Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘tkir Yusupov: «Abramov bilan oramizda kelishmovchilik bo‘lmagan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Sir emaski, yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum sababli ayni damda barcha jamoalaramizda chempionatoldi tadorigi avj pallaga kirgan. Superliga bahslarini ko‘pchilik qatori «Navbahor» muxlislari ham intiqlik bilan kutishmoqda. Buni Namanganda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida stadionga kelgan ishqibozlar sonidan ham sezish qiyin emas. Biz hozirda namanganliklar bilan birga Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan «Navbahor» darvozaboni O‘tkir Yusupovni suhbatga tortib, o‘zimizni qiziqtirgan ayrim savollarga javob oldik.

- Avvalo, mavsumga tayyorgalik ko‘rish jarayoni hamda yig‘inlardan olayotgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Yangi mavsumga a’lo kayfiyatda tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bilasiz, bu galgi yig‘in Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor jismoniy va taktik tayyorgarlik, jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yishga qaratilmoqda. Qolaversa, bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushyapmiz. Umuman olganda, jamoadoshlarim bilan birga mavsumga munosib hozirlik ko‘rish uchun astoydil harakat qilyapmiz.

- Milliy terma jamoa hamda «Navbahor»ning ketma-ket xorijiy yig‘ini sabab oila va shaxsiy yumushlarga vaqt topishda qiynalmayapsizmi?

- Ochig‘i, bu yil biroz qiyin bo‘lyapti. Ketma-ket xorij safarlarida bo‘lishga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli, vaqt tig‘izligi bor. Ammo bu bizning ishimiz, shunday ekan, uni sidqidildan bajarish va bildirilayotgan ishonchni oqlash harakatidamiz. Buni oila a’zolarim ham yaxshi tushunishadi va qo‘llab-quvvatlashadi.

- Sizningcha «Navbahor»dan tashqari yana qaysi jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytira oldi?

- Bu borada qaysidir jamoani yaqqol ajratib ko‘rsatish qiyin. Sababi, Superliga ishtirokchilarining qariyb barchasi imkoni boricha tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. O‘ylashimcha, yildan-yilga qiziqish ortib borayotgan chempionatimiz bu yil yanada shiddatli, qiziqarli, murosasiz hamda muxlislarga yoqadigan o‘yinlarga boy bo‘ladi.

- Yangi mavsumni «Navbahor» muxlislari ham intiqlik bilan kutishmoqda. Buni Namanganda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida stadionga kelgan ish-qibozlar sonidan ham sezish qiyin emas...

- Albatta, Namanganda futbolni yurakdan yaxshi ko‘radigan va millionlar o‘yini bilan yashaydigan insonlar juda ko‘p. Ular buni hattoki, o‘rtoqlik o‘yinlarida ham isbotlab qo‘yishdi.

- «Navbahor»ni tark etgan qaysi futbolchi jamoa uchun yo‘qotish bo‘ldi, degan bo‘lardingiz?

- Ketganlarning hammasi jamoa uchun yo‘qotish bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ammo ularning o‘rniga murabbiylar tomonidan yanada kuchliroq ijrochilar jalb etildi, deb hisoblayman.

- Qur’adan oldin Superliga ilk turida «Navba-hor»ga qaysi klub raqiblik qilishini xohlayotgandingiz?

- Yaqinda o‘tkazilgan milliy terma jamoa yig‘ini davomida «Nasaf» darvozaboni Umidjon Ergashev bilan birinchi turda o‘zaro to‘qnash kelsak zo‘r bo‘lardi, degan mazmunda suhbatlashgandik. Mana, nasib ekan, niyatimizga yetdik.

- Samvel Babayan boshqaruvidagi «Navbahor» joriy yil syurpriz qilishga tayyormi?

- Bosh murabbiyimizning nimalarga qodirligini, nasib qilsa, chempionat davomida bilib olamiz. To‘g‘ri, oldindan bir nima deyish qiyin, lekin bu mutaxassis o‘z ishiga ustalik bilan yondashadiganlar sirasidan. Gapimning isboti sifatida, Samvel Vyacheslavovichning «Paxtakor» klubi va milliy termadagi faoliyatini keltirish mumkin.

- «Navbahor» uch-to‘rt yildan buyon o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yib kelmoqda. Ammo so‘nggi ikki yilgi natijalar kutilganidan ancha past bo‘ldi. Shunday pallada hafsalangizni pir qilgan vaziyatlar ham bo‘ldimi?

- To‘g‘ri, «Navbahor» ko‘ngilsiz natijalar qayd etdi, lekin nima ham derdik, xayot doimo bir tekisda ketmaydi. Turli past-balandliklarni sabr-toqat bilan yengish talab etiladi. Ehtimol, shu kabi omadsizliklar yaxshilikka bo‘lgandir. Negaki, ayni kamchiliklar orqali hayot o‘zi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘yarkan.

- Sizni jamoadoshlaringiz hazilkash va quvnoq yigit sifatida e’tirof etishadi. Ammo maydonda sizning timsolingizda ko‘pincha jiddiy futbolchini ko‘ramiz...

- To‘g‘ri, jamoada barcha bilan hazillashib, yigitlarning ko‘nglini ko‘tarib yuradigan quvnoq yigitman. Maydonda esa bor e’tiborimizni g‘alabaga qaratganimiz uchun balki jiddiy futbolchiga o‘xshab ko‘rinarman.

- Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamizning asosiy darvozaboniga aylanish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Albatta, Katanes yosh iqtidorlar va yangi nomlarni alohida kuzatmoqda. O‘z o‘rnida, biz ham uning ishonchini oqlashga harakat qilyapmiz. Nasib qilsa, termamizning asosiy darvozaboni bo‘lish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman. Mehnat qilishdan to‘xtash yo‘q!

- Eshitishimizcha, milliy jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘zaro kelishmovchilik tufayli sizni terma yig‘inlariga jalb etmagan ekan. Ushbu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri va buning sababi nimada?

- Ochig‘i, Vadim Karlenovich bilan oramizda hech qanday kelishmovchilik bo‘lmagan. U mening nimalarga qodirligimni «Neftchi»da ishlab yurgan vaqtlaridanoq yaxshi bilardi. Ehtimol, bu mutaxassis termaga jalb qilgan darvozabonlarni mendan kuchli deb hisoblagandir. Balki haqiqatan ham o‘sha payt milliy jamoaga loyiq futbolchi bo‘lmagandirman. Bu borada aniq nimadir deyolmayman.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 21.02.2022. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик