Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoland va Mbappeni ortda qoldirgan mish-mish. Fabian Ruisga nega grand klublar qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Biz deyarli har kuni qaysidir futbolchi haqidagi mish-mishlarga guvoh bo‘lganmiz. Mbappe, Xoland va boshqa mashhur futbolchilar haqida har kuni yangi xabar eshitamiz. Ammo, hozir bu futbolchilar haqida emas, balki «Napoli» markaziy yarim himoyachisi Fabian Ruis atrofidagi mish-mishlar haqida gaplashmoqchimiz. 25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fabian — «Betis» tarbiyalanuvchisi. 2004 yildan 2018 yilgacha «Sevilya»ga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda «Elche»ga ijaraga berilgan. 2018 yilning yozida u «Napoli» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va uning transfer summasi 30 million yevroni tashkil qildi. Fabianning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.

2015 yildan keyin Ispaniyaning U-19 va u-21 terma jamoalarida o‘ynagan, shundan so‘ng 2019 yilda Ruis mamlakatning asosiy jamoasiga chaqiruv olgan va hozirgacha «qizil furiya» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan. 2020 yilgi Yevropa chempionatida Fabian uchta o‘yinda maydonga tushib, jami 67 daqiqani maydonda o‘tkazdi. U JCH-2022 saralash doirasidagi o‘yinlarda 2 marta maydonga tushgan.

Umuman olganda, shu kungacha Ruis faoliyati davomida 211 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urgan va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U o‘rtacha har bir o‘yinda 73 daqiqani maydonda o‘tkazadi, ba’zida u himoyachi yoki hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida ham o‘ynaydi.

«Barselona»

Aynan Kataloniya klubi (OAV ma’lumotlariga ko‘ra) Ruisni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sanaladi. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Barsa» ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun bir necha bor harakat qilib ko‘rgan. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yarim himoyachini uch marta - 2019 yilda, 2020 yilda va yana 2021 yilda sotib olmoqchi bo‘lishgan. Biroq neapolikliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis barcha takliflarni rad etdi.

«Napoli» Ruisning transferi uchun 60 million yevro talab qildi, ammo «Barsa» Fabianni bunday pulga sotib olmaslikka qaror qildi.

«Real»

Taniqli italiyalik jurnalist va insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, «Real Madrid» Ruisga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, yarim himoyachining o‘yinlari madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yoqadi. «Qaymoqranglilar» vakillari va Ruis agentlari o‘rtasida transfer borasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ruisning Ispaniyaga qaytish istagi borligini ko‘plab intervyularida aytib o‘tgan va bu «Barsa» va «Real Madrid» kabi jamoalar uchun qo‘l kelishi mumkin. Shartnoma 2023 yilning yozida tugashi sababli joriy mavsum oxirida yarim himoyachining transfer narxi biro arzonlashishi kutilmoqda.

«Nyukasl»

O‘tgan qishki transfer oynasida «Nyukasl» ko‘plab yetakchi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rdi. Ruis ham bundan mustasno emas. Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, «Napoli» «Nyukasl»ning Fabian bo‘yicha jo‘natgan 40 million funt sterlinglik taklifini rad etgan. Italyan klubining bunday qarorga kelishiga futbolchining «qarg‘alar» safida o‘ynamaslik istagi sabab bo‘lganligi aytilgan.

«Arsenal»

The Mirror  nashri xabariga ko‘ra, London klubi vakillari Ruisning agentlari bilan muzokara o‘tkazib, futbolchiga qo‘yilayotgan talablar xabardor bo‘lishgan

Ushbu manbaning ta’kidlashicha, Fabian «Napoli» bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatidan voz kechgan, shuning uchun Neapol klubi rahbariyati kelayotgan yoz Fabianni transfer qilishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.  

«Manchester Yunayted»

«Qizil iblislar»ning Ruisga qiziqishi haqida La Repubblica  nashri xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» shartnomasi iyun oyida tugaydigan Pol Pogba o‘rniga nomzodlarni qidirmoqdaa.

Manbaga ko‘ra, «Yunayted» yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida Ruisni ko‘rmoqda.

«Liverpul»

Dekabr oyida Fichajes nashri mersisaydliklar yarim himoyachini sotib olish istagini bildirgani haqida xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, ingliz klubi rahbariyati Ruisni markaziy yarim himoya pozisiyasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

«Liverpul» ham yozda Fabian uchun taklifi bilan chiqishi mumkin.

Va boshqalar...

Shuningdek, Fabian Ruis nomi bir necha bor «Manchester Siti», «PSJ» va «Atletiko» klublari bilan bog‘langan. Ko‘rinishidan, Yevropaning bir qator top-klublari yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqishgan va ko‘rib chiqishda davom etishmoqda. Biroq, oldinroq futbolchi va klub o‘rtasida yangi shartnoma imzolash haqida xabarlar bor edi. Ammo, futbolchining  Neapol klubi bilan yangi bitim imzolamasligi ko‘plab klublarni harakatga keltirdi.   

Fabianning Transfermarkt portalidaginarxi 55 mln yevroga baholanmoqda. Yarim himoyachining eng yuqori bahosi 2019 yil oktabr oyida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda ispan futbolchining transfer summasi 60 million yevroni tashkil etgan.

Ruisning o‘zi yaqinda Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi birinchi o‘yin oldidan bergan intervyusida jahon futboli gigantlaridan unga bo‘lgan qiziqish bildirayotganini tan oldi, ammo ayni paytda Fabian faqat «Napoli» klubi haqida o‘ylaydi:

«Albatta, bunday klublar sizga qiziqish bildirayotganini eshitish juda yoqimli. Biroq, hozir men faqat «Napoli» haqida o‘ylayapman, chunki oldimizda eng muhim vazifalar turibdi («Napoli» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra YEL tark etdi – 3:5 - tahr).

Ispaniyaga qaytishim mumkinmi? Ha, kyelajakda men vatanimga qaytishni xohlayman, chunki u YErda mening uyim bor».

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 11:42, 27.02.2022. O'qildi: 3996 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.