Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 35
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 25
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alberto Akvilani: «Liverpul»da oz o‘ynab, ko‘p pul ishladim»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Italiyalik yarim himoyachi Alberto Akvilani FourFourTwo nashriga bergan intervyusida «Liverpul»dagi davri, «Roma»dagi ilk qadamlari, shuningdek, faoliyatidagi turli qiziqarli lahzalarni esladi.

- «Roma» muxlisi uchun atigi 18 yoshida «jallorossi» safida «A» seriyada debyut qilishi nimani ang­latadi?

- Men «Roma» muxlislari qurshovida tug‘ilib-o‘sganman. Yuragingizdagi jamoada o‘ynash - ushalgan orzudir.

- Faoliyatingiz boshida «Roma» afsonasi Franchesko Totti bilan birga o‘ynagansiz.

- Totti - kumir, juda ko‘pchilik har kuni unga o‘xshashga intilgan. Uning yonida o‘ynash ham qiyin, ham qiziqarli, munosabatimiz shunday rivojlandiki, doimo bir-birimizga omad tilab yuradigan yaxshi do‘stlarga aylandik. Bu juda muhim.

- Siz, Totti va Daniele De Rossi... o‘sha paytdagi «Roma»da rimliklar ko‘pchilik edi va nazarimda, aynan shu jihat jamoani o‘ziga xos qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak?

- Franchesko va Daniele bilan «Roma»da o‘ynash, g‘alaba qozonish va bolaligimizdan beri izlanayotgan jamoa uchun kurashish - bu shunchaki ajo­yib. Muxlislar uchun futbolchilarining jamoani chin dildan sevishini anglash juda yoqimli. Biz klub haqida hamisha qayg‘urardik va menimcha, aynan shu bizning haqiqiy kuchimiz edi. Motivasiya har doim kuchli bo‘lgan.

- 2006|2007 yillar mavsumda Tottining «Milan»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishiga sabab bo‘lgan «rabona» uzatmangiz tarixda qoldi. O‘sha gol esingizdami?

- «Milan»ga qarshi o‘yindagi «rabona» - bu instinkt natijasida paydo bo‘lgan chinakam harakat. Buni qanday qilganimni so‘rasangiz, javob berolmasdim! Bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, go‘zal, ta’sirchan, bir chimdim omad bilan tatib ko‘rilgan lahza edi - to‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri Manchini tomon yo‘l oldi, u esa Tottiga uzatdi. «Roma»ning Milandagi ilk g‘alabasiga sabab bo‘lgan bu gol, shubhasiz, o‘sha onlarni odamlar xotirasida mus­tahkamladi.

- «Roma»dagi davringizda Luchano Spalletti toza hujumchisiz o‘ynash usulini o‘ylab topdi. Futbolchilar buni qanday qabul qilishgandi?

- To‘g‘ri, u o‘sha payt inqilobchi edi - unga hujumchi yetishmasdi va shuning uchun Tottini oldinda o‘ynatdi. Bu yangi o‘yin uslubi edi, raqiblar unga moslashishda qiynalardi. Biz juda xursand bo‘ldik.

- «Roma» bilan ikki marta Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdingiz. Bular - klub qo‘lga kiritgan so‘nggi unvonlardir. Nega o‘sha davr muvaffaqiyatli bo‘lmadi?

- Ha, yana bir Superkubokni boy berdik. Italiyada sovrin yutish umuman oson emas, chunki futboli juda raqobatbardosh va kuchli jamoalar ko‘p. Ammo klubdagi faoliyatim davomida biz maydonda va uning tashqarisida haqiqiy birdamlikni topdik.

- «Liverpul»da o‘tkazgan vaqtingizni qanday baholaysiz?

- O‘sha davrlar hali ham menda juda ko‘p his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. «Enfild»da, ayniqsa, bunday ishtiyoqli muxlislarga ega boshqa yirik klublarga qarshi o‘ynash hissini tushuntirib bo‘lmaydi. U yerda o‘ynaganim men uchun muhim. Ushbu davr qalbimda hamisha alohida o‘rin tutadi. Kutilmaganda Rimni tark etdim va bu hayotimni o‘zgartirdi. Dastlab jarohatim Angliyada o‘ynashimga xalaqit bergan bo‘lsa-da, oxirida vaqtimni ajoyib o‘tkazdim. U yerni tark etgach, ancha oz o‘ynaganday tuyuldi, lekin juda ko‘p pul ishlab topdim (kuladi). Menga o‘ynash imkoniyati berilganida, o‘ylaymanki, vazifamni a’lo darajada bajardim. O‘shanda klub va jamoada o‘ziga xos inqilob sodir bo‘ldi va buning natijasida «Liverpul»ni tark etishga majbur bo‘ldim.

- O‘shandan keyin «Yuventus» va «Milan»da o‘ynagansiz, ammo hech narsa yutolmagansiz. Nega shunday bo‘ldi?

- Bu faoliyatimdagi ikkita muhim bosqich edi, har holda, gap dunyoning eng nomdor ikki jamoasi haqida bormoqda. «Liverpul»da ko‘p o‘ynamaganman va shuning uchun, ayniqsa, «Yuve»dagi ilk mavsumimda, imkon qadar maydonga ko‘proq tushish men uchun ustuvor vazifa edi. Afsuski, klubdagi korporativ muammolar tufayli jamoa chempionlikni qo‘lga kiritolmadi. Lekin men deyarli har bir o‘yinda ishtirok etdim. Ikkinchi yili ishlar yaxshilandi va men terma jamoadagi o‘rnimni qaytarib oldim. «Milan»dagi mavsumim absurd edi. Biz yaxshi boshladik, men ham ancha-muncha o‘yinlarda maydonga tushdim va uzoq vaqt turnir jadvalida 1-o‘rinda yurdik. Ammo keyin bir qator yomon lahzalar bo‘ldi - jarohatimdan boshlab, «Yuve» bizdan Skudettoni tortib olgani bilan yakunlandi. Haligacha afsusdaman, chunki biz kubokka loyiq kuchli jamoa edik.

- Keyin «Fiorentina»ga ko‘chib o‘tdingiz, eng yaxshi o‘yiningizni ko‘rsatdingiz va hozir ham u yerda yoshlar murabbiyi sifatida ishlaysiz. Nima uchun «binafsharanglar» bilan aloqangiz shunchalik kuchli?

- «Fiorentina» ikkinchi uyim­dek. Bu yerga o‘ynash maqsadida kelgandim va biz uchun muvaffaqiyatli o‘tgan uch mavsumda juda yayradim. Florensiya - bu o‘zingizni yaxshi his qilish va qulay yashashga majbur etadigan shahar; ancha issiq, jamoaning esa juda mehmondo‘st muxlislari bor, bu haqiqatan ham hayajonli manzara. Uch yildan keyin u yerdan ketdim, lekin shaharga va uning odamlariga doimo bog‘langanman. Yangi xo‘jayinlar kelganidan keyin meni murabbiy sifatida qaytishga taklif qilishdi.

- 2015 yilda «Sporting» bilan shartnoma imzoladingiz va bir mavsum Portugaliya chempionatida o‘ynadingiz. «A» seriya bilan ushbu chempionatning farqi kattami?

- Angliyadagi tajribamdan so‘ng har doim yana bir yilni xorijda, boshqa chempionatda o‘tkazishni xohlardim. Tan olaman, Portugaliya futbolini kam baholaganman. Lissabonda ko‘p ijobiy narsalarni topdim, jumladan, xo‘ja­yin Jorje Jezusning taraqqiyotga undagan g‘oyalarini ham... Meni quchoq ochib kutib olgan insonlar haqida ham ajoyib xotiralar bor. Biz ligada g‘alaba qozona olmadik, bundan afsusdaman, chunki unda g‘alaba qozonish xuddi «Roma» bilan zafar quchishdek - juda kamdan-kam uchraydigan hol.

- Professional faoliyatingizning so‘nggi kunlarini «Las-Palmas»da o‘tkazdingiz. La Liga sizga yoqdimi?

- Ushbu chempionatni har doim kuzatganman va texnik mahoratim u yerda menga qo‘l kelishi mumkinligini his qilganman. Oqibatda Gran-Kanariyadagi faoliyatim ajoyib tajriba bo‘lib chiqdi. Nafaqaga chiqqanimda, shartnomam tugashiga bir yil qolgandi, lekin men allaqachon keyingi yo‘lga - murabbiylikka tayyorgarlik ko‘ra boshlagandim.

- Bolalikdagi klubingiz - «Spes Montesakro»ni sotib olishga qaror qildingiz. Umidsiz romantik emasmisiz?

(Kuladi) Bu tug‘ilib o‘sgan shaharcham jamoasi. Aynan u menga yetti yoshimda futbol o‘ynash imkoniyatini bergan. Klubni sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganda, ulardan qarzimni uzish uchun ham shunday qildim. U yerda ahvol yaxshi emasdi, shuning uchun hammasini qayta qurishga majbur bo‘ldim: maydon, murabbiylar, infratuzilma... Bugun Rimda «Spes Montesakro» qanday gullab-yashnaganini va klubda baxtli bolalar o‘ynayotganini ko‘rganimda, katta g‘urur tuyaman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:30, 01.03.2022. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.