Oldinroq, "Andijon" futbol klubi matbuot kotibi Turkiya hukumatidan yordam so‘ragandi.
"Ma’lumki, “Andijon” futbol jamoamiz qishki yig‘inlarning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shaxrida 14 kun davomida olib bordi. Yig‘in davomida matbuot rahbarining sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan va shaxardagi shifoxonaga olib borilib tegishli muolajalar olib borilgan.
Safardan kaytish chog‘ida matbuot rahbari Antaliyadan Istanbulga bir soatlik parvoz qilib yetib kelgan. Istanbul aeroportida navbatchi shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganda bemorda qand miqdori me’yordan ortib ketganligi sababli parvozga ruxsat berishmasligini, tegishli muolajalar qilib qayta tahlildan o‘tkazib bemorning xolati barqaror bo‘lgandagina O‘zbekistonga uchirib yuborishlarini bildirishgan. Shundan so‘ng klub rahbariyati klub matbuot rahbari va shifokorini Istanbuldagi shifoxonada qoldirishgan. Xozirda muntazam ravishda Istanbuldagi shifoxona bilan aloqada bo‘lib vaziyat nazorat qilib borilmoqda, muolajalar dushanba kuniga qadar davom etishi va shundan so‘ng qayta tahlil o‘tkazgandan so‘ng O‘zbekistonga uchib kelishlarini ma’lum qilishdi. Barcha muolajalar va tahlillar uchun to‘lovlar klub tomonidan amalga oshirilmoqda.
Klub xar bir xodimni ximoya qiladi va qadrlaydi".