Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sherzod Temirov: «Terma yig‘inida legioner maqomida qatnashishdan mamnunman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zining yorqin o‘yinlari bilan «Mash’al» hamda «Paxtakor» muxlislari e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi Sherzod Temirov joriy yil boshida Eronning «Persepolis» klubi a’zosiga aylanganidan yaxshi xabardorsiz. Mahoratli yarim himoyachi Eron chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib ulgurganini ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. Biz milliy terma jamoamizning bu galgi yig‘iniga chaqiruv olgan futbolchi bilan suhbatlashib, ayrim savollarimizga javob oldik.

- Sherzod, suhbatimiz avvalida «Persepolis»dan tushgan taklif va jamoaga qo‘shilish jarayoni haqida gapirsangiz.

- Bu jamoadan chorlov kutilmaganda keldi. Yashirmayman, bundan tashqari, Yevropa jamoalari, jumladan, Vengriya va Polsha chempionati vakillaridan takliflar bor edi. Lekin Eronda to‘p surish ishtiyoqi kuchlilik qildi. Qolaversa, «Persepolis» bosh murabbiyi Yahyo Gulmuhammadiyning shaxsan o‘zi meni jamoada ko‘rishni xohlayotganini eshitib, ushbu taklifga rozi bo‘ldim. Umid qilamanki, bu o‘tish men uchun katta tramplin vazifasini o‘taydi. Xudo xohlasa, sabr va mehnat, chiroyli o‘yinlar, gollar urish orqali murabbiylar ishonchini oqlayman.

- Yangi chempionat, yangi muhit hamda yangi jamoaga moslashuv jarayoni qanday ketmoqda?

- Bilasiz, Eron chempionati Osiyodagi kuchli ligalardan biri hisoblanadi. Yangi muhitga esa asta-sekin moslashib boryapman. Bunda menga barcha jamoadoshlarim yaqindan yordam berishyapti. Klubda men uchun kerakli barcha sharoitlar yaratib berilgan. Kerakli pallada yordamini ayamayotganliklari uchun klub mutasaddilari va jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman.

- Hozircha uchta o‘yinda maydonga tushdingiz. Xo‘sh, taassurotlar qanday?

- Birinchi navbatda, murabbiydan minnatdorman. Chunki, jamoa tarkibiga endigina kelib qo‘shilganimga qaramay, ishonch bildirib, muhim o‘yinlarda o‘zimni ko‘rsatishimga imkon beryapti. Yuqorida aytganimdek, Eron chempionatida to‘p surish oson emas. Jamoa va chempionatga moslashish uchun kamida 4-5ta o‘yin kerak bo‘ladi. Hozir menda adaptasiya jarayoni davom etmoqda. Taassurotlar esa o‘zgacha.

- «Persepolis» nafaqat qit’amiz, balki jahonga ham tanish jamoalardan biri hisoblanadi. Bugun siz uning a’zosisiz. Orzular ushalyaptimi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Eron futboli Osiyoda eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. «Persepolis» esa nafaqat Eron, balki qit’amizda ham yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Bunday jamoa a’zosiga aylanish ko‘pchilikning orzusi bo‘lsa kerak. Niyatimga yetishimda ota-onam va oila a’zolarimning ham hissasi juda katta. Fursatdan foydalanib, futbolchi bo‘lib yetishishimda mehnati singgan murabbiylarimga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Galdagi orzu va maqsadlarim esa bundanda yuqori. Ularga erishish yo‘lida hech narsadan qaytmayman, bu hali boshlanishi, deb umid qilaman. Hozir esa, albatta, juda xursandman!

- Ayting-chi, Eron futbolida bizda uchramaydigan nimalarga duch keldingiz?

- Eron futboli saviyasi biznikidan baland, farqi shunda deb o‘ylayman. Ular Yevropa tizimida takomillashayotgani tufayli chempionat o‘yinlari juda yaxshi o‘tayotgani kundek ravshan. Bizning yurtimizda ham Yevropa tizimiga o‘tilsa, ajoyib o‘sish bo‘ladi, deb o‘ylayman. Yana bilmadim, bu mening shaxsiy fikrim, xolos.

- Eron chempionatida g‘oliblik uchun kurash «Istiqlol» va «Persepolis» jamoa­lari o‘rtasida kechadiganga o‘xshab turibdi. Nima deb o‘ylaysiz, jamoangiz qolgan 7ta tur davomida «Istiqlol»ni quvib yeta oladimi?

- Sir emaski, ketma-ket necha yildirki, «Persepolis» Eron chempionatida g‘olib bo‘lib kelmoqda. Hozir turnir peshqadami «Istiqlol» bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. Ishonchim komilki, ularni quvib o‘tishga kuchimiz yetadi.

- Jamoangiz so‘nggi turda o‘z maydonida aynan «Istiqlol»ni qabul qilib, durang qayd etdi. Natijada, oradagi farqni uch ochkoga qisqartirish imkoniyati qo‘ldan chiqarildi. Keling, shu o‘yin haqida ham fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz.

- Derbi juda muhim o‘yin hisoblanardi. Ochig‘i, o‘sha uchrashuvda biz o‘z vazyatlarimizdan foydalana olmadik va murosa ko‘chasini tanlashga majbur bo‘ldik. Lekin bu «Persepolis» chempionlik poygasidan chiqib ketganini anglatmaydi. Oldinda 7ta tur bor va biz jamoamizga yuz foiz ishonamiz. Xudo xohlasa, chempion bo‘lamiz.

- Endi suhbatimizni terma jamoa mavzusida davom ettirsak. Bu galgi yig‘inga legioner sifatida tashrif buyurdingiz. Namanganda o‘tadigan «Navro‘z kubogi»dan nimalar kut-yapsiz?

- Albatta, milliy jamoa yig‘inida legioner sifatida qatnashish juda yoqimli. Meni yig‘inga jalb qilgan terma murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman. Namanganda o‘tadigan turnirdan ko‘zlangan maqsad - «Navro‘z kubogi»da chempion bo‘lish va albatta, o‘z imkoniyat va kamchiliklarimizni bilib olish.

- Mazkur musobaqa mezboni sifatida aynan Namanganning tanlab olingani ko‘pchilik muxlislarni xursand qildi. Xo‘sh, futbolchilar bunday yangilikni qanday qabul qilishdi?

- Tanlovni har tomonlama ma’qullayman. Terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlar tomoshabinlar bilan gavjum stadionda o‘tishini hozirdan tasavvur qilish qiyin emas. Biz futbolchilar qayerda o‘ynasak ham g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. O‘zbekistonda milliy terma o‘yinlarini qabul qila oladigan stadionlar ko‘paymoqda va bu juda quvonarli hol. Biz futbolchilar ham, albatta, bundan xursandmiz.

- Maroqli suhbat uchun rahmat. Oldinda turgan musobaqalarda siz va jamoangizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

- Sizga ham rahmat, salomat bo‘ling. Gazetangiz orqali o‘zbekistonlik va «Persepolis» muxlislariga salom yo‘llayman.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:11, 28.03.2022. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик