Belarusda o‘tkazilayotgan "Rivojlanish kubogi" musobaqasida kecha guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Rauf Inileev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi kecha Gruziyaga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘smirlarimiz guruh bosqichida 2 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etishdi hamda 6 ochko bilan 3-pog‘onani egallashdi. Bugun jamoamiz beshinchi o‘rin uchun Tojikistonga qarshi o‘yinda ishtirok etishadi.