikalar ustida ishlashga vaqt qisqa bo‘ladi, biroq bu galgi yig‘inda uslub masalasida ko‘proq ishlay oldik.

— Pandemiya sharoitida yig‘inlar tashkil etilmoqda, bu borada jamoa muammolarga duch kelmadimi?

— Bugungi kunda butun dunyo yangicha muhit va sharoitga moslashmoqda. Xususan, futbol ham koronavirus bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelyapti.

Yig‘in paytida ham doimiy ravishda covid-ga test topshirib borildi. Jamoa a’zolaridan kimdadir musbat natijalar chiqsa, tezkorlik bilan karantinga olindi. Bu borada jamoamiz shifokorlari ko‘p mehnat qilishdi. Covid bilan kasallanganlar soni ko‘payib ketishini oldini olish bilan bir qatorda, futbolchilarni tezroq sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytishlari uchun fidoyilarcha mehnat qilishdi. Ularga albatta rahmat aytishimiz kerak.

Pandemiya raqiblarimizga ko‘proq ta’sir qildi. Yaponiya, Bahrayn, Yangi Zelandiya shu sababli rejalariga o‘zgartirish kiritdi. Shunday bo‘lsada yaxshi sparing-sheriklar bilan uchrashuvlarda jamoaviy o‘yin ustida ishladik.

— Siz jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri hisoblanasiz. Shu bilan birga tarkib ancha yosharganini aytib o‘tish kerak. Yoshlarning jamoaga kirishib ketishi qanday kechdi?

— Ha, bir qancha yangi futbolchilar bilan ishladik. Biz qo‘limizdan kelgancha ularga milliy jamoa ahamiyati va bu yerdagi jarayonlarning faoliyatiga ta’siri haqida tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik. Yuqorida aytganimdek, yig‘in bu masalada ham sermahsul bo‘ldi. Ya’ni yangi futbolchilar muhitga to‘liq kirishib keta olishdi.

Manba: ЎФА
Kiritildi: 12:47, 02.02.2022. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик