Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gvatemala faxri yoxud JCH saralash bosqichi tarixidagi eng yaxshi goleador

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bu futbolchi mundial yo‘llanmalari uchun o‘yinlar tarixida hattoki, Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski va Luis Suares kabi megato‘p­urarlardan ham ko‘p gol urgan. Gap gvatemalalik «baliq« (laqabi) Karlos Ruis haqida ketmoqda. Ha, oxirgi yillarda jahon futbolida golea­dorlikka daxldor deyarli barcha rekord ko‘rsatkichlar Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi tomonidan yangilangani ayni haqiqat. Lekin ular hali yetmagan cho‘qqilar ham yo‘q emas. Deylik, JCH saralash bosqichi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini Gvatemala faxri va MLS afsonasi Karlos Ruis boshqarib turibdi.

MLSning chin yulduzi

Karlos Ruis hozirga qadar JCH saralashi doirasidagi 47ta o‘yinda 39ta gol urdi. Taqqoslash uchun aytsak, Krishtianu Ronaldu ham mundial yo‘lidagi o‘yinlarda aynan 47 marta maydonga tushgan, lekin unda gollari soni 3ta kam. Lionel Messi, Luis Suares, Andrey Shevchenko va Ali Daida ham o‘yinlar miqdori ko‘p, faqat gollar soni yanada kamroq. Aytish o‘rinli, gvatemalalik yulduz butsalarini 2017 yili mixga ildi, shunday bo‘lsada, u hamon oldinda. Karlos Gvatemala poytaxti (mamlakat nomidagi shahar)da tug‘ilgan va jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan 21-zona hududida ulg‘aygan. Futbolga aynan o‘sha yerda oshno tutingan Ruis faoliyatini mahalliy klub - «Munisipal»da boshlab, tezda El Pescadito («baliqcha») laqabini oladi. «Munisipal» muxlislar o‘yinchilar laqablaridan kelib chiqib, ularga atab qo‘shiq yozishardi, - deya eslaydi Ruis. - «Baliqcha» laqabini olishda omadim kelgan. Har holda, jamoamizda «qurbaqa», «baqa», «ilon»lar ham bor edi. Xayriyatki, menga bunday yoqimsiz laqab qo‘yishmagan».

Karlos keyinchalik, ya’ni biroz ulg‘aygach, El Pescado («baliq«) bo‘ldi va xarakteri ham laqabiga mos tarzda shakllandi. Deylik, Ruis maydonga sho‘ng‘ish (xuddi suvga tashlangandek)­ni xush ko‘rardi: «Doim o‘zimga yoqqan uslubda o‘ynayman. Yo‘q, bu uslubim eng yaxshisi ekanligini aytolmayman. Lekin g‘alaba uchun barcha qurollardan foydalanish kerak. Bordiyu, qo‘pollik ishlatishsa, unda maydonga yiqilishni paysalga solmayman». Diqqatga sazovor tomoni, Karlos Ruis kamtarin «Munisipal»dan to‘g‘ri Gresiyaga yo‘l oladi. Biroq PAS klubidagi 6 oylik ijara muddati davomida atigi 2 marta maydonga tushadi, xolos. Muhimi, AQSHda Karlos iste’dodini vaqtida payqashadi va hujumchi 2002 yili «Los-Anjeles Geleksi» safini to‘ldiradi. Shu tariqa Ruis bir urinishda yangi jamoaning o‘z tarixida ilk marta chempion bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, gvatemalalik yigit debyut mavsumidayoq MLSning eng yaxshi to‘purariga aylanadi, yana «pley-off» o‘yinlari finalida «oltin gol»ni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yadi. Keyingi mavsumda ham muntazam chempionatning eng yaxshi goleadoriga atalgan sovrin Ruisga nasib etadi.

Chinakamiga sayohat

AQSH futbolidagi ilk muvaffaqiyatlardan so‘ng Karlos hayotida sayohat boshlanadi. Los-Anjeles jamoasi uni avvaliga mashhur Lendon Donovan transferi doirasida «Dallas»ga yuboradi, lekin 2008 yili ortga qaytaradi. Karlos Ruis shundan keyin «Toronto» (Kanada), «Olimpiya» (Paragvay), «Puebla» (Meksika) va «Aris» (Gresiya) klublarida o‘ynab chiqadi. Lekin shu bilan to‘xtamaydi: yana 4ta klub libosini kiyib ko‘rgach, «Dallas»ga qaytib, ikkinchi marta MLS chempioni bo‘ladi (to‘g‘ri, bu safar maydonda atigi 13 daqiqa o‘ynab, 1ta gol urgan holda). Ruisning qo‘shma shtatlardagi umumiy statistikasiga kelsak, hammasi zo‘r: 182ta o‘yin, 88ta gol, 2 marta bosh to‘purar! «Geleksi» fanatlari bejiz jamoa stadioni yaqiniga «baliq» haykalini o‘rnatish talabi bilan chiqishmayapti.

 

Gvatemala termasi: 3 marta ketish...

Karlos faoliyati davomida mamlakat bosh jamoasi bilan naq 3 marta xayrlashgan, ammo har gal fikridan qaytgan. Bejiz emas, albatta: oxirgi o‘yinida rekord o‘rnatdi. Tushunarliki, Ruis Gvatemalada yanada afsonaviy «figura». U terma jamoadagi debyutini 1998 yili nishonlagan va darhol JCH saralashida gol ura boshlagandi. Karlos o‘zi uchun eng samarali kvalifikasion bosqichda 10ta gol urgan. JCH-2006 yo‘lidagi o‘yinlarda braziliya­lik Ronaldo ham xuddi shuncha gol hosil qilgandi. Xullas, gvatemalalik hujumchi o‘shanda to‘purarlarning umumiy ro‘yxatida Didye Drogba, Yan Koller va Zlatan Ibragimovichni ortda qoldiradi, ammo bosh goleador bo‘lolmaydi, baribir. Chunonchi, meksikalik Xared Borxetti 14ta golga mualliflik qilgandi. Gvatemala termasi aynan o‘shanda JCH final raundiga juda yaqinlashadi: saralashning yakuniy bosqichiga chiqadi, faqat qit’a­lararo «pley-off» o‘yinlariga o‘tishiga atigi 2 ochko kamlik qiladi. Bunday baxt Trinidad va tobagoliklarga nasib etgan va ular OFK vakili Bahrayn termasini yengish asnosida Germaniya mundiali yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

 

Karlos Ruisning JCH saralash  bosqichidagi gollari

JCH-2002 saralashi - 8ta

JCH-2006 saralashi - 10ta

JCH-2010 saralashi - 6ta

JCH-2014 saralashi - 6ta

JCH-2018 saralashi - 9ta

Karlos Ruis 2008 yiliyoq Gvatemala milliy jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylanadi va keyingi mavsum kutilmaganda, xalqaro faoliyati yakunlanganini e’lon qiladi - birinchi marta. Lekin 2 yildan keyin ortga qaytadi va JCH-2014 chiptasini yutish imkoniyati butkul yo‘qotilishiga qadar o‘ynaydi. Biroq natija chiqmagach, ikkinchi marta terma jamoa bilan xayrlashadi. Qarangki, «aytdim-qaytdim» futbolchi yana bir bora fikridan qaytadi va bunisida Ali Daiga tegishli rekordni yangilaydi. To‘g‘ri, Karlos uchinchi qaytishida uzoq vaqt gol urolmaydi, muhimi, hal qiluvchi bosqichga chiqish imkoniyati qolmagan bir pallada, oxirgi 2ta o‘yinda raqiblar darvozasini naq 7 marta nishonga oladi. Avvaliga Trinidad termasiga qarshi bahsda «dubl» qayd etgan hujumchi keyin Sent-Vinsent va Grenadina jamoasiga 5ta gol «tortiq» etadi - «penta-trik». 38 yoshli faxriy Gvatemalaning kuchli yomg‘iri ostida asosan tajribasi evaziga qanot uzatmalaridan so‘ng to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘yavergan va mezbonlar 9:3 hisobida g‘alaba qozongandilar. Goleador shundan keyingina uchinchi va oxirgi marta terma jamoadan ketdi.

Karlos Ruis butsalarini mixga ilganidan keyin Gvatemala futbol assosiasiyasi prezidenti lavozimiga da’vogarlik qildi, shaxsiy akademiya ochishga urindi va joriy yilning boshida CR20 brendi ostida o‘z mahsulotlari kolleksiyasini chiqardi.

 

JCH-2022 SARALASHI  TO‘PURARI - ALI MABHUT  

Bo‘lajak mundial kvalifikasiyasiga kelsak, eng yaxshi to‘purar maqomi BAA termasi vakili Ali Mabhutga nasib etdi. Abu-Dabining «Al-Jazira» klubi hujumchisi OFK miq­yosidagi 14ta saralash o‘yinida 14ta gol urdi. Aytgancha, Mabhutda o‘z natijasini yaxshilash imkoniyati bor: BAA termasi kamida yana bitta (Avstraliya termasiga qarshi) o‘yinda maydonga tushadi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:20, 16.04.2022. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик