Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5934 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2508 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.10.2025

      05:35 "Непобедимый".
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      20:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      01:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      03:10 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:35 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:40 "Команда мечты".
      17:10 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      19:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      19:55 "Непобедимый".
      20:25 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      22:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      23:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      00:35 "Команда мечты".
      01:05 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 193 в Грозном, Россия. Джамбулат Селимханов против Рустама Керимова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Лыжный спорт".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      19:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - "Новая генерация" (Сыктывкар). Прямая трансляция.
      23:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      07:00 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      08:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      15:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      22:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      02:00 Велоспорт. Женщины. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Bunyodkor”ning yangi nomlarni kashf etish an’anasi - amalda!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Barchaga ayonki, “Bunyodkor” futbol klubi 2012 yilning yoz faslida “Jar” stadionidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sobiq MHSK o‘yingohi o‘rnida va unga tutash hududda yangi barpo etilgan zamonaviy majmuaga ko‘chib o‘tgach, klub qoshidagi futbol maktabining imkoniyatlari keskin ravishda oshdi. To‘rtta tabiiy, uchta sun’iy qoplamali FIFA andozalaridagi maydonlar, barcha sharoitlarga ega yotoqxona, turli fanlar yo‘nalishiga moslab jihozlangan o‘quv xonalari, oshxona, basseyn, trenajyor va sport zallari, tibbiy markaz... Bularning bari yosh futbolchilar ixtiyoriga berildi, yangi iqtidorlarni kashf etish uchun tuhfa etildi.

2019 yilning oktyabr oyiga kelib, “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi hayotida yangi sahifa ochildi. Yurtimizga xalqaro miqyosdagi mutaxassis – vengriyalik Laslo Salai boshchiligidagi Osiyo futbol konfederasiyasi rasmiylari tashrif buyurib, “Bunyodkor” FK akademiyasining faoliyati, tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlaridan tortib, bilim olish jarayoni, ularga yaratilgan imkoniyatlar, dargohning butun moddiy-texnika bazasigacha ko‘zdan kechirishdi, baholash tizimi bo‘yicha monitoringdan o‘tkazishdi. Bundan maqsad, “Bunyodkor” akademiyasi OFKning nufuzli yoshlar tizimidagi tasnifga ko‘ra, ikki yulduzli maqomga loyiqligi yoki yo‘qligini o‘rganish edi. Yakunda, “Bunyodkor” akademiyasi OFKning ikki yulduzli maqomiga loyiq ko‘rildi. Va bu borada Markaziy Osiyodagi birinchi hamda hozircha yagona ikki yulduzli akademiya sifatida tarixdan joy oldi. Butun Osiyoda ham ikki yulduzli akademiyalar kamsonli hisoblanadi. OFK bu toifaga kiritgan futbol maskanlari sifatida “Fukushima”, “Gamba Osaka”, “Kashima Antlers” (Yaponiya), “Seul” FK (Koreya Respublikasi), “Zob-Axan” (Eron), “Uestern Sidney Uonderers” (Avstraliya) akademiyalari kabilarni tilga olish mumkin.

Natijada, avval boshqa klublarning tayyor futbolchilari evaziga shakllanib kelgan “Bunyodkor”, mana, bir necha yillar bo‘lyaptiki, endilikda tarkibini akademiyadan yetishib chiqayotgan o‘z tarbiyalanuvchilari hisobiga to‘ldirib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, “Bunyodkor” akademiyasi allaqachon yangidan-yangi nomlarni kashf qiluvchi “iqtidorlar fabrikasi”ga aylanib ulgurgan. Akademiyaning ko‘plab tarbiyalanuvchilari bugungi kunda mamlakatimizda va xorij jamoalarida muvaffaqiyatli to‘p tepishmoqda. Chet elda javlon urishayotgan Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Jasur Jaloliddinov, o‘zimizda o‘ynashayotgan Sardor Rashidov, Rustam Ashurmatov, Nurillo To‘xtasinov, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Rasul Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov, Suhrob Izzatov, Mirjahon Mirahmadov, Dilshod Ahmadaliyev va boshqa ko‘plab ular kabilar “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olishgan, tarbiya topishgan. Bugunda ham yana yangi nomlar kashf etilishi davom etmoqda.

2022 yilning ilk kunlaridanoq “Bunyodkor” FKda yangi futbol mavsumiga taraddud boshlangan edi. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, klub prezidenti Mehriddin Abdullayev qabulida 2 yanvar kuni tashkil etilgan yig‘ilishda klub direktori Ulug‘bek Mirzayev hamda bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov rahbardan tayyorgarlik rejalari bo‘yicha qat’iy topshiriq olishdi. Yig‘ilishda asosiy tarkibning bir qator tajribali a’zolari boshqa jamoalarga o‘tib ketganlari tufayli, ularning o‘rinlarini kimlarning hisobiga to‘ldirish jarayonida ustuvorlik akademiya bitiruvchilariga qaratilishini klub prezidenti Mehriddin Razzoqovich asosiy vazifa qilib belgilab berdi:

- O‘zbekistonda yoshlarga e’tibor hamisha yuqori darajada bo‘lib kelgan. Davlatimiz rahbari yoshlarning ertangi kuni uchun doimo qayg‘urib keladi. Shu bois, o‘zining baquvvat akademiyasiga ega bizdek klub ham, birinchi navbatda, o‘z ichki imkoniyatlaridan keng foydalanishi zarur. Tarkibdagi yo‘qotishlarning o‘rni klubning o‘z tarbiyalanuvchilari orqali to‘ldirilishi lozim. Lekin, har qanday holatda ham, jamoaning asosiy maqsadi – sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vazifasi o‘zgarmaydi. Va “Bunyodkor” yutuqlarga asosan o‘z tarbiyalanuvchilari bilan erishsa, bu barchaga judayam manzur bo‘ladi, - deb ta’kidlagan edi M.Abdullayev.

Buning uchun “Bunyodkor”ning bosh homiysi bo‘lmish “O‘zbekneftgaz” AJ klub va uning tizimidagi barcha jamoalarga yetarlicha sharoitlar yaratib bermoqda. Foydalanishga topshirilganiga o‘n yil bo‘lgan akademiyada o‘tgan oradagi davrda ko‘p narsa ta’mirga muhtoj holatga kelib qolgan edi. Sharoitlarni bugungi kun talablariga keltirish uchun bosh homiyning alohida e’tibori natijasida, hozirda akademiyada barcha jabhalarda holat ancha yaxshilangan, yangilangan va talab darajasida.

Yuqorida aytib o‘tilgan uchrashuvdan so‘ng murabbiylar shtabi tomonidan yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Ushbu reja asosida akademiyaning ko‘zga ko‘ringan barcha iqtidorlari nazorat o‘yinlari orqali sinovdan o‘tkazildi. “Bunyodkor” saralab olingan yoshlar bilan fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketdi va u yerda ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Antaliya yig‘inida Ukraina, Armaniston va Rossiyaning nomdor jamoalariga qarshi sinov-nazorat uchrashuvlari o‘tkazilib, xalqaro o‘yinlar orqali toblangan yoshlar qisqa vaqt ichida “Bunyodkor”ning yetakchilariga aylanishdi. Jumladan, Jahongir O‘rozov, Muzaffar Olimjonov, Umarali Rahmonaliyev bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov bildirgan ishonchni oqlashmoqda. Garchi ular Superligada asosiy tarkibning haqiqiy o‘yinchilari sifatida ilk mavsumlarini o‘tkazayotgan bo‘lsalarda, maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘yishmayapti. Aksincha, ishonch bilan harakat qilishmoqda.

Yoshlarning ishonchli va tartibli o‘yini futbolga ixtisoslashgan turli internet nashrlarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ya’ni “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Superliganing har turidan so‘ng ramziy terma jamoa tarkibiga kiritilmoqda. “Bunyodkor” o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, qisqa vaqt ichida o‘zbek futboliga yaqin kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir necha yosh iqtidor egalarini tuhfa etdi. Shuningdek, Mahmud Mahammadjonov, Bilol Tupliyev, Umid Sultonov, Sirojiddin Bashriddinov kabi iqtidorlar ham bemalol akalarining o‘rnini bosa oladigan futbolchilarga aylanib borishmoqda. O‘z tarbiyalanuvchilariga tayanayotgan klubning tutgan yo‘li qanchalik to‘g‘ri ekanligini “Bunyodkor”ning bu yilgi Superligadagi natijalari ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. To‘g‘ri, jamoa Superligada ortda qolgan 4ta tur uchrashuvlaridan keyin turnir jadvalida kuchli uchlikda emas, ammo sovrinli o‘rinlar uchun kurashdan ham uzoqda emas (“Navbahor” bilan 4-5-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi). Asosiysi, bu natijalar yulduzli tarkib bilan emas, balki yosh tarbiyalanuvchilar bilan qayd etilayotgani e’tiborga molik. Bu kishini xursand qilmasdan qo‘ymaydi.

Yoshlar ligasida ishtirok etayotgan “Bunyodkor” o‘rinbosarlari a’zolari ham asosiy tarkib murabbiylar shtabi tomonidan doimiy kuzatuvda bo‘lib turishibdi. Tarkibida talaygina iqtidorlari bor o‘rinbosarlar jamoasi yangi mavsumni o‘ta ishonchli o‘tkazmoqda. Abduhamid Qodirov murabbiyligidagi yoshlar o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba nashidasini surib, turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdilar. Qayd etilayotgan natijalarning o‘zi ham akademiya iqtidorlarga boyligini va ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini anglatadi.

Tegishli yosh toifalaridagi O‘zbekiston terma jamoalarining murabbiylari safiga jalb qilingan “Bunyodkor” akademiyasidagi ustozlar Miraziz Mirzaahmedov, Jamoliddin Rahmatullayev kabi yosh mutaxassislar ham bir talay qobiliyatli futbolchilarni tarbiyalashmoqda. Aleksandr Zevadinov, Iskandar Soliyev singari o‘smirlar hozirdanoq katta umid uyg‘otishmoqda va sekin-asta asosiy jamoa eshigi sari shahdam qadamlar bilan yaqinlashyaptilar.

Qisqasi va eng muhimi, “Bunyodkor” bu orqali o‘zining yangi nomlarni kashf etish an’anasini amalda isbotlamoqda.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:51, 14.04.2022. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.