Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otasining ochko‘zligi sabab orzusiga yeta olmagan yigitcha yoxud Neymar 14 yoshida nega “Real” bilan shartnoma imzolamagan?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ayni paytda braziliyalik futbolchi “Real”ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishga hozirlik ko‘rmoqda

Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi “PSJ” va “Real Madrid” o‘rtasidagi qarama-qarshilik ko‘p narsaga oydinlik kiritib beradi. Ammo hozir gap bu haqida emas.

Shubhasiz, birinchi bo‘lib hayolga keladigan narsa Kilian Mbappening bo‘lajak klubiga qarshi (23 yoshli forvard yozda Madrid klubiga o‘tishi deyarli aniq) maydonga tushishi. Futbolchi parijliklar bilan uchun uzoq kutilgan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istamoqda. Bu uchun ular “qaymoqranglilar” to‘sig‘idan o‘tishi kerak. Yana bir voqea Serxio Ramosning sobiq klubiga qarshi o‘ynashi bilan bog‘liq. To‘g‘ri, 36 yoshli ispaniyalik futbolchi bu mavsumda jarohati tufayli deyarli o‘ynamayapti va bugungi sobiq klubiga qarshi kechadigan birinchi o‘yinda maydonga tushmasligi aniq.

Ammo, Neymarning "Real" bilan boshqacha, unchalik aniq bo‘lmagan voqea bog‘lab turadi. Braziliyalik futbolchida bir paytlar Madrid klubiga o‘tish ehtimoli bo‘lgan. Bu birinchi marta futbolchi atigi 14 yoshligida amalga oshishi mumkin edi. Noyabr oyi oxirida to‘pig‘idan dahshatli jarohat olgan Neymarning Chempionlar ligasi pley-off bosqichida safga qaytishi ham ramziy ma’noga ega.

Madridliklar rahbariyati Neymar bolaligidayoq uning iste’dodidan xabar topishdi. Neymar 12 yoshda bo‘lgan paytda, uning agenti bor edi — Vagner Ribeyro. Vagner 2005 yilda "Santos"dan 25 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgan Robinyoning ham agenti hisoblanardi. 2006 yilning bahorida esa 14 yoshli Neymar “qirollik klubi” yig‘iniga qo‘shildi.

Yevropa klublariga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilarni Yevropa Ittifoqiga a’zo bo'lmagan jamoalardan sotib olishni taqiqlagan, ammo bu qoidalarni chetlab o‘tish yo‘llari har doim bo‘lgan. 14 yoshli o‘yinchini Madrid juda ham zavqlantirdi: “Santyago Bernabeu” va shahar bo‘ylab sayohatlar, VIP sektordan "Real Madrid" o‘yinlarini tomosha qilish va U-14 jamoasi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish. Aynan u yerda braziliyalik barchani hayratda qoldirdi. O‘sha paytda mazkur jamoada hozirda ko‘plab natijalarga erishgan boshqa futbolchilar ham bor edi. Masalan, Neymarning “PSJ”dagi sherigi Pablo Sarabiya va "Real"ning o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal.

“Neymarni juda yaxshi eslayman. Bir marta u bizning jamoada qolishini aytdi. Keyin hammamiz uni osmonga otib, buni nishonlashni boshladik”, deb eslaydi Karvaxal.

Biroq, transfer amalga oshmadi. Bu qarorni qabul qilishda Neymar qanchalik rol o‘ynagan, hozir buni aytish qiyin, chunki o‘sha paytda ham uning faoliyatidagi eng muhim qarorlarni otasi qabul qilgan. Keyinchalik futbolchiga "Real Madrid" uzoq muddatli shartnoma taklif qildi, ammo u Braziliyaga qaytib, yana 7 yil "Santos"da o‘ynadi. 2013 yilda esa Junior Madrid klubining eng ashaddiy dushmani - "Barselona" safiga o‘tdi. Futbolchining otasi “Real” bilan shartnoma imzolash fikridan voz kechish qarorini shunday izohladi: “Madridda olti kun bo‘lganimizdan so‘ng o‘zimizni juda charchagan his qildik. Atrofdagi hamma narsa juda boshqacha edi va o‘g‘lim bundan hayratda qolganini his qildim. U to‘rt kishiga mo‘ljallangan bitta yotoqxonali kichkina uyda o‘sgan. Otalik his-tuyg‘usi bilan u Ispaniyada o‘zini qulay his qilmayotganligini sezdim”.

Keyinchalik katta Neymar nega bunday qaror qabul qilgani ma’lum bo‘ldi

 

“Men “Real” yaxshi shartnoma taklif qilgan deb o‘yladim, ammo Neymarning otasi ko‘proq narsalarni xohladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, "Santos" prezidenti futbolchining transferi amalga oshishidan xavotirda bo‘lgan va katta Neymarga, agar o‘g‘li Braziliyaga qaytsa, unga yangi kvartira sovg‘a qilishini va’da bergan”, - dedi “Real Madrid” murabbiylar shtabi a’zolaridan biri.

Bu fikrni "Santos"ning sobiq prezidenti Marselo Teysheyra tasdiqladi. “Galaktikos” davrida Neymar “Real”ning muxlisi bo‘lgan. Lekin biz ispan klubi bilan muzokara o‘tkazmadik, transfer futbolchining otasi tashabbusi bilan bo‘layotgan edi. Yigitni olib qolish uchun unga million yevro taklif qildik. Taklif katta Neymar tomonidan qabul qilindi. Hamma meni aqldan ozgan deyishdi, lekin men Neymar o‘zgacha futbolchi ekanini bilardim”, - deya eslaydi Teysheyra.

Yaqinda “Netflix” tomonidan Neymar haqidagi hujjatli filmda uning otasi haqiqatan ham “Santos”dan katta pul olganini tan oldi. “Men oilamiz va o‘g‘limga foyda keltiradigan taklifni qabul qildim. Bu biz topgan birinchi million edi, Neymar esa atigi 14 yoshda bo‘lgan”, dedi u.

Bundan tashqari, "Santos" advokatlari FIFA va UYEFAga shikoyat qilishgan, chunki "Real Madrid" voyaga etmagan janubiy amerikalik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi edi. Yevropa futbol rahbariyatidan ogohlantirish olgan madridliklar Neymar bilan shartnoma imzolash g‘oyasini 2011 yilgacha qoldirdi.

Ammo “Barselona” muzokaralarga aralashdi. Qanot futbolchisi "Santos" bilan 2014 yilgacha shartnoma uzaytirdi. Shuningdek, u o‘sha paytda kataloniyaliklar bilan dastlabki shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, unga ko‘ra, 2014 yilgi jahon chempionatidan keyin "Barselona"ga o‘tishi kerak edi. Neymar "Barsa"ga undan ham ertaroq - 2013 yilda o‘tdi. "Real"ning braziliyalik yulduzni qo‘lga kiritishga bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Futbolchini 2019 yilda, “PSJ”dan ketmoqchi bo‘lganida ham Madrid klubi uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ammo...

Neymarning o‘zi otasining fikrini qo‘llab-quvvatladi. “Bu mening Yevropaga birinchi marta kelishim edi. Men hech narsani tushunmadim, ovqat boshqacha edi. Men ovqatimga avakado qo‘shishga odatlanmaganman. Biroq, bu yerda avakado hamma ovqatda edi”, — deb eslaydi Neymar “Netflix”dagi hujjatli filmida.

Hozir braziliyalik Yevropaga moslashdi, u har qanday oziq-ovqat va har qanday turmush tarzida yashay oldi. U 30 yoshga to‘ldi, u haqida hujjatli film chiqdi - o‘zingizni futbolchi sifatida karyerasini tiklash vaqti keldi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 23:38, 15.02.2022. O'qildi: 10032 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.